Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.1994 06.05.1993 yildagi 836-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.1994
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING PUL TIZIMI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy toʻlov vositasi sifatida rubldan foydalanayotgan davlatlarning yagona iqtisodiy maydonini saqlab qolish, integratsiyalash va xoʻjalik aloqalarini tiklashga qaratilgan kelishilgan kredit, pul, budjet, narx-navo, boj va soliq siyosatini yuritish ishiga sodiq ekanligini taʼkidlab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muomalada boʻlgan 1961—1992-yillarda chiqarilgan SSSR Davlat bankining banknotlari, SSSR davlat xazinasi biletlari va tangalari, shuningdek 1992-1993-yillarda chiqarilgan Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining pul belgilari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha turdagi toʻlovlarda, hisoblarga, jamgʻarmalarga, akkreditivlarga kiritish uchun va oʻtkazish uchun amaldagi qiymati boʻyicha qabul qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pullarga boʻlgan ehtiyoj qisqartirilishini taʼminlovchi naqd pulsiz hisob-kitob qilish usulini toʻlov oborotiga keng joriy etish, shuningdek savdo tushumlari inkassatsiyasini yaxshilash tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini bundan keyin “Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar avval chiqarilgan qonun hujjatlari ushbu Qonunga zid kelmasligi sababli qoʻllanilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda taqdim etsin hamda Hukumatning, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
836-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 220-modda)