OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
XALQ TAʼLIMI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-yanvarda 1541-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2012-yil 18-maydagi 01-05/1377, 24, 19-Q/B-sonli ““Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1541-3, 31.05.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ-227-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq qaror qilinadi:
1. “Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari” ilovaga koʻra tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-dekabr,
105-son
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-dekabr,
42-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-dekabr,
01-357-son
Mehnat va aholini Ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi
va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi
105, 42 va 01-357-son qarori bilan tasdiqlangan
qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi
va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat
test markazining 2005-yil 30-dekabrdagi
105, 42 va 01-357-son qarori bilan tasdiqlangan
Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari
§ 1. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktori lavozimining malaka tavsiflari
1. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, pedagogik kengash bilan birgaliklikda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, rivojlantirish, takomillashtirish va samaradorligini oshirishning, taʼlim sifatini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini himoya qiladi;
b) taʼlim muassasasining yillik va oylik ish rejalarini tasdiqlaydi va oʻqituvchilar tomonidan oʻquv rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
v) oʻquvchilarning muntazam ravishda bilim olishlarini tashkillashtiradi;
g) oʻquv jarayoniga nisbatan mukammal va samarali pedagogik texnologiyalarni qoʻllanishiga rahbarlik qiladi;
d) vakolat doirasida taʼlim muassasasi faoliyatining moliyaviy-xoʻjalik masalalarini hal qiladi, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning shakllanishi va undan samarali foydalanishini, oʻquv jihozlari, qurilmalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini taʼminlaydi, maktab moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkillashtiradi;
e) maktabning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi, pedagogik kadrlar attestatsiyasini tashkil qiladi hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini taʼminlaydi;
yo) umumtaʼlim muassasasi qoshidagi maxsus komissiyaga rahbarlik qiladi;
j) oʻquvchilar olayotgan bilim sifatini Davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar natijadorligini taʼminlaydi va nazorat qiladi, pedagogik kadrlarni ragʻbatlantirish uchun taʼlim standartlari talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qiladi;
z) oʻquvchilarni maktabga qabul qilish va keyingi sinfga oʻtkazishni, ish yuritishni, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar berishni tashkil qiladi;
i) oʻquvchilarni darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etadi, darsliklar bilan taʼminlashning ijara shaklini rivojlantiradi va takomillashtiradi, darsliklar ijarasidan tushgan mablagʻlarning jamgʻarilishini nazorat qiladi va ularning maqsadga muvofiq sarflanishini taʼminlaydi;
y) ota-onalar, mahalla qoʻmitalari, jamoat va otaliqqa oluvchi tashkilotlar bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qiladi;
k) bolalikni himoya qilish boʻyicha, voyaga yetmaganlar manfaatlari va huquqlarini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini taʼminlaydi;
l) kam taʼminlangan oilalar farzandlari boʻlgan oʻquvchilarni ijtimoiy muhofaza qilish ishlarini, ularni qishki kiyim-kechak majmuasi va darsliklar bilan bepul taʼminlashni tashkillashtiradi;
m) internat turidagi umumtaʼlim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj oʻquvchilar uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratadi;
n) oʻquvchilarni eng yaxshi milliy anʼanalar, urf-odatlar boʻyicha tarbiyalashga, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni, Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishga rahbarlik qiladi;
o) xodimlarga mehnat va malakasini oshirish uchun sharoitlar yaratadi, muassasa (maktab) faoliyati boʻyicha hisobotlar tuzadi, buyruqlar chiqaradi hamda maktab xodimlari vazifalari, majburiyatlarini belgilaydi, ular orasidagi eng fidokorlarini taqdirlash va ragʻbatlantirishga taqdim etadi, oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
p) mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
2. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktori amaldagi umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Xalq taʼlimi vazirligining maktab faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid boʻlgan buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriqnomalarini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini, jamoani boshqarishning samarali usullarini, oʻquv va tarbiya sifati, Davlat taʼlim standartlari talablarini joriy qilish natijalari bilan bogʻliq holda xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, oʻquv muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash qoidalarini bilishi kerak.
3. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktori quyidagilarni bajara olishi kerak:
a) taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olishi, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishi;
b) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishi, taʼlim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzishi, shartnomalar tuzishni; nizomlar, qoidalar, lavozim yoʻriqnomalari ishlab chiqishni, ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar oʻtkazishni;
v) pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim yaratishni.
4. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining lavozimiga quyidagi malaka talablari quyiladi:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
b) 5 yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji;
v) malaka toifasi — kamida 1-toifali oʻqituvchi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 2. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini malaka tavsiflari
5. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarini lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) oʻquv jarayonini tashkil qiladi, taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini taʼminlaydi;
b) pedagogik kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etadi, pedagogik jamoaning oʻquv-metodik ishlariga rahbarlik qiladi, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etadi;
v) pedagogik xodimlarga metodik yordamni, jamoaning va oʻqituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qilishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
g) oʻqituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi, oʻqituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib boradi, darslar, imtihonlar jadvali va boshqa oʻquv tadbirlarini ishlab chiqadi;
d) maktabda nazorat ishlarini tashkil etadi, taʼlim standartlari talablari bajarilishining, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshiradi, fakultativ mashgʻulotlar va fanlar toʻgaraklarining ishlashini tashkil qiladi;
e) oʻquv xonalarini namoyish va texnik taʼlim vositalari bilan, kutubxonalarni esa — kitoblar, jurnallar, gazetalar va boshqa axborot manbalari bilan jihozlanishiga rahbarlik qiladi;
yo) oʻquv fanlari boʻyicha metodik materiallar ishlab chiqilishini, yosh mutaxassislarga metodik yordam berishni, oʻqituvchilar malakasini, kasbiy mahoratini oshirish ishlarini olib boradi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasini takomillashtiradi;
j) sinf jurnallarini yuritish va saqlanishini taʼminlaydi, sinf rahbarlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, oʻquv ishlari holati va natijalari toʻgʻrisida hisobotlarni tuzadi, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etadi;
z) texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiyena tartibiga, pedagogik xodimlar mehnatini va oʻquvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni taʼminlaydi;
i) direktor yoʻqligida uning lavozim vazifalarini bajaradi.
6. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari amaldagi umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Xalq taʼlimi vazirligining maktab faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid boʻlgan buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriqnomalarini, jahon va vatan pedagogik fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini, taʼlim standartlarining talablarini va uning mazmuni, jamoani boshqarishning samarali usullari, xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlari, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash qoidalarini bilishi kerak.
7. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari quyidagilarni bajara olishi kerak:
a) taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olishi, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishi;
b) maktabni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishi, taʼlim muassasasini boshqarishning tashkiliy tarkibini tuzishi, metodik tavsiyalar, oʻquv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishi, ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar oʻtkazishni;
v) taʼlim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishi, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarni qoʻllashni;
g) pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim yaratishni.
8. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarini lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
b) 5 yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji;
v) malaka toifasi — kamida 1-toifali oʻqituvchi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 3. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimini malaka tavsiflari
9. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarini lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi, tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqadi, sinf rahbarlari amalga oshiradigan tarbiyaviy ishlar rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
b) “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” majmuasiga kiruvchi fanlar boʻyicha taʼlim standartlarining talablarining bajarilishini nazorat qiladi, shu fanlar boʻyicha oʻzlashtirish, oʻquvchilarning davomati va xulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshiradi, maktabda toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
v) milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar misoli asosida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil va nazorat qiladi, oʻquvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari, ekskursiya va madaniy ommaviy ishlarni muvofiqlashtiradi;
g) pedagogik jamoaning taʼtil paytidagi faoliyatini, jumladan yozgi oʻquv taʼtili davrida oʻquvchilarning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtiradi;
d) taʼlim muassasasi oʻquv va boshqa xonalarini oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi koʻrgazmali tashviqot va targʻibot vositalari bilan jihozlashni tashkil qiladi, maktab kutubxonasining maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;
e) sinf rahbarlarining ishlarini tashkil qiladi, ilgʻor pedagogik tajriba almashish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi;
yo) pedagogik kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etadi, yuqori malakali oʻqituvchilarning ilgʻor pedagogik tajribasini oʻrganadi, umumlashtiradi va tarqatadi;
j) tarbiyaviy ishlar boʻyicha metodik materiallar ishlab chiqishni, yosh mutaxassislarga metodik yordam koʻrsatishni tashkil qiladi, oʻqituvchilarning kasb mahoratini, malakasini oshirish ishlarini olib boradi;
z) sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, taʼlim muassasasi tarbiyaviy ishlari holati va natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tuzadi, ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil qiladi;
i) texnika xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiyena tartibiga, pedagogik xodimlar mehnatini va oʻquvchilarni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari amaldagi umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Xalq taʼlimi vazirligining maktab faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid boʻlgan buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriqnomalarini, jahon va vatan pedagogik fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash metodikalarini, oʻz xalqi tarixini, maktab faoliyati va uni rivojlantirishning pedagogik va iqtisodiy asoslarini, taʼlim standartlari talablari va uning mazmunini, jamoani boshqarishning samarali usullari, xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullarini, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash qoidalarini bilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari quyidagilarni bajara olishi kerak:
a) taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olishi, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topishi;
b) maktabning tarbiyaviy tadbirlar ssenariylarini va tarbiyaviy ishlar rejalari, dasturlarini ishlab chiqadi, metodik tavsiyalar, oʻquv rejalari va dasturlar, qoidalar, nizomlar, lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishi; ishlab chiqarish majlislari, suhbatlar oʻtkazishni;
v) taʼlim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilishi, oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarni qoʻllashni;
g) pedagogik jamoada qulay psixologik iqlim yaratishni.
12. Umumtaʼlim maktab (internat, gimnaziya, litsey) direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
b) 3 yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji;
v) malaka toifasi — kamida 2-toifali oʻqituvchi.
§ 4. Harbiy tayyorgarlik rahbari lavozimining malaka tavsiflari
13. Harbiy tayyorgarlik rahbarining lavozim majburiyatlariga (shtat roʻyxatida “Harbiy tayyorgarlik” lavozimi boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari direktor va direktorning oʻquv ishlari oʻrinbosari orasida taqsimlanadi) quyidagilar kiradi:
a) yuqori sinf oʻquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining shonli anʼanalarini oʻrganish ishlarini tashkil etadi;
b) tasdiqlangan dasturlarga muvofiq oʻquvchilarning chaqiriqdan oldingi harbiy, jumladan tibbiy tayyorgarligini amalga oshiradi, oʻquv mashgʻulotlarni olib boradi, oʻquvchilarni mashgʻulotlardagi davomatini hisobini yurgizadi, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishini nazorat qiladi, har bir oʻquvchining qobiliyatlarini oʻrganadi, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga oid takliflar kiritadi, yangi, yanada ilgʻor taʼlim va tarbiya shakl va usullarni amalga oshiradi;
v) jismoniy tarbiya oʻqituvchilari bilan hamkorlikda harbiy-sport oʻyinlari, musobaqalari oʻtkazadi, harbiy kasblar asoslarini oʻrganish toʻgaraklarini boshqaradi;
g) tuman (shahar) harbiy komissariatlariga oʻquvchilarning chaqiriqqacha harbiy hisobga qoʻyishga koʻmaklashadi;
d) fuqarolar mudofaasi va favqulodda vaziyatlarda himoyalash tadbirlariga rahbarlik qiladi;
e) oʻquvchilarni chaqiriqdan oldin tayyorgarlikdan oʻtishlarida qoʻllaniladigan shaxsiy himoya vositalari, harbiy texnikaga oid koʻrgazmali qoʻllanma va boshqa materiallarni talab darajasida saqlash va foydalanishga tayyorligini taʼminlaydi;
yo) texnika xavfsizligi qoidalariga, mashgʻulotlarda sanitariya-gigiyena tartibiga rioya qilishni taʼminlaydi.
14. Harbiy tayyorgarlik rahbari umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Xalq taʼlimi vazirligining maktab faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid boʻlgan buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriqnomalarini, Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining oʻquvchilarni harbiy chaqiriqqacha masalalar va favqulodda hollarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriqnomalari va normativ hujjatlarini; davlatning ichki va tashqi siyosatini, jahon va vatan pedagogik fanlari va amaliyoti, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash metodikalarini, oʻz xalqi tarixini, umumtaʼlim oʻquv muassasalarida harbiy tayyorgarlikni oʻqitish metodlari va mazmuni xususiyatlarini, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni amalga tatbiq etish usullarini bilishi kerak.
15. Harbiy tayyorgarlik rahbari tasdiqlangan dasturlarga muvofiq oʻquvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlarni bajara olishi kerak.
16. Harbiy tayyorgarlik rahbari lavozimiga quyidagi malaka talablari quyiladi:
a) oliy yoki oʻrta harbiy maʼlumot yoki kamida oʻrta maxsus maʼlumot;
b) zaxiradagi zobitligi yoki Qurolli kuchlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtaganligi.
§ 5. Oʻqituvchi lavozimining malaka tasniflari
17. Oʻqituvchi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq tegishli fan boʻyicha darslar, mashgʻulotlarga tayyorgarlikni va ularni oʻtkazishni taʼminlaydi;
b) oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga tayyorlaydi, taʼlim standartlariga muvofiq oʻquvchilarning oʻquv materialini oʻzlashtirishlarini xolisona muntazam baholashlarini taʼminlaydi;
v) Davlat taʼlim standartlariga muvofiq dastur materiallarini yuqori darajada oʻzlashtirishni taʼminlaydi, bilimlarni oʻzlashtirishda nuqsonlari boʻlgan oʻquvchilar bilan guruhlar boʻyicha va individual ish olib boradi;
g) fakultativ mashgʻulotlar oʻtkazadi, fan toʻgaraklarida ishlash, fanlar olimpiadalariga, turli tanlovlarga va festivallarga oʻquvchilarni tayyorlashni amalga oshiradi, oʻquvchilarda bilim va koʻnikmalarni shakllantiradi, ularni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashni amalga oshiradi;
d) oʻquvchilar foydalanadigan darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlanishni va ularning saqlanishini nazorat qiladi;
e) oʻquvchilarning davomat va oʻzlashtirish hisobini olib boradi, ularning maktab nizomi talablariga rioya qilishlarini taʼminlaydi;
yo) oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qiladi;
j) joriy, oraliq va yakuniy testlar (nazorat soʻrovi), imtihonlar oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshiradi;
z) har bir dars rejalarini, dars oʻtkazish uchun zarur boʻlgan didaktik tarqatma va koʻrgazma materiallarni ishlab chiqadi;
i) oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, kabinetlar, laboratoriyalardagi qurilmalar, texnik vositalar, mulk va boshqa moddiy boyliklarni saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlaydi, unga topshirilgan mulk, oʻquv qurilmalari, inventar va taʼlim texnik vositalarini oʻrnatilgan tartibda ishga yaroqli holatda tutadi;
y) pedagogik kengash, metodik kengash, seminarlar, treninglar, majlislarda, navbatchiliklarda, ochiq darslarda, hisobotlar tuzishda va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
k) oʻquv qurilmalaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiladi;
l) pedagogik axloq normalariga rioya qiladi, ota-onalar bilan ish olib boradi, ularning farzandlarini tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha individual uchrashuvlar va suhbatlar oʻtkazadi; maktab psixologi bilan oʻquvchilar shaxsini rivojlantirish, kasbga yoʻnaltirish va kasbgacha tayyorlash masalalari boʻyicha ish olib boradi;
m) maktabga birkitilgan mikrouchastkadagi faoliyat, mahalla faollari bilan bolalarni birinchi sinfda oʻqitishga toʻliq qamrab olish, 9-sinf oʻquvchilarini taʼlimni keyingi bosqichlariga jalb qilish masalalari bilan shugʻullanadi;
n) kasb mahoratini muttasil oshirib boradi, oʻz faoliyatiga ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganadi va amalga oshiradi, mehnat va ishlab chiqarish intizomi qoidalariga rioya qiladi;
18. Oʻqituvchi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, oʻzining oʻquv faniga oid boʻlgan taʼlim tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha hukumat qarorlarini, Xalq taʼlimi vazirligi buyruqlarini, Davlat taʼlim standartlarini, oʻzi oʻqitadigan oʻquv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qoʻllanilishini, oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalashning ilgʻor shakllari va intensiv usullarini, didaktik tamoyillarni, oʻqitayotgan fan boʻyicha dars oʻtkazish metodikasi va tashkil qilish tartibini, oʻquvchilar bilimini baholashning zamonaviy, samarali shakllari, nazorat usullarini, testdan oʻtkazish va baholash mezonlarini; oʻquvchilarning faolligi va oʻzlashtirishini baholashning reyting tizimini; pedagogikani, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini, oʻquv jarayoni texnik vositalarini amaliyotda qoʻllashni, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, maktabda gigiyena qoidalarini bilishi kerak.
19. Oʻqituvchi lavozimiga quyiladigan umumiy malaka talablariga quyidagilar kiradi:
a) boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun boshlangʻich taʼlim ixtisosligi boʻyicha kamida oʻrta maxsus pedagogik maʼlumot;
b) fan oʻqituvchisi uchun fan yoʻnalishiga toʻgʻri keluvchi kamida oʻrta maxsus maʼlumot.
20. Oʻqituvchiga ikkinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʻrsatkichlar bilan aniqlanadi:
a) pedagogik xodim malakasi — bilim va koʻnikmalarni baholashning standart talablardan yuqori boʻlgan pedagogika nazariyasi, psixologiya va yoshlar fiziologiyasi asoslari, oʻqiladigan fanning bazaviy komponenti mazmuni, taʼlim va tarbiya metodikasi bilan aniqlanadi;
b) pedagogik xodimning mahorati — taʼlim jarayonida qulay mikroiqlim yaratish, amaliy faoliyatda taʼlim jarayonining xilma-xilligini (variantliligini) taʼminlovchi oʻqitish metodlari, usullari va vositalarini qoʻllay olish, pedagogik diagnostika qoʻllanilayotgan oddiy metodlari va vositalari, oʻquvchilar jamoasini toifalashning asosiy shakllari, oʻquvchilarning anglash va muomala (kommunikativ) madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy metodlari bilan aniqlanadi;
v) pedagogik xodim mehnati samaradorligi — pedagog bevosita muloqot qiladigan oʻquvchilar guruhini ahil jamoa sifatida saqlashga imkon beruvchi amaliy ish faoliyati; oʻquvchilarni Davlat taʼlim standartlariga mos holda bilim olishini taʼminlash orqali aniqlanadi;
g) oʻqituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Magistr darajasiga ega boʻlgan pedagogik xodimga attestatsiya oʻtkazilmasdan ikkinchi malaka toifasi beriladi.
21. Birinchi malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʻrsatkichlar bilan aniqlanadi:
a) pedagogik xodim malakasi — bilim va koʻnikmalarni baholashning standart talablardan yuqori boʻlgan taʼlim jarayonini individuallashtirish texnologiyasi, psixologik-pedagogik diagnostikaning zamonaviy usullari oʻqiladigan fanning bazaviy komponenti mazmuni, turli darajada oʻqitishni olib borish imkonini beradigan nazariy bilimlar darajasi bilan aniqlanadi;
b) pedagogik xodimning mahorati — oʻquv-tarbiya jarayoni mazmuni, metodlari va shakllarini tanlashda oʻquvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga ola bilish, rivojlanishlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlari va sogʻliqlari darajasi turlicha boʻlgan oʻquvchilar toifalarini hisobga olgan holda pedagogik masalalarni hal qilishga va amaliy faoliyatda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shaxsni rivojlantirish pedagogikasi texnologiyalari elementlarini, fan boʻyicha oʻquv-metodik ishlarni tahlil qilish metodikalarini qoʻllashga qodirlik bilan aniqlanadi;
v) pedagogik xodim mehnati samaradorligi maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashishi; malaka oshirish kurslarini muntazam oʻtashi; viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ilmiy-metodik tadbirlarida faol qatnashishi; uning tajribalari viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ommalashtirilganligi, shuningdek, oʻquvchilari ikkinchi tur fan olimpiadalarida, viloyat yoki tuman darajasidagi koʻrik tanlovlarida, sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi (bunday fan olimpiadalari va tadbirlar oʻtkazilmaydigan boshlangʻich sinf va fan pedagoglari bundan mustasno) orqali aniqlanadi;
d) ikkinchi toifali oʻqituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Oʻrta maxsus maʼlumotga ega pedagogik xodimga attestatsiya natijalari boʻyicha istisno hollarda, birinchi malaka toifasi berilishi mumkin.
22. Oliy malaka toifasini berish quyidagi asosiy koʻrsatkichlar bilan aniqlanadi:
a) pedagogik xodimning malakasi — koʻrsatkichi pedagogik fan va amaliyotning, oʻz bilim sohasining eng yangi yutuqlarini oʻzlashtirish, amaliy masalalarni ijodiy hal qilish bilan aniqlanadi;
b) pedagogik xodim mahorati — koʻrsatkichi taʼlim va tarbiyalash metodlari, vositalari, shakllarini optimal tanlashni amalga oshira olish yoki tarqatishga tavsiya berilishi mumkin boʻlgan pedagogik texnologiyalar yoki ularning elementlarini mustaqil ravishda ishlab chiqish, sinab koʻrish va muvaffaqiyatli qoʻllash, oʻquvchilarning ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoitlar yaratish bilan aniqlanadi;
v) pedagogik xodim mehnati samaradorligi — maktab ijtimoiy hayotida faol qatnashishi; malaka oshirish kurslarini muntazam oʻtashi; viloyat yoki tuman (shahar) darajasida ilmiy-metodik tadbirlarida faol qatnashishi; uning tajribalari respublika yoki viloyat darajasida ommalashtirilganligi, shuningdek, oʻquvchilari ikkinchi yoki uchinchi tur fan olimpiadalarida, xalqaro, respublika va viloyat darajasidagi koʻrik tanlovlarida, sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi (bunday fan olimpiadalari va tadbirlar oʻtkazilmaydigan boshlangʻich sinf va fan pedagoglari bundan mustasno) orqali aniqlanadi.
g) birinchi toifali oʻqituvchi lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlishi kerak.
§ 6. Maktab psixologi lavozimining malakaviy tasniflari
23. Maktab psixologining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) oʻquvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) muassasalarda tarbiyalash va oʻqitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshiradi;
b) bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha Konvensiyaga muvofiq shaxs huquqlarini himoya qilishga koʻmaklashadi, taʼlim muassasasi ijtimoiy sohasini uygʻunlashtirishga koʻmaklashadi va ijtimoiy jihatdan koʻnika olmaslik hollarini yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
v) oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlaydi va turli koʻrinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya, reabilitatsiya va maslahat) berish boʻyicha tadbirlar amalga oshiradi, oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar), ota-onalar (ularning oʻrnidagi kishilar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordam beradi;
g) turli yoʻnalish va maqsadlardagi psixologik diagnostikani oʻtkazadi, ruhiy, jismoniy va aql, qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar rejalashtiradi va oʻtkazadi, test natijalarini tahlil qiladi va baholaydi;
d) bolalarni birinchi sinfga qabul qilish komissiyasi tarkibida bolalarni 6 yoshdan oʻqishga tayyorligini aniqlashda ishtirok etadi;
e) oʻqituvchilar jamoasi va ota-onalarga oʻquvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) shaxs va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi muammolari boʻyicha yoʻnalish berish maqsadida oʻrganish natijalariga koʻra psixologik-pedagogik xulosa tuzadi;
yo) oʻrnatilgan shaklda hujjatlar yurgizadi va belgilangan maqsadlarda ulardan foydalanadi, oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) shaxsining individual va yosh-jins xususiyatlarini hisobga olib taʼlim faoliyatini rivojlantiruvchi va tuzatuvchi dasturlarni rejalashtirish va ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularda hayotiy va kasbga yoʻnalish olishning turli vaziyatlariga moslashuvchanlikka tayyorgarlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
j) ijodiy iqtidorli oʻquvchilarni (tarbiyalanuvchilarni) psixologik jihatdan qoʻllaydi, ularning rivojlanishi va izlanishlariga koʻmaklashadi, oʻquvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli koʻrinishdagi ijtimoiy rivojlanishga taalluqli chetlanishlar darajasini aniqlaydi va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatishni amalga oshiradi;
z) oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar), pedagogik jamoa, ota-onalar (ularning oʻrnidagi kishilar) psixologik va jinsiy tarbiya madaniyatini shakllantiradi, taʼlim muassasasi xodimlarini oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar), pedagogik xodimlar, ota-onalar (ularning oʻrnidagi kishilar) ijtimoiy-psixologik xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan psixologiyani amalda qoʻllash, muassasaning rivojlanishi masalalarida maslahatlar beradi;
24. Maktab psixologi quyidagilarni bilishi kerak:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, hukumatning tegishli qarorlari va farmoyishlari, Xalq taʼlimi vazirligining buyruqlari, meʼyoriy, koʻrsatma va axborot materiallari, taʼlim boʻyicha statistik materiallar, maktab nizomini;
b) jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni, umumiy va ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasini, tibbiy psixologiya, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi xususiyatlari, bolalar neyropsixologiyasi, psixodiagnostika yutuqlari, individual farq psixologiyasi, muhandislar psixologiyasi, defektologiya asoslari, psixoterapiya, seksologiya, psixogigiyena, kasbga yoʻnaltirish, kasbshunoslik va mehnat psixologiyasi, testlash metodologiyasi va metodikasi, psixopatologiya, individual va guruhlar boʻyicha kasbga maslahat berishning zamonaviy metodlari, bolaning normal va notoʻgʻri rivojlanishini tashxislash va tuzatishni; xulq etikasi va madaniyatini;
v) tadqiqot ishlarini oʻtkazish texnologiyasini, tadqiqot natijalarini kompyuterda qayta ishlashni, psixodiagnostikaning dolzarb ilmiy maʼlumotlarini;
g) oʻquvchilarni (tarbiyalanuvchilar) mehnati muhofazasi, sogʻligʻini saqlash, kasbga yoʻnaltirish, bandligi masalalarini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar va ularning ijtimoiy muhofazasini.
25. Maktab psixologi quyidagilarni bajara olishi kerak:
a) eng muhim muammolarni aniqlay olishi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topish;
b) lavozim majburiyatlari doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha majlislar, suhbatlar oʻtkazish, maslahatlar berish.
26. Maktab psixologi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) kamida bakalavr darajasidagi maxsus psixologik yoki pedagogik maʼlumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
§ 7. Pedagog-tashkilotchi lavozimining malaka tasniflari
27. Pedagog tashkilotchining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) oʻquvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari mashgʻulotlarini, olimpiadalar, koʻriklar, tanlovlar, musobaqalar tashkil qiladi;
b) toʻgarak va seksiyalar ishlarini muvofiqlashtiradi;
v) madaniy-ommaviy ishlarni, oʻyinlarni, chiqishlarni, tanlovlar va badiiy havaskorlik koʻriklariga rejissorlik qiladi va oʻtkazadi, qoʻshiq va raqslarni oʻrgatadi;
g) taʼtil kunlarida oʻquvchilarning boʻsh vaqti va dam olishini samarali oʻtkazishni tashkil qiladi, ekskursiyalar, diqqatga sazovor joylarga safarlar, muzeylarga sayohatlar uyushtiradi;
d) oʻquvchilarda Vatanga, milliy anʼanalar va xalqning urf-odatlariga, buyuk olimlar, sanʼat, madaniyat va sport ustalariga hurmat, sodiqlik va faxrlanish hissiyotini tarbiyalaydi;
e) maktab tarbiyaviy ishlari rejasiga muvofiq oʻqituvchilar, jumladan sinf rahbarlari va boshqa pedagog xodimlar bilan birgalikda gʻoyaviy-tarbiyaviy ishlarni, sport-ommaviy va madaniy tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etadi;
yo) oʻyinlar, attraksionlar va boshqa ommaviy-madaniy, tarbiyaviy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;
j) oʻz lavozim majburiyatlarini bajarishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, madaniyat markazlari, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bogʻlari, sport inshootlari, seksiyalar, mahallalar, “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari va boshqa maktabdan tashqari muassasalar xodimlari bilan hamkorlik qiladi.
28. Pedagog tashkilotchi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, taʼlim standartlari talablari va mazmuni, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq taʼlimi vazirligining tarbiyalash, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar boʻyicha buyruqlari, meʼyoriy, metodik va yoʻriqnoma hujjatlarini, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini hamda pedagogikani, psixologiyani, maktabdan tashqari muassasalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarini bilishi kerak.
29. Pedagog tashkilotchi quyidagilarni bajara olishi kerak:
a) oʻquvchilarni toʻgaraklardagi mashgʻulotlarga, sport seksiyalariga, musobaqalarga qatnashishga, ommaviy tadbirlarga qiziqtirish; suhbatlar, majlislar oʻtkazish; kerakli hujjatlarni tuza olish;
b) mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga rioya qilish.
30. Pedagog tashkilotchiga quyidagi malaka talabi qoʻyiladi:
a) kamida oʻrta maxsus pedagogik maʼlumot.
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
§ 8. Oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped lavozimining malaka tasniflari
31. Oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) oʻquvchilarda (tarbiyalanuvchilarda) rivojlanishdan chetlanishlarni iloji boricha tuzatishga qaratilgan ishlarni olib boradi, oʻquvchilarni (tarbiyalanuvchilarni) tekshiradi, ularda mavjud boʻlgan nuqson tarkibi va ifodalanish darajasini aniqlaydi;
b) oʻquvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) ruhiy-jismoniy holatini hisobga olgan holda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun guruhlar tashkil qiladi, guruhlar bilan va individual tartibda rivojlanishdagi chetlanishlarni tuzatish, nosoz funksiyalarni tiklash boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadi;
v) oʻqituvchilar va tarbiyachilar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, mashgʻulot va darslarda ishtirok etadi, pedagog xodimlar va ota-onalarni (ularning oʻrnidagi kishilarni) rivojlanishda chetlanishlar mavjud boʻlgan bolalarga yordam koʻrsatishning maxsus metodlari va usullarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar beradi, zarur hujjatlarni yurgizadi;
g) shaxsning umumiy madaniyatini shakllantirishda, uning ijtimoiylashishida, kasbiy dasturlarni ongli ravishda tanlash va oʻzlashtirishda koʻmaklashadi, davlat standartlari doirasida taʼlim berishning turli shakllari, usullari, metodlari va vositalarini qoʻllaydi, taʼlim dasturlarini amalga oshiradi.
d) oʻquvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunidagi, bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada belgilangan huquqlarga rioya qilish va erkinliklarini taʼminlash;
e) oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib boradi, metodik uyushmalar faoliyatida va boshqa koʻrinishdagi metodik ishlarda qatnashadi;
yo) ota-onalar (ularning oʻrnidagi kishilar) bilan munosabatni amalga oshiradi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yongʻindan muhofaza qilish qoida va normalarini bajaradi, taʼlim jarayonida oʻquvchilarning hayotini va sogʻligini muhofaza qilishni taʼminlaydi.
32. Oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped “Taʼlim toʻgʻrisida”gi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, hukumatning tegishli qarorlari va farmoyishlari, Xalq taʼlimi vazirligining buyruqlari, meʼyoriy, koʻrsatma va axborot materiallari, taʼlim boʻyicha statistik materiallarni, bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani; maxsus va yoshlar pedagogikasi va psixologiyasini; defektologiyaning anatomik-fiziologik va klinik asoslarini, oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) rivojlanishidagi chetlanishlarning oldini olish va tuzatishning metodlari va usullarini; rivojlanishda chetlanishlar mavjud boʻlgan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) bilan ishlashda qoʻllaniladigan dasturiy-metodik adabiyotlarni; defektologiya fanining eng yangi yutuqlarini, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yongʻindan muhofaza qilish qoida va normalarini bilishi kerak.
33. Oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped lavozimiga qoʻyiladigan malaka talabiga quyidagilar kiradi:
a) oliy maʼlumotli defektolog yoki logoped;
b) ish stajiga talab qilinmaydi.
§ 9. Uslubiyotchi lavozimining malaka tasniflari
34. Uslubiyotchi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) taʼlim muassasalari, metodik kabinetlar (markazlar) metodik ishlarni tashkil qiladi, muassasalardagi oʻquv-metodik va tarbiyaviy ishlarning holatini va ularning Davlat taʼlim standartlariga mosligini tahlil qiladi va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, qoʻshimcha taʼlim muassasalarida oʻquv guruhlari, toʻgaraklar va oʻquvchilar uyushmalarini shakllantirishda ishtirok etadi, pedagog xodimlarga oʻqitish mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini aniqlashda yordam beradi;
b) metodik va axborot materiallarini ishlab chiqishda, taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashxislash, bashoratlash va rejalashtirishda ishtirok etadi;
v) taʼlim muassasalari pedagogik xodimlariga tegishli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha maslahat va amaliy yordam koʻrsatadi, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishda ishtirok etadi;
g) oʻquv, oʻquv-tematik rejalar, fanlar va oʻquv kurslari boʻyicha dasturlar tuzadi;
d) oʻquv-metodik hujjatlar, qoʻllanmalar (oʻquv fanlari, qurilmalar namunaviy roʻyxati, didaktik materiallar va hokazo) ishlab chiqishni, ularga taqriz berishni va tasdiqlashga tayyorlashni tashkillashtiradi;
e) muassasaning tajribaviy ishlari natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muassasa rahbar va mutaxassislarining eng natijador tajribasini umumlashtiradi va uni tarqatish tadbirlarini amalga oshiradi;
yo) pedagogik xodimlarning metodik uyushmalari ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi, konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, koʻrgazmalar, olimpiadalar, slyotlar, musobaqalar va hokazolarni oʻtkazish boʻyicha zarur hujjatlarni ishlab chiqadi;
j) taʼlim mazmunini ekspertiza qilish va ilmiy-metodik taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi, istiqbolda darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, metodik materiallar nashr qilish rejalarini tuzishda, mualliflarni tanlashda ishtirok etadi, metodik kabinetlar va taʼlim muassasalarini nashr etilayotgan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, videomateriallar, audiovizual va boshqa oʻqitish vositalari xususida xabardor qiladi va muassasalarning ularga boʻlgan ehtiyojini tahlil qiladi;
z) yangi pedagogik texnologiyalar tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganadi, oʻqitish va tarbiyalashning ilgʻor texnologiyalarini amalga oshirishni tashkil qiladi.
35. Uslubiyotchi quyidagilarni bilishi kerak:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, taʼlim standartlari mazmuni va talablarini, Xalq taʼlimi vazirligining oʻqitish metodikasi va tarbiyaviy ishlar masalalari boʻyicha buyruqlari, farmoyishlari, metodik, meʼyoriy va boshqa boshqaruv materiallari;
b) didaktika tamoyillari pedagogika asoslari va yosh psixologiyasi, oʻqitishning umumiy va xususiy texnologiyalari, oʻzlashtirish metodikasi va oʻquv fanini metodik taʼminlash tamoyillari va muassasada taʼlim jarayonini tashkil qilish tizimini, uning faoliyat yoʻnalishlarini, muassasadagi pedagogik ishlarning samarali shakl va metodlarini aniqlash, umumlashtirish va tarqatish metodikasini;
v) muassasalar pedagogik xodimlari metodik uyushmalari ishi mazmuni va uni tashkillashtirish tamoyillarini;
g) oʻquv-dasturiy hujjatlar, ixtisosliklar boʻyicha oʻquv rejalari, taʼlim dasturlari, oʻquv qurilmalarining namunaviy roʻyxati va boshqa oʻquv metodik hujjatlarni ishlab chiqish tamoyillari va tartibini;
d) nashriyotlar bilan ishlash asoslarini, metodik va axborot materiallarini tartibga solish tamoyillarini, oʻquv qoʻllanmalari majmuasini yuritish, oʻqitishning audiovizual va interaktiv vositalariga asosiy talablarni.
36. Uslubiyotchi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
b) 5 yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji.
§ 10. Maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri lavozimining tasniflari
37. Maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) barcha turdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi, pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanadi;
b) bolalarni boshlangʻich sinfda oʻqitishga tayyorlash boʻyicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qiladi;
v) bolalar sogʻligini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va oʻqitish uchun zarur sharoitlarni yaratishni taʼminlaydi;
g) pedagogik kengashga rahbarlik qiladi, oilada farzand tarbiyasi masalalari boʻyicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qiladi;
d) jihoz, qurol-anjomlardan foydalanishda sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizligi talablariga rioya qiladi, ularning hisobini yurgizadi va saqlanishini taʼminlaydi;
e) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil qiladi;
yo). bolalar bogʻchasini bolalar soni boʻyicha tasdiqlangan rejaga muvofiq toʻldirilishini, ish yuritishni, oʻz vaqtida hisobotlarni topshirishni, budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanishni va bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) mulkini ehtiyotlashni taʼminlaydi;
j) kadrlarni joy-joyiga toʻgʻri (optimal, samarali) qoʻyishni taʼminlaydi, xodimlarning gʻoyaviy nazariy darajasini va ish malakasi va kasb mahoratini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi;
z) ichki mehnat tartibi qoidalarini oʻrnatadi, bolalar bogʻchasi shtat roʻyxatida (yasli-bogʻchada) tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi boʻlmaganda uning vazifalarini bajaradi.
38. Maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, maktabgacha taʼlimga qoʻyilgan davlat talablarining mazmunini, Hukumatning tegishli qarorlari, Xalq taʼlimi vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, yoʻriqnomalari, metodik va meʼyoriy hujjatlarini, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan meʼyoriy-metodik hujjatlarni, oʻquv va tarbiya jarayonida oʻqitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini, mehnat qonunchiligi asoslarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi kerak.
39. Maktabgacha taʼlim muassasasi mudiri lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash boʻyicha kurslarni tugatganlik.
b) 5 yildan kam boʻlmagan ish staji.
§ 11. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachi-uslubiyotchisi lavozimining malaka tasniflari
40. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachi-uslubiyotchisi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) jamoasi oʻquv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi, barcha yosh guruhlarida bolalarni tarbiyalash va oʻqitish dasturlarining bajarilishini taʼminlaydi va nazorat qiladi, tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yoʻnaltiradi va nazorat qiladi, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam koʻrsatadi;
b) bolalar bogʻchasida metodik kabinet ishini tashkil qiladi, bolalarni tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha yoʻriqnoma-metodik materiallarni umumlashtiradi, ilgʻor tajribani oʻrganadi va umumlashtiradi, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qiladi tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar oʻtkazadi;
v) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning muhokamasiga qoʻyadi, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning faol ishtirokini taʼminlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi, ota-onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti boʻyicha, bolalar bogʻchalari va maktablardagi turli yosh guruhlari boʻyicha tarbiyachilar ishida izchillikni taʼminlash boʻyicha ishni tashkil qiladi.
41. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachi-uslubiyotchisi quyidagilarni bilishi kerak:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, maktabgacha taʼlimga qoʻyilgan davlat talablarining mazmunini, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq taʼlimi vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, yoʻriqnomalari, metodik va meʼyoriy hujjatlarini, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
b) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, maktabgacha taʼlimga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish qoidalarini;
v) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan meʼyoriy-metodik hujjatlarni, oʻquv va tarbiya jarayonida oʻqitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini.
42. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachi-uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) Oliy yoki oʻrta maxsus pedagogik (maktabgacha) maʼlumot;
b) uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji.
§ 12. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachisi lavozimining malaka tasniflari
43. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachisi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) bolalarni har tomonlama uygʻun rivojlantirish va tarbiyalash boʻyicha ishni tashkil qiladi va amalga oshiradi, ularni davlat talablariga muvofiq maktabda oʻqishga tayyorlaydi;
b) oʻz ishida maktabgacha kichik, oʻrta va katta yoshdagi guruhlardagi bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirishga, muomala koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi oʻqitish faoliyatidan, jumladan, guruh va individual mashgʻulotlar, oʻyinlar, sahnalashtirishlar, tabiatga ekskursiyalar va boshqa tadbirlardan foydalanadi;
v) bolalarning individual xususiyatlarini, qiziqishlari va mayllarini oʻrganadi;
g) tarbiya-taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun guruhlarda zarur sharoitlar yaratadi, buning uchun maktabgacha muassasa metodik kabinetining materiallaridan faol foydalanadi;
d) guruhdagi har bir bolaning holati va sogʻligini nazorat qiladi, maktabgacha muassasa tibbiy xodimlari bilan birgalikda bolalarning sogʻligini mustahkamlashga, ruhiy-jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi tadbirlarni muntazam oʻtkazadi;
e) bolalar sogʻligidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida mudirni, maktabgacha muassasa tibbiy xodimlarini, ota-onalarni oʻz vaqtida xabardor qiladi;
yo) bolalarning bogʻchaga qatnovini hisoblash tabelini yuritadi, kelmaganlik sabablarini aniqlaydi, tibbiy xodimlarni kelmagan bolalar toʻgʻrisida xabardor qiladi;
j) oʻquv-tarbiyaviy ishlarni rejalashtiradi, bolalar uchun oʻrnatilgan kun tartibini bajarishni taʼminlaydi, bolalar toʻgʻrisida ota-onalar bilan suhbatlar olib boradi.
44. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachisi quyidagilarni bilishi lozim:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, oʻz kasbiga oid boʻlgan maktabgacha taʼlimga qoʻyilgan davlat talablarining mazmunini, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq taʼlimi vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, yoʻriqnomalari, metodik va meʼyoriy hujjatlarini, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
b) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, defektologiya asoslarini, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini; maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni, matematikani, tabiatshunoslikni, tasviriy sanʼatni oʻqitish metodikalarini, mehnat taʼlimini, musiqiy va jismoniy tarbiyani oʻrgatishni, bolalar adabiyotini, bolalar oʻqitilayotgan tilning grammatik tuzilishi va soʻz tarkibini;
v) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan meʼyoriy-metodik hujjatlarni, oʻquv va tarbiya jarayonida oʻqitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini, maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy oʻyinlarini tashkil qilish qoidalarini, gigiyena asoslarini.
45. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachisi lavozimiga quyidagi malaka talablari quyiladi:
a) Oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
§ 13. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachi yordamchisi lavozimining malaka tasniflari
46. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachi yordamchisi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) tarbiyachining bolalarga qarashida yordam beradi, ularni kuzatadi, oʻyinlar va muzeylar, xiyobonlarga va bolalarning boshqa dam olish joylariga olib borishga koʻmaklashadi;
b) maktabgacha kichik, oʻrta va katta yoshdagi guruhlardagi bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirishga; bolalarni vatanparvarlik va oʻz Vataniga, milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashga, muomala koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan guruh va individual mashgʻulotlar, oʻyinlar, sahnalashtirishlar, tabiatga ekskursiyalar va boshqa tadbirlar oʻtkazadi;
v) bolalarni ovqatlantirishni va choʻmiltirishni tashkil qiladi va amalga oshiradi, ularni oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalariga oʻrgatadi;
g) rivojlanish va muvaffaqiyat darajasini baholash uchun bolalarning xulqini oʻrganadi va yurish-turishini kuzatadi, ularning muvaffaqiyatlarini maʼnaviy ragʻbatlantiradi, tarbiyachi va ota-onalar bilan birga ularning yutuqlarini va mumkin boʻlgan muammolarini muhokama qiladi.
47. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachi yordamchisi quyidagilarni bilishi lozim:
a) maktabgacha taʼlimga davlat talablari mazmuni, maktabgacha pedagogikani va psixologiyani, defektologiya asoslarini, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini; maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, jumladan maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni, matematikani, tabiatshunoslikni, tasviriy sanʼatni oʻqitish metodikalarini, mehnat taʼlimini, musiqiy va jismoniy tarbiyani oʻrgatishni;
b) bolalar adabiyotini, bolalar oʻqitilayotgan tilning grammatik tuzilishi va soʻz tarkibini, bolalar ovqatlarining turlarini, retseptlarini va tayyorlash texnologiyalarini;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy oʻyinlarini tashkil qilish qoidalarini, gigiyena asoslari, bolalar hayoti va sogʻligini muhofaza qilish qoidalarini.
48. Bolalar bogʻchasi (yasli-bogʻcha) tarbiyachi yordamchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) oʻrta maʼlumot va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash ishlari xususiyatlari boʻyicha maxsus tayyorgarlik;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
§ 14. Musiqa rahbari (maktabgacha boʻlgan muassasada) lavozimining malaka tasniflari
49. Musiqa rahbarining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) tarbiyalanuvchilarning musiqaviy qobiliyatlarini va tuygʻu sohasini, ijodiy faoliyatini rivojlantirishni amalga oshiradi, musiqaviy faoliyatni tashkil qilishning turli shakl va koʻrinishlaridan foydalanib, ularda estetik didni shakllantiradi, musiqa asbobida ijro texnikasini mahorat bilan bajaradi;
b) bolalar bilan individual ishlarni olib boradi, qobiliyatli va iqtidorli bolalarni tanlab oladi, ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi, tarbiyalanuvchilarning individual va yosh xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib pedagogik faoliyat yoʻnalishlarini belgilaydi;
v) tarbiyachilar bilan birga bolalarni raqs, ashula, musiqiy oʻyinlarga oʻrgatadi;
g) ota-onalarga farzandlarining musiqiy tarbiyasi, taʼlimi yuzasidan maslahatlar beradi, ota-onalar (ularning oʻrnidagi kishilar) va pedagogik xodimlarning tarbiyaviy ishlarning shu yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
50. Musiqa rahbari quyidagilarni bilishi kerak:
a) maktabgacha taʼlimga davlat talablari mazmuni, Xalq taʼlimi vazirligining maktabgacha muassasalarda musiqiy taʼlim masalalariga oid metodik, meʼyoriy, yoʻriqnoma va boshqa boshqaruv hujjatlarini;
b) bolalar musiqa taʼlimi nazariya va amaliyoti asoslarini, bolalar musiqa adabiyotini, xoreografiya asoslarini, xor jamoasi bilan ishlashni, sahnalar, madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish dasturini va tartibini amaliy jihatdan ishlab chiqishni;
v) bolalar shaxsini rivojlantirishning individual xususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning musiqaviy idroki, tuygʻulari, motorikasi va musiqiy imkoniyatlarini;
g) Vatan (oʻzbek), sharq va xorijiy bastakorlar hayoti va ijodini, xalq hofizlari ijodini, musiqa tarixini va madaniyatini, bolalar repertuari asarlarini;
d) musiqa (oʻzbek, sharq va xorijiy) asboblarini, shuningdek, oʻzbek, sharq, yevropa mumtoz musiqa sanʼatini, operani, baletni.
e) Oʻzbekistonning turli hududlariga xos boʻlgan musiqa metodlarini va usullarini, instrumental va ijro yoʻnalishlarini, musiqaviy oʻyinlarni, musiqaviy vazn harakatlarini;
yo) rivojlanishda chetlanishlari boʻlgan bolalar bilan ishlashda — defektologiya asoslari va tegishli metodikalarni.
j) musiqa asbobidan foydalanishni mukammal egallagan, vokal-xor koʻnikmalariga ega boʻlishi.
51. Musiqa rahbari lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) kamida oʻrta maxsus musiqaviy maʼlumot;
b) amaliy ish staji talab etilmaydi.
§ 15. Jismoniy tarbiya va sport yoʻriqchisi lavozimining malaka tasniflari
52. Jismoniy tarbiya va sport yoʻriqchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashgʻulotlari jadvalini tuzadi, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib tasdiqlangan dasturlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazadi;
b) kun davomida bolalarning harakat faolligini nazorat qiladi. Sport-sogʻlomlashtirish ishlarini olib boradi, shu maqsadlarda sport, sogʻlomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi; sogʻlom, jismonan baquvvat holda maktabga tayyorlash maqsadida bolalarga jismoniy mashqlar bajartiradi; jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtkazadi;
v) bolalarning sogʻligi va jismoniy holatini nazorat qiladi, tarbiyachilar va ota-onalarga bolalar sogʻligini mustahkamlash, jumladan sport seksiyalari, toʻgaraklar tashkil qilish boʻyicha maslahatlar beradi, ularga metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
g) mashgʻulotlar paytida bolalar sogʻligi va xavfsizligiga javobgardir, oʻzining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlash metodik usullarini uzluksiz takomillashtiradi, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya tashviqotini olib boradi.
53. Jismoniy tarbiya va sport yoʻriqchisi maktabgacha taʼlimga davlat talablari mazmuni, Xalq taʼlimi vazirligining maktabgacha muassasalarda jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantirish masalalariga oid metodik, meʼyoriy, yoʻriqnoma va boshqa boshqaruv hujjatlarini, bolalarni maktabgacha tarbiyalash pedagogika va psixologiyasi asoslari, bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini, sport-ommaviy tadbirlar oʻtkazish tartibini, zamonaviy va xalq bolalar sport oʻyinlari qoida va talablarini bilishi kerak.
54. Jismoniy tarbiya va sport yoʻriqchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) jismoniy tarbiya boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
§ 16. Tarbiyaviy ishlar boʻyicha katta yetakchi lavozimining malaka tasniflari
55. Tarbiyaviy ishlar boʻyicha katta yetakchi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) oʻquvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari mashgʻulotlarini oʻtkazadi, taʼtil kunlarida ekskursiyalar, diqqatga sazovor joylarga safarlar, muzeylarga sayohatlar tashkil qiladi;
b) oʻquvchilarda Vatanga, milliy anʼanalar va xalqning urf-odatlariga hurmat va sadoqat, buyuk olimlar, sanʼat, madaniyat va sport ustalari bilan faxrlanish hissiyotini tarbiyalaydi;
v) maktab tarbiyaviy ishlari rejasiga muvofiq oʻqituvchilar, jumladan sinf rahbarlari, tarbiyachilar va boshqa pedagog xodimlar bilan birgalikda gʻoyaviy-axloqiy tarbiya, sport-ommaviy va madaniy tadbirlar boʻyicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
g) oʻz vazifalarini bajarishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, madaniyat markazlari, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bogʻlari, sport inshootlari, seksiyalar, mahalla komitetlari, “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari va boshqa maktabdan tashqari muassasalar xodimlari bilan hamkorlik qiladi.
56. Tarbiyaviy ishlar boʻyicha katta yetakchi quyidagilarni bilishi kerak:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablarining mazmunini, hukumatning tegishli qarorlarini, Xalq taʼlimi vazirligining tarbiyaviy, maktabdan va sinfdan tashqari ishlar boʻyicha buyruqlari, meʼyoriy, metodik va yoʻriqnoma hujjatlarini, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, pedagogika, psixologiyani;
b) maktabdan tashqari muassasalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini.
57. Tarbiyaviy ishlar boʻyicha katta yetakchi oʻquvchilarni toʻgaraklar, sport seksiyalarida mashgʻulotlarga qiziqtirish; musobaqalariga, ommaviy oʻyinlarda, tanlovlarda, festivallarda va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilish; suhbatlar, majlislar olib borish; zarur hujjatlarni yuritishni bajara olishi kerak.
58. Tarbiyaviy ishlar boʻyicha katta yetakchi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) oʻrta maxsus maʼlumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
§ 17. Maktabdan tashqari muassasa direktori lavozimining malaka tasniflari
59. Maktabdan tashqari muassasa direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) maktabdan tashqari muassasaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning ishini rejalashtiradi, rejaning bajarilishiga javob beradi, muassasa faoliyatini maktabda turli sinfdan va maktabdan tashqari oʻquvchilar bilan ishlashni amalga oshirishda yoʻriq-metodik yordam berishga yoʻnaltiradi;
b) maktabdan tashqari muassasaning barcha boʻlinmalari faoliyatini metodik, ommaviy va oʻquv ishlarida yuqori samaraga erishishiga safarbar qiladi;
v) oʻqitilayotgan bolalar taʼlim tayyorgarligini maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablariga mos kelishini taʼminlaydi va nazorat qiladi, maktabdan tashqari muassasa faoliyatini monitoringini tashkil qiladi va oʻtkazadi;
g) boʻlimlar rahbarlari ishini nazorat qiladi, pedagogik xodimlar va maʼmuriy-xoʻjalik xodimlarini joy-joyiga qoʻyish va tanlashga rahbarlik qiladi, mehnat qonunchiligiga koʻra xodimlar vazifalarini belgilaydi;
d) pedagogik kengash ishiga rahbarlik qiladi, kadrlar malakasini oshirish ishini tashkil qiladi, moddiy-texnik bazaning takomillashuvi va koʻpayishini, sanitariya-gigiyena tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yongʻindan himoyalanish qoidalariga rioya qilishni taʼminlaydi;
e) ish yuritishni toʻgʻri tashkil qilishni, budjet mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanishni taʼminlaydi;
yo) davlat va jamoat tashkilotlarida maktabdan tashqari muassasa manfaatlarini taqdim va himoya qiladi.
60. Maktabdan tashqari muassasa direktori quyidagilarni bilishi kerak:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
b) Xalq taʼlimi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriq va meʼyoriy hujjatlari; maktabdan tashqari taʼlimga davlat talablarining mazmuni, jamoaga rahbarlik qilishning samarali koʻrinishlari va metodlari, oʻquv va tarbiya sifati, davlat talablarini joriy qilish natijalari bilan bogʻliq holda xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini;
v) toʻgarak dasturlari va ularga metodik yoʻriqnomalar, kasbga yoʻnaltirish ishining tashkiliy-pedagogik asoslari;
g) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, oʻquv muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalari;
61. Maktabdan tashqari muassasa direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari:
a) kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
b) uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji.
§ 18. Maktabdan tashqari muassasa direktorining oʻrinbosari lavozimining malaka tasniflari
62. Maktabdan tashqari muassasa direktorining oʻrinbosari lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) toʻgaraklarda oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi, toʻgaraklar va jamoalar dasturlarini bajarishni tashkil qiladi, maktabdan tashqari muassasa faoliyati monitoringini tashkil qiladi va oʻtkazadi; boʻlimlar, seksiyalar, laboratoriyalar, toʻgaraklar ustaxonalari va jamoalar rahbarlari ishini nazorat qiladi, oʻquv yili davomida toʻgaraklar va jamoalarni butlash va aʼzolari sonini saqlab qolishni taʼminlaydi;
b) toʻgaraklar va jamoalar mashgʻulotlari jadvalini, musobaqalar, koʻrik tanlovlar va boshqa tadbirlar jadval va taqvimini tuzadi;
v) oʻqitilayotgan bolalar taʼlim tayyorgarligining maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablariga mosligini nazorat qiladi va taʼminlaydi;
g) maktabdan tashqari muassasada ilgʻor pedagogik tajribani tarqatadi, pedagogik xodimlarni joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, toʻgaraklar aʼzolari ota-onalari bilan ishni tashkil qiladi;
d) sanitariya-gigiyena tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni taʼminlaydi, toʻgaraklar va jamoa faoliyatini qayd etuvchi hujjatlarni toʻgʻri yuritishni taʼminlaydi.
63. Maktabdan tashqari muassasa direktorining oʻrinbosari quyidagilarni bilishi kerak:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq taʼlimi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriq va meʼyoriy hujjatlari; maktabdan tashqari taʼlimga davlat talablarining mazmuni, jamoaga rahbarlik qilishning samarali koʻrinishlari va metodlari, oʻquv va tarbiya sifati, davlat talablarini joriy qilish natijalari bilan bogʻliq holda xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini.
b) toʻgarak dasturlari va ularga metodik yoʻriqnomalarni, kasbga yoʻnaltirish ishining tashkiliy-pedagogik asoslarini, yozgi taʼtil paytida ishlashni tashkil qilish shakllari va metodlarini;
v) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tartibini, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, oʻquv muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini.
64. Maktabdan tashqari muassasa direktori lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot;
b) uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji.
§ 19. Maktabdan tashqari muassasa boʻlim mudiri lavozimining malaka tasniflari
65. Maktabdan tashqari muassasa boʻlim mudirining lavozimi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) boʻlim ishini rejalaydi va tashkil qiladi, ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi, seksiyalar, laboratoriyalar, kabinetlar, ustaxonalar hamda metodistlar, toʻgaraklar va jamoalar rahbarlari ish sifatini nazorat qiladi, oʻquv yili davomida toʻgaraklar va jamoalarni butlash va aʼzolari sonini saqlab qolishni taʼminlaydi;
b) oʻquv dasturlari va rejalarini bajarishni, ommaviy tadbirlar oʻtkazishni taʼminlaydi, boʻlim xonalarini jihozlash ishlarini olib boradi;
v) qurilmalar, jihozlar talab darajasidagi holatini va saqlanishini; sanitariya-gigiyena tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni taʼminlaydi, kadrlar malakasini oshirish ishini tashkil qiladi;
g) maktabdan tashqari muassasada ilgʻor pedagogik tajribani tarqatadi, toʻgaraklar aʼzolari ota-onalari bilan ishni tashkil qiladi;
d) oʻqitilayotgan bolalar taʼlim tayyorgarligining maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablariga mosligini nazorat qiladi va taʼminlaydi;
e) toʻgaraklar va jamoa faoliyatini qayd etuvchi hujjatlarni toʻgʻri yuritishni taʼminlaydi.
66. Maktabdan tashqari muassasa boʻlim mudiri quyidagilarni bilishi lozim:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
b) xalq taʼlimi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriq va meʼyoriy hujjatlari; maktabdan tashqari taʼlimga davlat talablarining mazmuni, jamoaga rahbarlik qilishning samarali koʻrinishlari va metodlari, oʻquv va tarbiya sifati, davlat talablarini joriy qilish natijalari bilan bogʻliq holda xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini.
v) toʻgarak dasturlari va ularga metodik yoʻriqnomalarni, kasbga yoʻnaltirish ishining tashkiliy-pedagogik asoslarini;
g) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, oʻquv muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini.
67. Maktabdan tashqari muassasa boʻlim mudiri lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot;
b) uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji.
§ 20. Maktabdan tashqari muassasa, seksiya, laboratoriya, kabinet mudiri lavozimining malaka tasniflari
68. Maktabdan tashqari muassasa, seksiya, laboratoriya, kabinet mudiri lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) seksiyalar, laboratoriyalar, kabinetlar, toʻgaraklar va jamoalarning ishini tashkil qiladi, toʻgaraklar rahbarlari faoliyatini, oʻquv rejalari va dasturlari bajarilishini nazorat qiladi;
b) metodik ishlarga va seksiyalarda, laboratoriyalarda, kabinetlarda tegishli metodik materiallarni tayyorlashga rahbarlik qiladi, toʻgaraklar, jamoalarni butlash ishlarini tashkil qiladi, qurilmalar, jihozlarning yaroqli holatda saqlanishini, sanitariya-gigiyenik tartib, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni taʼminlaydi;
v) oʻqitilayotgan bolalar taʼlim tayyorgarligining maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablariga mosligini nazorat qiladi va taʼminlaydi;
g) toʻgaraklar va jamoa faoliyatini qayd etuvchi hujjatlarni toʻgʻri yuritishni taʼminlaydi;
69. Maktabdan tashqari muassasa, seksiya, laboratoriya, kabinet mudiri quyidagilarni bilishi kerak:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq taʼlimi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriq va meʼyoriy hujjatlari; maktabdan tashqari taʼlimga davlat talablarining mazmuni, toʻgarak dasturlari va ularga metodik yoʻriqnomalarni;
b) kasbga yoʻnaltirish ishining tashkiliy-pedagogik asoslarini, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, oʻquv muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini.
70. Maktabdan tashqari muassasa, seksiya, laboratoriya, kabinet mudiri lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot;
b) uch yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji.
§ 21. Maktabdan tashqari muassasa uslubiyotchisi lavozimining malaka tasniflari
71. Maktabdan tashqari muassasa uslubiyotchisi lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) tegishli yoʻnalishlarda oʻquvchilar bilan darsdan tashqari ishni tashkil qilish boʻyicha maktablarga yoʻriq-metodik yordam beradi, maktab yetakchilari, oʻqituvchilari, maktabdan tashqari xodimlar bilan maslahat, seminar mashgʻulotlari, konferensiyalar oʻtkazadi, maktab toʻgaraklari va maktabdan tashqari muassasa rahbarlari tuman (shahar) metodik uyushmalari faoliyatini tashkil qiladi;
b) bolalar bilan sinfdan tashqari ilgʻor tajribalarni oʻrganadi, umumlashtiradi va tarqatadi; sinfdan va maktabdan tashqari ishlar boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqadi;
v) oʻqitilayotgan bolalar taʼlim tayyorgarligining maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablariga mosligini nazorat qiladi va taʼminlaydi;
g) oʻquvchilar bilan ommaviy tadbirlarni tashkil qiladi, ularning mazmuni boʻyicha masʼuldir.
72. Maktabdan tashqari muassasa uslubiyotchisi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlar, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq taʼlimi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriq va meʼyoriy hujjatlari; maktabdan tashqari taʼlimga davlat talablarining mazmuni, toʻgarak dasturlari va ularga metodik yoʻriqnomalarni, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini bilishi kerak.
73. Maktabdan tashqari muassasa uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumot;
b) ikki yildan kam boʻlmagan pedagogik ish staji.
§ 22. Toʻgarak rahbari lavozimining malaka tasniflari
74. Toʻgarak rahbari lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) toʻgarak (jamoa) aʼzolari bilan yuqori metodik darajada tegishli yoʻnalishda individual va guruh mashgʻulotlarini oʻtkazadi, ularning bilim va mahoratini oshirishga erishadi, mashgʻulotlar oʻtkazishni rejalashtiradi, oʻquv dasturlarining bajarilishini taʼminlaydi, metodik ishlarda qatnashadi;
b) tanlov asosida toʻgarak (jamoa) tarkibini butlaydi, toʻgarak (jamoa) aʼzolarining musobaqalarda, koʻrgazmalarda, konsertlarda va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlaydi, toʻgarak (jamoa) aʼzolari tomonidan oʻquv intizomiga rioya qilinishini nazorat qiladi, mashgʻulotlardagi davomat hisobini olib boradi, toʻgarak faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni yurgizadi va hisobotlar tuzadi;
75. Toʻgarak rahbari “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq taʼlimi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriq va meʼyoriy hujjatlari; maktabdan tashqari taʼlimga davlat talablarining mazmuni, tegishli yoʻnalish boʻyicha toʻgarak (jamoa) dasturlari va ularga metodik yoʻriqnomalarni, toʻgaraklarda (jamoalarda) ish olib borish shakllari va metodlarini; pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini, oʻquv muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini bilishi kerak.
76. Toʻgarak lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablariga quyidagilar kiradi:
a) toʻgarak yoʻnalish boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumot;
b) amaliy ish staji talab qilinmaydi.
§ 23. Madaniy tadbirlarni tashkil etuvchi lavozimning malaka tasniflari
77. Madaniy tadbirlarni tashkil etuvchining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) bayramlar, tanlovlar, musobaqalar va boshqa ommaviy tadbirlar dasturlarini, sahnalarini, tartibini ishlab chiqadi, ommaviy oʻyinlar, chiqishlar, koʻriklar, qatnov va koʻngilochar oʻyinlarni tashkil qiladi va oʻtkazadi, turli mashhur sanalarga bagʻishlangan teatrlashtirilgan bayramlar, tanlovlar, tomoshalar va boshqa tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishda qatnashadi;
b) dam olish kechalari, attraksionlar, raqsga tushishni oʻrgatish va dam olishning boshqa turlarini amalga oshirish dasturlari va ssenariylarini ishlab chiqadi, mos adabiy va musiqa repertuarini tanlaydi, jihozlarni tayyorlaydi;
v) oʻyinlar, attraksionlar, raqslarni oʻrgatish va hokazolar boʻyicha metodik materiallar ishlab chiqadi, undan tashqari, saroylar, bolalar klublari va boshqa maktabdan tashqari muassasalarda madaniy-ommaviy ishlar boʻyicha yosh tashkilotchilarni tayyorlashni amalga oshiradi.
78. Madaniy tadbirlarni tashkil etuvchi quyidagilarni bilishi kerak:
a) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini, Xalq taʼlimi vazirligining sinfdan va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatini tashkil etish va yaxshilashga oid buyruqlari, farmoyishlari, nizomlari, yoʻriq va meʼyoriy hujjatlari; bolalar va yoshlar bilan ommaviy tadbirlar oʻtkazish va tashkil etishning shakllari, metodlari va qoidalarini;
b) musiqa taʼlimi asoslarini, dirijyorlik texnikasini, xoreografiya asoslarini, xor jamoasi bilan ishlashni, musiqa asbobida ijro qilishni bilishi, ssenariylar, dasturlarni amalda ishlab chiqarishni, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini;
v) oʻquv muassasasi faoliyatiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini.
79. Madaniy tadbirlarni tashkil etuvchi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) madaniyat boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumot;
b) ish staji talab qilinmaydi.
§ 24. Sport maktabi direktori lavozimining malaka tasniflari
80. Sport maktabi direktorining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) sport maktabi ishini tashkil qiladi, uning barcha faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha toʻliq javobgarlik qiladi, pedagogik kengash bilan birgalikda sport maktabi rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat va jamoat organlarida uning manfaatlarini taqdim qiladi, sport maktabi xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq barcha masalalarni hal qiladi;
b) pedagogik kengash ishini boshqaradi, sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlarining bajarilishini; oʻquv-chiniqtirish mashgʻulotlari xavfsizlik talablariga rioya qilish samaradorligi va mazmunini nazorat qiladi;
v) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni amalga oshiradi, xodimlarni lavozimga tayinlaydi va boʻshatadi, mehnat qonunchiligi va ichki mehnat tartibiga muvofiq xodimlarning lavozim vazifalarini belgilaydi;
g) trener-oʻqituvchilar tarkibining kasbiy mahoratlarini oshirish uchun sharoit yaratadi, sport maktabiga ajratilayotgan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlaydi, tarifikatsiya roʻyxatini tasdiqlaydi, mavjud mulk va vositalarga amaldagi qonunchilikka muvofiq egalik qiladi;
d) oʻquv-moddiy bazaning hisob-kitobini yuritishni, saqlanishini va toʻldirilishini; sanitariya-gigiyena tartibiga, mehnat muhofazasi, mehnat va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni taʼminlaydi.
81. Sport maktabi direktori “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yoʻnalishlarini va istiqbolini belgilovchi buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, yoʻriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, maktab faoliyati va rivojlanishining iqtisodiy asoslari, jamoani boshqarishning samarali shakllari va metodlari, faoliyat natijalari va sifatiga bogʻliq holda xodimlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlari kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash qoidalarini; pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini bilishi kerak.
82. Sport maktabi direktori lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) Oliy maʼlumot;
b) Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida 5 yildan kam boʻlmagan ish staji.
§ 25. Sport maktabi direktori oʻrinbosari lavozimining malaka tasniflari
83. Sport maktabi direktorining lavozim majburiyatiga quyidagilar kiradi:
a) sport maktabida oʻquv-chiniqtirish, tarbiyaviy va metodik ishlarni tashkil qiladi, oʻquv-chiniqtirish jarayonini tashkil qilishga, oʻquv guruhlarini butlashga, shugʻullanuvchilarni tanlashga va sportga qiziqtirishga, sport boʻyicha oʻqituvchilar va trenerlar malakasini oshirishga masʼuldir;
b) sport musobaqalarini oʻtkazishni taʼminlaydi, oʻquvchi-sportchilarni oʻqitish va chiniqtirish metodikalarini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;
v) oʻquv-chiniqtirish jarayonining mazmunini, oʻquvchi-sportchining oʻquv dasturlari talablarini bajarishini; bilimlar va koʻnikmalar sifatini, jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik darajasini, ularning oʻz vaqtida chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini nazorat qiladi;
g) jismoniy tarbiya va sportni tashviqot qilish, ilgʻor ish tajribasini umumlashtirish va joriy qilish boʻyicha ishga rahbarlik qiladi.
84. Sport maktabi direktori “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, respublikada jismoniy tarbiya va sport rivojlanish yoʻnalishlarini va istiqbolini belgilovchi buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, yoʻriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni; jismoniy tarbiya, sport va sport rezervlarini tayyorlash boʻyicha vatan va xorij fanining yutuqlarini; ilgʻor sport maktablari tajribasini, iqtisodiyot, mehnatni va boshqarishni tashkil qilish asoslarini, pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash qoidalarini bilishi kerak.
85. Sport maktabi direktori lavozimiga quyidagi malaka talablariga quyidagilar kiradi:
a) oliy jismoniy tarbiya maʼlumoti;
b) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida 3 yildan kam boʻlmagan ish staji.
§ 26. Sport boʻyicha trener-oʻqituvchi lavozimining malaka tasniflari
86. Sport boʻyicha trener-oʻqituvchining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) sport maktabiga, seksiyaga, sport va sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi guruhlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni xohlovchi va tibbiy toʻsqinliklari boʻlmagan shaxslarni qabul qiladi, ular bilan oʻquv-chiniqtirish va tarbiyaviy ishlar olib boradi, kelajakda sport sohasida yaxshi istiqbolga ega boʻlishi mumkin boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni tanlaydi va ularni sportga qiziqtirishni amalga oshiradi, shugʻullanuvchilarning jismoniy, nazariy, ruhiy-irodaviy, texnik va sport tayyorgarligini oshirishni; mashgʻulotlar jarayonida ularning salomatligini mustahkamlash va muhofazalashni; oʻquv-chiniqtirish jarayonining xavfsizligini taʼminlaydi;
b) sportchilar tomonidan turli xildagi dopinglarni isteʼmol qilish hollarining yuz berishini istisno qilishga koʻmaklashadi;
v) tayyorlashning yillik va joriy rejalarini ishlab chiqadi, oʻz ishi mazmuni va natijadorligi boʻyicha muntazam hisob, tahlil, umumlashtirishni olib boradi;
g) oʻz faoliyatida sport tayyorgarligi va shugʻullanuvchilarni sogʻlomlashtirishning samarali metodlarini qoʻllaydi.
87. Sport boʻyicha trener-oʻqituvchi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlari, taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, respublikada jismoniy tarbiya va sport rivojlanish yoʻnalishlarini va istiqbolini belgilovchi buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, yoʻriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni; shugʻullanuvchilarni sport-chiniqtirishda jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash, oʻqitish metodlarini, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini, gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini bilishi kerak.
88. Sport boʻyicha trener-oʻqituvchi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) oliy yoki oʻrta maxsus jismoniy tarbiya maʼlumoti;
b) ish stajiga talab qoʻyilmaydi.
§ 27. Sport maktabi yoʻriqchi-uslubiyotchisi lavozimiga qoʻyiladigan malaka tasniflari
89. Sport maktabi yoʻriqchi-uslubiyotchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) shugʻullanuvchilarni tanlash, ularni sportga yoʻnaltirish, oʻquv-chiniqtirish va tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish boʻyicha sport maktabi ishini muvofiqlashtirish va metodik taʼminotini amalga oshiradi, oʻquv guruhlarini butlashni, oʻquv-chiniqtirish va tarbiyaviy jarayoni mazmuni, natijalarini nazorat qiladi;
b) sport boʻyicha trener-oʻqituvchilar malakasini oshirish ishini, ochiq darslar oʻtkazishni tashkil qiladi, sport maktabi, boʻlimi, tayyorgarlik bosqichi ish natijalarining koʻp yillik statistik hisobini olib boradi;
v) oʻz ishining, sport maktabi trener-oʻqituvchilari ish tajribasining natija va mazmunini tahlil qilish va umumlashtirishni amalga oshiradi, sport maktabi ish natijalarining statistik hisobini tayyorlashda ishtirok etadi yoki tayyorlaydi.
90. Sport maktabi yoʻriqchi-uslubiyotchisi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni, hukumatning taʼlim toʻgʻrisidagi qarorlarini, taʼlimni rivojlantirish strategiyasini, respublikada jismoniy tarbiya va sport rivojlanish yoʻnalishlarini va istiqbolini belgilovchi buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar, yoʻriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni, shugʻullanuvchilarni sport-chiniqtirishda jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalash, oʻqitish metodlarini, sportchilarni–sport maktabi oʻquvchilarini tayyorlashni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi asoslarini bilishi lozim.
91. Sport maktabi yoʻriqchi-uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari kiradi:
a) oliy yoki oʻrta maxsus jismoniy tarbiya maʼlumoti;
b) ish stajiga talab qoʻyilmaydi.
§ 28. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yoʻriqchi-uslubiyotchisi malaka tasniflari
92. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yoʻriqchi-uslubiyotchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) jismoniy tarbiya va sport-ommaviy ishlarni oʻtkazishni tashkil qiladi, sport maktabiga, seksiyaga, sport va sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi guruhlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni xohlovchi va tibbiy toʻsqinliklari boʻlmagan shaxslarni qabul qiladi, shugʻullanuvchilarga maslahatlar beradi;
b) sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi, sportchilar va ommaviy razryadli va hakamlik toifasidagi hakamlarni tayyorlaydi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni tashkil qilishda qatnashadi, jamoatchi yoʻriqchilar faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi;
v) tashkilot faoliyati yakunlarini tahlil qiladi va uning ishini rejalashtirishda ishtirok etadi, jismoniy tarbiya va sport, sogʻlom turmush tarzini tashviqot qilishni amalga oshiradi, shugʻullanuvchilarni tibbiy kuzatuvni amalga oshirish uchun sogʻliqni saqlash organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, ilgʻor ish tajribasini oʻrganadi, umumlashtiradi va joriy qiladi, shugʻullanuvchilar texnika xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amaliy tadbirlar va nazariy mashgʻulotlar oʻtkazadi, alpinizm (turizm) boʻyicha yoʻriqchi-uslubiyotchi esa izlash-qutqarish ishlarini oʻtkazishni taʼminlaydi.
93. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yoʻriqchi-uslubiyotchisi quyidagilarni bilishi kerak:
a) jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish ishining nazariy asoslarini, sport va ommaviy jismoniy tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish metodikasini;
b) tibbiy nazorat asoslarini, vrachlik yordami koʻrsatilgungacha tibbiy yordam berish qoidalarini, shugʻullanuvchilarning fiziologik xususiyatlarini;
v) sport inshootlari, qurilmalari va texnikasini ishlatish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini.
94. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari yoʻriqchi-uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
a) oliy yoki oʻrta maxsus jismoniy tarbiya maʼlumoti;
b) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida 3 yildan kam boʻlmagan ish staji.
§ 29. Bosh (katta) trener lavozimining malaka tasniflari
95. Bosh (katta) trenerning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) jamoaning respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun tayyorlanishi va qatnashishini taʼminlaydi, jamoa tarkibini shakllantiradi;
b) jamoa trenerlari va boshqa mutaxassislar bilan birga jamoani tayyorlash majmuaviy dasturlari va joriy rejalarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini taʼminlaydi, tasdiqlangan rejalar va ilmiy-metodik talablarga binoan sportchilar tayyorlash individual rejalarni shakllantirish va bajarishni nazorat qiladi, jamoa sportchilari bilan oʻquv-chiniqtirish va tarbiyaviy ishlarni oʻtkazadi;
v) trenerlar va jamoaning boshqa mutaxassislari ishiga rahbarlik qiladi, mablagʻlarning sarflanishini nazorat qiladi va ulardan toʻgʻri foydalanishga javobgardir;
g) sportchilar va trenerlarni moddiy ragʻbatlantirish, xorijda ishlashga yoʻllash toʻgʻrisida taklif beradi.
96. Bosh (katta) trener mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanish yoʻnalishlarini va istiqbolini, vatan va xorij fanining yuqori malakali sportchilarni va sport rezervlarini tayyorlash metodikalari sohasidagi yutuqlari; texnika xavfsizligi qoidalarini, sanitariya-gigiyena normalarini, mehnat qonunchiligi asoslarini bilishi kerak.
97. Bosh (katta) trener lavozimining malaka talablariga quyidagilar kiradi:
a) oliy jismoniy tarbiya maʼlumoti, sport boʻyicha trener-oʻqituvchi oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;
b) mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish staji.
§ 30. Trener lavozimining malaka tasniflari
98. Trenerning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) sportchilarni jismoniy, texnik, taktik va maʼnaviy-irodaviy tayyorlanishini taʼminlaydi, istiqbolli sportchilarni tanlab oladi, jamoaga rezerv tayyorlayotgan murabbiylar ishini nazorat qiladi va ularga amaliy yordam koʻrsatadi;
b) jamoani musobaqalarga tayyorlash majmuaviy dasturini ishlab chiqishda ishtirok etadi va oʻz vakolati doirasida rejani bajarilishini taʼminlaydi;
v) sportchilarni tayyorlash shaxsiy rejasini ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi, oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazadi;
g) markazlashmagan tayyorgarlik vaqtida sportchilarni tayyorlashning borishini nazorat qiladi.
99. Trener sport turini rivojlantirishni belgilovchi metodik va normativ hujjatlarni; sportchilarni tayyorlash va oʻqitishning zamonaviy metodikalarini; mehnat qonunchiligi asoslarini, sport turini rivojlantirishning milliy va xorijiy tajribalarini bilishi kerak.
100. Trener lavozimining malaka talablariga quyidagilar kiradi:
a) oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumoti.
b) ish stajiga talab qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 20-modda; 2009-y., 26-son, 304-modda; 2010-y., 17-son, 136-modda; 2012-y., 22-son, 256-modda)