06.05.1993 yildagi 839-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 04.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNATNI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-410-sonli “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qatʼi nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sogʻligʻi va mehnati muhofaza qilinishini taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Fuqarolarning mehnatni muhofaza qilinishiga boʻlgan huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mehnatni muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Mehnatni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlar va qonunning qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa meʼyoriy hujjatlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun mulk va xoʻjalik yuritish shakli turlicha boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar* bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning aʼzolari, ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy taʼlim maktablarining oʻquvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni oʻtayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Matnda bundan keyin “korxonalar” deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sogʻligʻi ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yoʻnalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni mablagʻ bilan taʼminlashda davlatning ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida mehnat muhofazasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vatanimiz va chet el ilgʻor tajribasidan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlari bilan bepul taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda mehnatning sogʻlom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga koʻmaklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yoʻliqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chogʻida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Jamoat birlashmalarining mehnatni muhofaza qilish muammolariga oid qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, mutaxassislar, fuqarolar mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari, shuningdek korxonalar bu birlashmalarga har tomonlama yordam va madad koʻrsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni taʼminlash masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan nizomlar va tavsiyalarni hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ularda koʻzda tutilgan talablar agar oʻzgacha shartlashilmagan boʻlsa, ushbu Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari manfaatdor tomonlarning oʻzaro bitimlari bilan belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. MEHNATNING MUHOFAZA QILINIShINI TAʼMINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mehnat muhofazasini meʼyoriy taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va meʼyorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yoʻli bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy taʼminlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona maʼmuriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi* korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va meʼyorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Matnda bundan keyin “maʼmuriyat” deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning ishlovchilari respublikaning tegishli qonunlari va meʼyoriy hujjatlari, jamoa shartnomalari bilan belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlari talablarga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Korxonalar va obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar, ergonomika, mehnatni muhofaza qilishga doir qoidalar va meʼyorlar talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish hamda qayta qurish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini joriy etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech bir yangi yoki qayta qurilayotgan korxona, ishlab chiqarish vositalari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan xavfsizlik shahodatnomasiga ega boʻlmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli nazorat idoralari beradigan faoliyatni amalga oshirish huquqini taʼminlovchi ruxsatnomani oldindan taqdim etishlari shart. Korxonaning koʻrsatilgan ruxsatnomani olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi hamda hayotiga xavf tugʻdiruvchi korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirilgunga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan toʻxtatib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp meʼyorlari (konsentratsiyasi) ishlab chiqilmagan va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtmagan zararli moddalarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat va korxonalar oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari xalq xoʻjaligi turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va oʻquvchilar mehnatni muhofaza qilish kursini albatta oʻtishlarini tashkil etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xoʻjalik boshqaruvi idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy taʼminlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qatʼi nazar, jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli budjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan budjet mablagʻlari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy taʼminlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablagʻlarni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qoʻshimcha chiqim qilmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar oʻzining xoʻjalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega.
(11-moddaning toʻrtinchi qismidagi ikkinchi jumla Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishga moʻljallangan mablagʻlarni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlar, plakatlar, boshqa targʻibot vositalarini nashr etish hisobiga hosil boʻlgan qismiga, shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha konstruktorlik tashkilotlari foydasining jamoani va ishlovchilarni yakka tartibda himoyalash vositalarining yangilarini yaratish, ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish, ishlab chiqarish va mavjud vositalarni sotish hisobiga hosil boʻlgan qismiga imtiyozli soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Korxonalarda mehnatning sogʻlom va xavfsiz sharoitlarini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonada mehnatning sogʻlom va xavfsiz sharoitlarini taʼminlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat oʻrnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari toʻgʻrisida mehnat jamoalarini oʻz vaqtida xabardor qilish maʼmuriyat zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek oʻta noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bogʻliq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan meʼyorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, parhez ovqat bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonada mehnatning sogʻlom va xavfsiz sharoitlarini taʼminlash yuzasidan maʼmuriyat bilan xodimlarning oʻzaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitimida koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xoʻjalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qoʻmitasi bilan kelishib oʻzlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega boʻlgan korxonalarda esa bundan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va oʻz maqomiga koʻra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq boʻlinmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati toʻxtatilgan taqdirdagina tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sugʻurta qilinishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. IShLOVChILARNING MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR HUQUQLARINI ROʻYoBGA ChIQARIShDAGI KAFOLATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarning talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni ularning salomatligiga zid boʻlgan ishga qabul qilish man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyat xodimni kasb kasalligining paydo boʻlish ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan ayon boʻlgan ishga qabul qilayotganda uni bu haqda ogohlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Majburiy meditsina koʻriklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart. Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan bosh tortishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan bosh tortsalar yoki oʻtkazilgan tekshirishlarning natijalari boʻyicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar, maʼmuriyat ularni ishga qoʻymaslik huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim, agar u oʻzining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bogʻliq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy koʻrik oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy koʻriklarni oʻtkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Mehnat faoliyati jarayonida mehnatni muhofaza qilish huquqining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini joriy etishi va ishlab chiqarishda jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning salomatligi yoki hayotiga xavf tugʻdiruvchi vaziyat paydo boʻlganda, u bu haqda zudlik bilan maʼmuriyatga xabar qiladi, bu hol nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda maʼmuriyat ishni toʻxtatishi va xavfni bartaraf etish chorasini koʻrishi shart. Maʼmuriyat tomonidan zarur choralar koʻrilmagan taqdirda, xodim ishni xavf bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turishga haqlidir va unga hech qanday intizomiy jazo berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyat, agar mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, xodimning hayoti va salomatligi uchun toʻgʻridan toʻgʻri jiddiy xavf hamon saqlanib turgan boʻlsa, undan ishni qayta boshlashni talab qilishga haqli emas va xodimga ish toʻxtatib turilgan butun davr uchun barcha moddiy ziyonni toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyat mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzgan va bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning arizasiga koʻra, unga ishdan boʻshaganda beriladigan pul toʻlangani holda, istalgan paytda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimda kasb kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda maʼmuriyat tibbiy xulosa asosida uni ixtisosini oʻzgartirgunga qadar oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa ishga oʻtkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va ularga yoʻl-yoʻriqlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini oʻrgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan oʻtiladigan oʻquv oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda oʻqitish, yoʻl-yoʻriqlar berish va bilimlarni tekshirishdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha malakasi muntazam oshirib borilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Mehnat sharoitlari hamda mehnatni muhofaza qilinishi toʻgʻrisida xodimlarning axborot olishga doir huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi, bunda lozim boʻlgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari toʻgʻrisida axborot talab qilish huquqiga egadirlar, maʼmuriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning ayrim toifalari (xotin-qizlar, yoshlar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar), shuningdek mehnatning ogʻir va zararli sharoitlarida ishlovchi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR QONUNLAR VA BOShQA MEʼYORIY HUJJATLARGA RIOYA ETILIShI USTIDAN DAVLAT VA JAMOATChILIK NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga hamma joylarda rioya etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus vakolat berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom asosida ishlovchi davlat idoralari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻzlari saylaydigan vakillar amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan vakil ish joylarida mehnat muhofazasining ahvolini moneliksiz tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi boʻyicha vakilga oʻz vazifalarini bajarishi uchun har haftada ish paytida kamida ikki soat vaqt ajratib beriladi va oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlarini himoya etish boʻyicha kasaba uyushmalarining huquqlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari davlat va xoʻjalik idoralari oldida xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlarini himoya qiladilar, uning roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ana shu maqsadda oʻz qaramogʻlarida nizom asosida ishlovchi mehnat texnik inspeksiyasiga ega boʻladilar, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqishda, meʼyoriy va huquqiy faoliyatda ishtirok etadilar. Mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir barcha meʼyoriy hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, yoʻriqnomalar va hokazo) kasaba uyushmalari oldindan koʻrib chiqqanidan keyin tegishli idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari oʻz tashabbusi bilan yoki ishlovchilarning iltimosi bilan korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishini, jamoa shartnomalari va bitimlari bajarilishini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish yoki maʼmuriyatga taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslar ularni bajarishni asossiz rad etgan yoki odamlar sogʻligʻi yoxud hayotiga xavf tugʻdiruvchi qonunga zid xatti-harakatlar qilgan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olishdan yashirgan taqdirda kasaba uyushmalari aybdorlarni egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha javobgarlikka tortish, shuningdek aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ishlarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi talablar bilan davlat va huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat etishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning mehnatni muhofaza qilinishiga boʻlgan huquqlari roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish chogʻida kasaba uyushmalarining mehnat texnik inspeksiyasi istalgan korxonani bemalol kirib koʻrish, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish toʻgʻrisida maʼmuriyatga koʻrsatmalar berish, mansabdor shaxslarga jarima solish, agar bundan buyon ishlatilishi mehnat qiluvchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf tugʻdirsa uskunalar, uchastkalar, sexlar, ishlab chiqarishlarning ishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish, ishlab chiqarishda xodim duchor boʻlgan baxtsiz hodisalarni tekshirishda qatnashish (yoki uni mustaqil oʻtkazish)ga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda ishtirok etadilar, ular bilan kelishib olinmagan hujjatlarning kuchga kiritilishiga qarshi tegishli davlat idoralari orqali protest kiritish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar, mehnatni muhofaza qilishning ahvolini, uni yaxshilash boʻyicha jamoa shartnomalarida koʻzda tutilgan tadbirlar bajarilishini tekshiradilar va ularning natijalari yuzasidan aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan bajarilishi shart takliflar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat vazifalarini bajarish chogʻida mayib boʻlish yoki salomatlikka boshqacha tarzda putur yetishi tufayli keltirilgan zarar qoplanishi uchun hamda xodimlarning salomatligi va mehnati muhofaza qilinishiga boʻlgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda kasaba uyushmalari oʻz tashabbusi bilan yoki ishlovchilarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib daʼvo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh TOʻFRISIDAGI QONUNLAR VA BOShQA MEʼYORIY HUJJATLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar taʼminlanmagani uchun korxonalarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar taʼminlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʻurta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar boʻyicha mablagʻlar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va ogʻirligiga bogʻliq holda vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan korxonalar isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha standartlar, qoidalar va meʼyorlarning Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish va targʻib qilish gʻayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida korxona olgan foyda belgilangan tartibda budjetga musodara qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar buzilishida aybdor boʻlgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon yetkazganlik uchun korxonalarning moddiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan xodimga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa toʻlaydi hamda sogʻliqqa yetkazilgan shikast uchun tovon toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xodim davolanish, protez qoʻydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj boʻlsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bogʻliq harajatlarni toʻlaydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini oʻzgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini taʼminlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa ega boʻlgan shaxslarga moddiy ziyonni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qoʻyadigan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
839-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y.,5-son, 223-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y.,5-6-son, 102-modda; 2001-y.,5-son, 89-modda; 2002-y.,1-son, 20-modda)