20.02.2006 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.03.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT AXBOROT RESURSLARI HAMDA ULARNI SHAKLLANTIRISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH UCHUN MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda “Roʻyxat” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli axborot resurslari shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishini taʼminlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga keyinchalik Roʻyxatga kiritish uchun yil mobaynida shakllantirilgan davlat axborot resurslari boʻyicha axborot kiritsinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi zaruriyatga koʻra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 20-fevraldagi 27-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat axborot resurslari nomi

Masʼul davlat organlari

1.

Sugʻurta qiluvchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Moliya vazirligi

1-1.

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestri

1-2.

Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestri

1-3.

Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

2.

Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestri

Adliya vazirligi

3.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestri

3-1.

Nodavlat notijorat tashkilotlari reyestri

3-2.

Diniy tashkilotlar reyestri

3-3.

Davlat notarial idoralari reyestri

3-4.

Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalari reyestri

3-5.

Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri

3-6.

FHDY organlari

4.

Soliq toʻlovchilar – yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestri

Davlat soliq qoʻmitasi

4-1.

Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri

4-2.

Soliq deklaratsiyalari reyestri

4-3.

Moliya va soliq hisoboti reyestri

5.

Ixtirolar davlat reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi

6.

Foydali modellar davlat reyestri

7.

Sanoat namunalari davlat reyestri

8.

Oʻsimliklar navlari davlat reyestri

9.

Hayvonlarning zotlari davlat reyestri

10.

Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari davlat reyestri

11.

Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat reyestri

12.

Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri

13.

Maʼlumotlar bazasi davlat reyestri

14.

Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestri

15.

Patentli ishonchli vakillar davlat reyestri

16

Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomalari va huquqlarni berish toʻgʻrisida shartnomalar maʼlumotlar banki

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlarining, tashkilotlar standartlarining va ularga oʻzgartirishlarning, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalarning davlat reyestri ‎

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi‎

17-2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestri

17-3.

Sertifikatlangan mahsulotlarning davlat reyestri

18.

Sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar davlat reyestri

19.

Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari davlat reyestri

20.

Yuklashdan oldingi inspeksiya organlari davlat reyestri

21.

Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestri

22.

Sertifikatlangan sifat tizimlari davlat reyestri

24.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

25.

Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar davlat registri

26.

Davlat kartografiya-geodeziya fondi

27.

Davlat yer fondi

27-1.

Oldindan tayyorlab qoʻyilgan maʼlumotnoma xarita

27-2.

Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

28.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri

Davlat statistika qoʻmitasi

29.

Muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

30.

Madaniy-maʼrifiy inshootlari reyestri

31.

Sport turlari boʻyicha mamlakat rekordlari reyestri

31-1

Sport inshootlari reyestri

32.

Maktabgacha taʼlim muassasalari

Xalq taʼlimi vazirligi

32-1.

Umumiy oʻrta taʼlim taʼlim muassasalari

32-2.

Maktabdan tashqari taʼlim taʼlim muassasalari

33.

Umumtaʼlim maktablari uchun oʻquv, badiiy va metodik adabiyotlarning yagona maʼlumotlar bazasi

34.

Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

35.

Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaxassisliklar

36.

Davlat taʼlim standartlari

36-1.

Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura ixtisosliklari oʻquv rejalari

36-2.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining hamda talabalarining bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari maʼlumotlar bazasi

37.

Pensionerlar maʼlumotlar bazasi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

38.

Integratsiyalangan maʼlumotlar bazasi (ji?moniy shaxslar)

Ichki ishlar vazirligi

38-1.

Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

38-2.

Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

38-4.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi

38-5.

Yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi

38-6.

Profilaktik hisobda turgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi

38-7.

Respublika qidiruvida boʻlgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi

38-8.

Davlatlararo qidiruvda boʻlgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi

38-9.

Temir yoʻl chiptalari sotib olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi

38-10.

Aviachiptalar sotib olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi

38-11.

Yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan va topilgan raqamli buyumlarning maʼlumotlar bazasi

38-12.

Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan va olib qoʻyilgan narezkali qurollarning maʼlumotlar bazasi

38-13.

MDH davlatlari boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan va olib qoʻyilgan narezkali qurollarning maʼlumotlar bazasi

38-14.

Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan va oʻgʻirlangan avtotransport vositalarining maʼlumotlar bazasi

38-15.

MDH davlatlari boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan va oʻgʻirlangan avtotransport vositalarining maʼlumotlar bazasi

38-16.

Fuqarolar va tashkilotlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan qurollarining maʼlumotlar bazasi

38-17.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining maʼlumotlar bazasi

38-18.

Shaxslarning foto tasviri tushirilgan va pasport 1-shakli axborotlarining maʼlumotlar bazasi

38-19.

Haydovchilik guvohnomasi olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi

38-20.

Maʼmuriy huquqbuzarliklarning maʼlumotlar bazasi

39.

Oʻzbekistonning tabiiy resurslari

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi

39-1.

Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishni hisobga olish boʻyicha maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi

39-2.

Mahsulotlar va chiqindilarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish maʼlumotlar bazasi

40.

Ommaviy axborot vositalari yagona reyestri

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

40-1.

Oʻzbekiston Respublikasi matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish Yagona davlat reyestri

40-2.

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri

41.

Radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali

Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi

42.

Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestri

43.

Davlat organlari veb-saytlari

43-1.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

43-2.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari qurilishi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

43-3.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

43-4.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi

43-8.

Radiochastotalar boʻyicha davlat komissiyasi qarorlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi

43-9.

Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri

44.

Fan, adabiyot, sanʼat asarlari va ularning mualliflari, turdosh huquqlar subyektlari va obyektlari

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi

45.

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar maʼlumotlar bazasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

46.

Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

48.

Import va eksport boʻyicha gʻallani va uni qayta ishlash mahsulotlarini davlat inspeksiyasidan oʻtkazish reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi

49.

Bank depozitorlari milliy axborot bazasi

Markaziy bank

50

Elektron maʼlumotnomalar yagona bazasi (MB EMYAB)

50-1.

Tijorat banklariga bank faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

50-2.

Tijorat banklariga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada operatsiyalar oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

50-3.

Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri.

50-4.

Garovxonalar faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

50-6.

Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

51

Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari maʼlumotlar bazasi

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

51-1.

Investitsiya loyihalarining maʼlumotlar bazasi

51-2.

Asosiy xom ashyo tovarlari kotirovkalari maʼlumotlar bazasi

52.

Idoralarda (vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar markaziy muassasalar va boshqalarda) saqlanadigan hujjatlar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi

53.

Qurilish sohasida amaldagi normativ hujjatlarning koʻrsatkichi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

54.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

55.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

56.

Balandliklarda sanoat alpinizmi usulida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

57.

Koʻprik-tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

58.

Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

59.

Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

60.

Yer osti boyliklari toʻgʻrisida geologik va boshqa maʼlumotlar davlat fondi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

61.

Foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan konlar va yer osti boyliklari uchastkalarining davlat reyestri

62.

Foydali qazilmalar, shu jumladan uglevodorodlar zaxiralarining davlat balansi

63.

Konlar, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri

64.

Davlat suv kadastri (yer osti suvlari)

65.

Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar paydo boʻladigan zonalar) davlat kadastri

66.

Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning davlat reyestri

67.

Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar reyestri

Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi

68.

Attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslar (qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari)ning yagona davlat reyestri

69.

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish yagona davlat reyestri

70.

Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning davlat reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi

71.

Birja faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan birjalar reyestri

72.

Tovar-xom ashyo birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestri

73.

Koʻchmas mulk birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaxslarning yagona davlat reyestri

74.

Rieltorning malakaviy sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar reyestri

75.

Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar reyestri

76.

Sogʻliqni saqlash muassasalari reyestri

Sogʻliqni saqlash vazirligi

77.

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

79.

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

80.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning aylanishi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

81.

Bojxona ombori taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

82.

Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

83.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

83-1.

Bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlar bazasi

83-2.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi

83-3.

Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi

83-4.

Bojxona tashuvchilari reyestri

83-5.

Bojxona brokerlari reyestri

84.

Veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi

85.

Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi

86.

Toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

86-1.

Konsertlar va tomosha tadbirlari oʻtkazishga gastrol-konsert guvohnomasi olgan shaxslar reyestri

87.

Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

88.

Giyohvandlikka oid sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olish maʼlumotlar banki

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

89.

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan alohida xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

90.

Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar, avariyalarning maʼlumotlar bazasi

91.

Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

92.

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻlishi sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

93.

Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri

94.

Oliy attestatsiya komissiyasida tasdiqlangan fan doktorlari va nomzodlarining maʼlumotlar bazasi

Oliy attestatsiya komissiyasi

95

Axbortni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati

97.

Aeroportlarda havo tashuvlarini bajarish bilan bogʻliq havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

97-2.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalari reyestri

97-3.

Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari reyestri

97-4.

Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalari ekspluatantlari reyestri

98.

Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

99.

Neft mahsulotlarini AYQSH va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

99-1.

Alkogolli mahsulotlar sotish faoliyatini amalga oshirish huquqiga berilgan litsenziyalar reyestri

99-2.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlar reyestri

100.

Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy bazalar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan tashqari.

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari

101.

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

103.

Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

104.

Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, zavodda idishlarga joylanganlari bundan mustasno (neft mahsulotlarini AYQSH va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari)

105.

Mahalliy va xalqaro temir yoʻl yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

107.

Etil spirti hamda alkogolli mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

108.

Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

110.

Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

111.

Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

112.

Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

113.

Kinovideofilmlarni hamda dasturlarni koʻpaytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

114.

Kinovideomahsulotlar prokati faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

115.

Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

116.

Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining yagona maʼlumotlar bazasi

Davlat-tijorat Xalq banki

117.

Malaka toifalari toʻgʻrisida sertifikat olgan Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablari pedagoglari reyestri

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

118.

Akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi reyestr

119.

Yuridik shaxslarga temir yoʻl transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarini ularning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

120.

Milliy va xorijiy axborot resurslari maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

121.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tayyor ilmiy-texnik ishlanmalari maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 51-modda; 2007-y., 7-8-son, 65-modda; 2008-y., 19-son, 159-modda; 2009-y., 34-son, 374-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 22-son, 175-modda, 48-son, 447-modda,51-son, 486-modda; 2011-y., 20-21-son, 202-modda, 36-son, 367-modda; 2012-y., 5-son, 47-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 302-modda, 34-son, 458-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda, 15-son, 167-modda, 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda, 27-son, 326-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 25.10.2022-y., 09/22/615/0953-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)