Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.12.1993 yildagi 613-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAQD PUL MUOMALASINI MUSTAHKAMLASh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yil 1-yanvardan boshlab “Soʻm-Kuponlar” Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 1-yanvardan boshlab SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar namunasidagi barcha qiymatdagi pullari muomalada boʻlishi butunlay taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha savdo tashkilotlari, oʻzga tashkilotlar, bank muassasalari 1994-yil 1-yanvardan boshlab aholidan mollar va xizmatlarga, toʻlovlarning barcha turlariga haq toʻlash uchun, hisob-kitob schyotlariga oʻtkazish, omonatlarga va akkreditivlarga qabul qilish hamda respublika hududida pul joʻnatish uchun faqat “Soʻm-Kuponlar”ni qabul qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkilotlari va oʻzga tashkilotlar xodimlari tomonidan Rossiya bankining 1993-yil namunasidagi pullari qabul qilinishi valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikni buzish deb baholansin va ular shunga muvofiq jazolansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan mansabdor shaxslar va fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortish xususida amaldagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasiga, “Oʻzbekbirlashuv”ga, savdo tarmogʻiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarga alohida tashkil etilgan savdo nuqtalarida Rossiya bankining 1993-yil namunasidagi pullariga xalq isteʼmol mollarini sotishga ruxsat etilsin. Mazkur tashkilotlar shunday savdo korxonalari tarmoqlari, ularning joylashtirilishi va savdo qilish tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi “Rossiya rubli”ga savdo qilishning tartibini uch kun muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki muassasalari 1994-yil 1-yanvardan boshlab naqd “Soʻm-Kuponlar” bilan taʼminlanishiga qarab, foyda toʻlanmaydigan alohida maxsus schyotlarga qabul qilingan puldan tashqari, qoʻyilgan omonatlarni toʻlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1994-yil 1-yanvardan boshlab yangi tuzilayotgan xoʻjalik subyektlarini roʻyxatga olish hamda bank muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi schyotlar ochish qayta tiklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish respublika komissiyasi (A.M. Mutalov)ga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
613-son