Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.2016 23.02.2006 yildagi PF-3722-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.2016
Hujjat 23.05.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ULGURJI VA ChAKANA SAVDONI LIBERALLAShTIRISh HAMDA UNI RIVOJLANTIRISh UChUN QULAY ShART-ShAROIT YaRATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ulgurji savdo tizimini yanada takomillashtirish, ulgurji, chakana savdo bilan isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrtasida barqaror shartnomaviy munosabatlar uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholiga savdo xizmati koʻrsatish sifati darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari muassislarining “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalarini, shuningdek, hududiy savdo-ishlab chiqarish “Savdo” aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tugatilayotgan va qisqartirilayotgan tuzilmalar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarning tasdiqlangan koʻrsatkichlariga zarur tuzatishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ulgurji savdo korxonalari uyushmasini tashkil etish zarur deb hisoblansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi bir oy muddatda belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan hududiy bazalar roʻyxatini, Respublika ulgurji baza-kontoralari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni, shuningdek, ulgurji savdoni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarni olish tartibini belgilab beradigan hujjatlar paketini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
borish qiyin va togʻli hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan chakana savdo korxonalari besh yil muddatga mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar va ularning hududiy bazalari tomonidan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda ushbu Farmonni ijro etishga oid hujjatlar, jumladan Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi, ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari, savdo faoliyatini amalga oshirish talablarini tasdiqlash, shuningdek, “Oʻzbekbirlashuv” va “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish boʻyicha komissiyani tuzish borasidagi hujjatlarning loyihalarini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “Matlubotsavdo” hududiy kompaniyalarining faoliyatini oʻrganib chiqsin va uning natijalariga koʻra ular faoliyati samaradorligini oshirish hamda qishloq, borish qiyin va togʻli hududlar aholisining zarur tovarlarga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3722-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 49-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2011-y., 22-23-son, 221-modda)