Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT AXBOROT RESURSLARI HAMDA ULARNI SHAKLLANTIRISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH UCHUN MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda “Roʻyxat” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar:
tegishli axborot resurslari shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishini taʼminlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga bir yilda ikki marta 1-iyungacha va 1-dekabrgacha davlat axborot resurslari boʻyicha axborotni, shuningdek, har yili joriy yilning 31-dekabrigacha keyinchalik Roʻyxatga kiritish uchun yil mobaynida shakllantirilgan davlat axborot resurslari boʻyicha takliflarni kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zaruriyatga koʻra har yili 1-fevralgacha vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-fevral,
27-son
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
| | | |
|
T/r |
Davlat axborot resurslari nomi |
Masʼul davlat organlari |
| 1. | Sugʻurta qiluvchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning yagona davlat reyestri | Moliya vazirligi |
|
1-1. |
Auditorlar va auditorlik tashkilotlari |
Moliya vazirligi |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestri | Adliya vazirligi |
| 3. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestri | |
| 4. | Soliq toʻlovchilar – yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestri | Davlat soliq qoʻmitasi |
| 5. | Ixtirolar davlat reyestri | Davlat patent idorasi |
| 6. | Foydali modellar davlat reyestri | |
| 7. | Sanoat namunalari davlat reyestri | |
| 8. | Oʻsimliklar navlari davlat reyestri | |
| 9. | Hayvonlarning zotlari davlat reyestri | |
| 10. | Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari davlat reyestri | |
| 11. | Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat reyestri | |
| 12. | Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri | |
| 13. | Maʼlumotlar bazasi davlat reyestri | |
| 14. | Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestri | |
| 15. | Patentli ishonchli vakillar davlat reyestri | |
| 16 | Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomalari va huquqlarni berish toʻgʻrisida shartnomalar maʼlumotlar banki | |
| 17. | Davlat, tarmoq standartlari, maʼmuriy-hududiy standartlar hamda amal qilinadigan hujjatlar va ularga oʻzgartirishlar, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalar davlat reyestri | Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
|
17-1. |
Korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlari, standartlari va ularga oʻzgartirishlar davlat reyestri | |
|
17-2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestri | |
| 18. | Sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar davlat reyestri | |
| 19. | Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari davlat reyestri | |
| 20. | Yuklashdan oldingi inspeksiya organlari davlat reyestri | |
| 21. | Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestri | |
| 22. | Sertifikatlangan sifat tizimlari davlat reyestri | |
| 23. | Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi |
| 24. | Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri | |
| 25. | Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar davlat registri | |
| 26. | Davlat kartografiya-geodeziya fondi | |
| 27. | Davlat yer fondi | |
| 28. | Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri | Davlat statistika qoʻmitasi |
| 29. | Muzeylar, shu jumladan chet eldagi muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogi | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 30. | Madaniy-maʼrifiy va sport inshootlari reyestri | |
| 31. | Sport turlari boʻyicha mamlakat rekordlari reyestri | |
| 32. | Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari | Xalq taʼlimi vazirligi |
| 33. | Umumtaʼlim maktablari uchun oʻquv, badiiy va metodik adabiyotlarning yagona maʼlumotlar bazasi | |
| 34. | Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 35. | Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaxassisliklar | |
| 36. | Davlat taʼlim standartlari | |
| 37. | Pensionerlar maʼlumotlar bazasi | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
| 38. | Integratsiyalangan maʼlumotlar bazasi (jismoniy shaxslar) | Ichki ishlar vazirligi |
| 39. | Oʻzbekistonning tabiiy resurslari | Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi |
| 40. | Ommaviy axborot vositalari yagona reyestri | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
40-1. |
Oʻzbekiston Respublikasi matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish Yagona davlat reyestri |
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
40-2. |
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri | |
| 41. | Radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 42. | Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestri | |
| 43. | Davlat organlari veb-saytlari | |
|
43-1. |
Telekommunikatsiyalar sohasida berilgan litsenziyalar reyestri |
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 44. | Fan, adabiyot, sanʼat asarlari va ularning mualliflari, turdosh huquqlar subyektlari va obyektlari | Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi |
| 45. | Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar maʼlumotlar bazasi | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
| 46. | Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
| 47. | Energetik tekshirishlar va ekspertizalar oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi |
| 48. | Import va eksport boʻyicha gʻallani va uni qayta ishlash mahsulotlarini davlat inspeksiyasidan oʻtkazish reyestri | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi |
| 49. | Bank depozitorlari milliy axborot bazasi | Markaziy bank |
| 50 | Elektron maʼlumotnomalar yagona bazasi (MB EMYAB) | |
| 51 | Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari maʼlumotlar bazasi | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| | |
Keyingi tahrirga qarang.
(Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori tahririda — OʻR QHT 2007-y., 7-8-son, 65-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 51-modda; 2007-y., 7-8-son, 65-modda; 2008-y., 19-son, 159-modda; 2009-y., 34-son, 374-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 22-son, 175-modda, 48-son, 447-modda,51-son, 486-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda, 36-son, 367-modda; 2012-y., 5-son, 47-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 302-modda, 34-son, 458-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 15-son, 167-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda, 27-son, 326-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)