09.01.2006 yildagi PF-3709-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK SOHASIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mamlakatda meva-sabzavot mahsuloti va uzum yetishtirish va uni kompleks qayta ishlashni rivojlantirish, uning samaradorligi va sifatini yanada oshirish, shuningdek, zarur eksport bazasini yaratishning eng muhim shartlari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tarmoqqa bozor iqtisodiyoti tamoyillari va normalarini hamda shartnoma munosabatlarini keng joriy etish, meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga qatʼiy muvofiq ravishda, mavjud ixtisoslashuvni saqlagan holda fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilishda, oʻz mehnati natijalari, yetishtirilgan mahsulot va daromadlarini tasarruf etishda fermerlarning huquqlari va mustaqilligini kengaytirish, shuningdek, shartnoma majburiyatlarini bajarish va yer-resurslaridan oqilona foydalanish uchun ularning huquqiy javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fermer xoʻjaliklari tomonidan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlashning tez moslashuvchan zamonaviy kichik texnologiyalaridan foydalanadigan, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi agrosanoat firmalarini ixtiyoriylik asosida shakllantirish, mavjud qayta ishlash korxonalarini modernizatsiya qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tugatilayotgan shirkatlar hududida zarur ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi — muqobil mashina-traktor parklari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, yonilgʻi-moylash materiallari va mineral oʻgʻitlar sotish punktlari, mini-banklar, turli tara idishlar ishlab chiqarish va sotish punktlari barpo etish.
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkatlarining ekin maydonlarida tashkil etiladigan fermer xoʻjaliklari maxsus komissiyalar tomonidan ochiq va oshkora tanlovlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi, ularning natijalariga koʻra boshqa teng shartlar boʻlgani holda, mazkur uchastkada oilaviy pudrat asosida ishlagan shirkat aʼzolariga gʻoliblik huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bogʻ va uzumzorlar fermerlarga kimoshdi savdolari orqali sotiladi, savdolarda mazkur sohada muayyan ish staji va malakalariga ega boʻlgan daʼvogarlarning ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bogʻ va uzumzorlar joylashgan yer maydonlari kimoshdi savdosi gʻoliblariga hadya qilish, sotish, garovga berish, ayirboshlash va subarendaga topshirish huquqini bermagan holda uzoq muddatli ijaraga topshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bogʻ va uzumzorlarni kimoshdi savdosida sotishdan tushadigan mablagʻlar eng avvalo tugatilayotgan shirkatning kreditorlik qarzini uzishga yoʻnaltiriladi, mablagʻlarning qolgan qismi shirkat paychilari oʻrtasida ularning paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tugatilayotgan shirkatlar negizida barpo etilgan fermer xoʻjaliklari oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi va oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan toʻla qoplash tamoyillari asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fermer tomonidan yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan, yer resurslaridan maqsadga nomuvofiq va noratsional foydalangan, shuningdek yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi talablarini bajarmagan taqdirda shartnoma belgilangan tartibda sud orqali muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fermer xoʻjaligida xodimlar, jumladan xoʻjalik egasining oila aʼzolari, shuningdek, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar oʻrtasidagi mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzish yoʻli bilan tartibga solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) meva-sabzavotchilik va uzumchilik fermer xoʻjaliklarining qayta ishlash korxonalari va xizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar bilan oʻzaro munosabatlari, mahalliy boshqaruv organlari aralashmagan holda, tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar, shu jumladan fyuchers shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK, xoʻjalik yurituvchi subyektlar agrosanoat firmalarini shakllantirish va faoliyatini tashkil qilishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agrofirmalar fermer xoʻjaliklari tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi, ayni chogʻda muassislar tarkibiga fermerlar bilan bir qatorda barqaror xoʻjalik aloqalari va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalariga ega boʻlgan, shuningdek, yaqin hududda joylashgan meva-sabzavot va uzumchilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar kirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agrofirmalar istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi qoʻshma korxonalar shaklida tashkil qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fermer xoʻjaliklarining agrofirma tarkibiga kirgan qayta ishlovchi va boshqa korxonalar bilan oʻzaro munosabatlari tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi, ularda tomonlarning huquq va majburiyatlari, jumladan yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 30 foiziga avans berilishini va keyin uning xarid qilinishini taʼminlash aniq belgilab qoʻyiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agrofirma muassislari — fermer xoʻjaliklari shartnomadan tashqari yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotini oʻz xohishiga qarab ichki bozor va eksportga sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (Mirziyoyev) manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda bir oy muddatda meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalarini shakllantirish va faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PF-4399-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 558-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmon talablari va qoidalari bajarilishini taʼminlaydigan qaror loyihasi hamda aniq tashkiliy tadbirlarni taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XKning boshqaruv tuzilmasi tanqidiy qayta koʻrib chiqilsin, bunda kompaniya spirt, likyor-aroq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha korxonalar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalarini saqlab qolishi, konserva sanoati korxonalari esa agrofirmalar tarkibida ishtirok etish imkoniyati bilan mustaqil faoliyat koʻrsatishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3709-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 6-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 15-son, 180-modda; 2011-y., 4-5-son, 32-modda; 2011-y., 52-son, 558-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)