Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 11.01.2006 yildagi PF-3713-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 11.01.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda Toshkent shahri aholisiga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Avtobuslar parki izchil yangilanmoqda, servis xizmati tarmogʻi tashkil etilgan va bu yoʻlovchilar tashish xavfsizligini oshirish imkonini bermoqda. Shahar yoʻlovchi transportining yangi, muntazam yoʻnalishlari ochildi, metropolitenning Yunusobod yoʻnalishi ishga tushirilishi taʼminlandi, xususiy yoʻlovchi tashuvchilar koʻrsatayotgan xizmatlar hajmini oshirish imkonini beradigan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy baza yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jamoat transportida aholiga xizmat koʻrsatish tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish jarayoni sust bormoqda. Xususiy yoʻlovchi tashuvchilarning tender savdolarida ishtirok etishida va yoʻlovchilarga transport xizmati koʻrsatishidagi turli cheklashlar transport xizmatlari bozori rivojiga toʻsqinlik qilmoqda. “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasida korxonalarning nizom jamgʻarmasidagi davlat ulushini qisqartirish boʻyicha maqsadli ishlarning amalga oshirilmayotgani avtobus parklari, haydovchilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, yoʻnalishlarda vaqtida va ishonchli harakatlanish hamda harakatlanuvchi tarkibni saqlash va yoʻlovchi tashish tannarxini pasaytirish borasidagi mustaqilligi, moddiy manfaatdorligi va masʼuliyatini oshirish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri aholisiga transport xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish, barcha mulkchilik shaklidagi yoʻlovchi tashuvchilar oʻrtasida oshkora raqobat uchun qulay sharoit yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlariga mos boʻlishi va yoʻnalishlarda harakat jadvallariga rioya etish darajasini oshirish, yoʻlovchi tashishlar boʻyicha buyurtmachi va pudratchi vazifalarini aniq belgilash, yoʻlovchi transporti xodimlari moddiy manfaatdorligini kuchaytirish, noishlab chiqarish va maʼmuriy-boshqaruv xarajatlarini kamaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi Kengashining mazkur kompaniyani tugatish toʻgʻrisidagi qarori maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Toshkent shahar hokimligining “Toshshaharyoʻlovchitrans” AK negizida yoʻlovchilar tashish boʻyicha “Toshshahartransxizmat” uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi Toshkent shahar yoʻlovchi transporti sohasida ishlayotgan xoʻjalik jamiyatlari, davlat, xususiy va boshqa tashkilotlarni shartnoma asosida birlashtiradi, oʻz faoliyatini mustaqil yuridik shaxs sifatida toʻliq xoʻjalik hisobi tamoyillari asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi “Toshshaharyoʻlovchitrans” AKning huquq va majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq tugatilayotgan kompaniyaning aksiyadorlari oldidagi majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” uyushmasiga 1-ilovada* qayd etilgan tuzilmalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar yoʻlovchilar tashish boʻyicha “Toshshahartransxizmat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining shahar yoʻlovchi transporti xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, yoʻlovchi transportining yoʻl harakati xavfsizligining yuqori darajasiga rioya etgan holda, yoʻnalishlarda bir maromda va ishonchli harakatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport korxonalari mulki, shu jumladan avtotransport vositalarining saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan monitoring olib borish, aksiyadorlik jamiyatlariga davlat aktivlarini sotishda yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha yoʻlovchi tashuvchilarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatuvchi, shu jumladan taʼmirning barcha turlari va harakatdagi tarkibni modernizatsiya qilish hamda ularga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha transport infratuzilmasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni tashish xizmatlariga boʻlgan talab, iqtisodiy asoslangan xarajatlar va yoʻlovchi transportining rentabelligini oshirishdan kelib chiqqan holda, shahar yoʻlovchi transportida tariflarni shakllantirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi avtobus parklarining davlat aktivlarini xususiy mulk sifatida sotish mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha Ishchi komissiya 2-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi komissiya bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006—2010-yillar mobaynida “Toshavtobustrans” kompaniyasi avtobus parklarining davlatga tegishli aksiyalar paketlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan jalb etilgan xorijiy kreditlar hisobiga xarid qilingan avtobuslarni, mulk qiymatini baholash, sotish bosqichlari, toʻlov jadvallari va investorlarning davlat aktivlarini sotib olishdan manfaatdorligini oshirishga yordam beruvchi mexanizmlarni koʻzda tutgan holda, xususiy mulk qilib sotish tartibi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon tajribasini oʻrganish asosida, yoʻl haqi toʻlashni soddalashtirish, mablagʻlarni toʻliq yigʻib olish va xizmat koʻrsatishdan tushgan pulni yashirishdan iborat suiisteʼmolliklarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratgan holda, jamoat transportida yoʻl haqini toʻlash tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Transportning barcha turlarini muvofiqlashtirish markazini Toshkent shahar hokimligining tarkibiy boʻlinmasi sifatida Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga aylantirish toʻgʻrisidagi Toshkent shahar hokimligining taklifi maʼqullansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha transport turlari harakatini muvofiqlashtirish, yoʻnalishlar tarmogʻini tartibga solish va maqbul holga keltirish, shaharda yoʻlovchi tashish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajarish, litsenziyalar berish huquqiga ega boʻlgan holda yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini qatʼiy tender asosida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitini vujudga keltirish va barcha yoʻlovchi tashuvchilar, shu jumladan xususiylar uchun transport xizmatlari bozorida teng sharoit yaratish, jamoat transporti ishi natijasi va samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar avtobus va elektr transportida yoʻlovchi tashish boʻyicha cheklangan tariflarni belgilash yuzasidan Toshkent shahri hokimligiga moliya idoralari bilan kelishilgan takliflarni kiritish, ularga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yoʻlovchi tashishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish, shu jumladan yerusti yoʻlovchi transportida yoʻl haqi toʻlash hisob-kitobi tizimini avtomatlashtirish va shahar yoʻlovchi transporti harakat yoʻnalishlarida nazorat oʻrnatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi jamoat yoʻlovchi transportini qayta tashkil etish va isloh qilish boʻyicha mazkur Farmonda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda shahar transportida yoʻlovchi tashish tariflari oshishining oldini olishga qaratilgan barcha choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi va Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qaror loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobus parklari va elektr transporti korxonalari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzsin, uni oʻtkazish muddatlari, attestatsiyadan oʻtadigan shaxslar hamda xizmat vazifalari bajarilishini baholash mezonlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 11-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3713-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 6-modda; 2013-y., 41-son, 544-modda)