Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 06.05.1993 yildagi 831-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Hujjat 20.09.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ER SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Yer soligʻi belgilash qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar har yili yer soligʻi toʻlaydilar, uning miqdori ushbu yer uchastkasining sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday taʼminlanganligiga qarab belgilanadi.
(1- moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y.,11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qaroriga binoan ijaraga yer uchastkalari olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer soligʻi oʻrniga mahalliy budjetga ijara haqi toʻlaydilar, uning miqdori tomonlarning kelishuvi boʻyicha, lekin qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yer soligʻining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan koʻp boʻlmagan miqdorda, yerlardan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanilganda bir stavkasi miqdorida belgilanadi.
(1-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan ijaraga beriladigan yer uchun ijara toʻlovi undirilib, uning miqdori tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan belgilanadi, biroq bu miqdor qonunlarda nazarda tutilgan yer soligʻi stavkalaridan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Yer soligʻi toʻlovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalariga ega boʻlgan birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, chet el yuridik shaxslari, ularning tashkilotlari, boʻlinmalari va filiallari, shu jumladan qoʻshma korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yer soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23 senyabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada uqtirib oʻtilgan yer soligʻi toʻlovchilar bundan buyon matnda “yuridik shaxslar” va “fuqarolar” deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. YER SOLIFI STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Yer soligʻi stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimningdir mulkida, egaligida va foydalanishida boʻlgan har bir yer uchastkasi uchun yer soligʻi stavkalarining miqdorlari yer uchastkasining sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday taʼminlanganligiga qarab tabaqalashtirilgan holda belgilanadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23 senyabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchining aybi bilan yerning sifati yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer soligʻi yerning sifati yomonlashishiga qadar belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Yer soligʻini budjetga oʻtkazish va soliq toʻlovlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda xalq deputatlari tegishli viloyat, shahar va tuman Kengashlarining budjetiga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarning bir qismi respublika miqyosidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining budjetida markazlashtiriladi. Bunday ajratmalarning meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi toʻlovlaridan tushgan mablagʻ eng avvalo yerlarni muhofaza qilishni yaxshilashga, yerlarning unumdorligini oshirishga, irrigatsiya va melioratsiya ishlariga, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarni, shu jumladan ijarachilarni ragʻbatlantirishga, yer tuzish ishlarini tashkil etishga, Davlat yer kadastri yuritish va hududni ijtimoiy rivojlantirishga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YER SOLIFINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Yuridik shaxslar tomonidan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi yuridik shaxslar tomonidan har yili 1-yanvargacha boʻlgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi. Yuridik shaxslar toʻlanishi lozim boʻlgan yer soligʻining hisob-kitoblarini 1-fevraldan kechiktirmay yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq idorasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yer soligʻini, toʻlanishi lozim boʻlgan summaning yillik hisob-kitobini qilib, yilning har choragida teng ulushlarda 15-fevral, 15-may, 15-avgust va 15-noyabrda, jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari hamda tashkilotlari – 15-sentabr va 15-dekabrda toʻlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar yil davomida yer uchastkasiga mulkdorlik qilish, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqiga ega boʻlib qolgan, shuningdek ular foydalanadigan yer maydonini koʻpaygan yoki yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar huquqlari toʻxtatilgan taqdirda, ular yer uchastkasi ajratilgan yoki imtiyozlar huquqlari toʻxtatilgan kundan boshlab koʻpi bilan bir oylik muddatda soliq idoralariga yer soligʻiga doir hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgandan keyingi oydan boshlab toʻlanadi. Yer uchastkasi olib qoʻyilgan (er maydoni kamaytirilgan), sotib olingan, sotilgan taqdirda soliq undirish yer uchastkasi olib qoʻyilgan, sotib olingan, sotilgan oydan boshlab toʻxtatiladi (soliq miqdori kamaytiriladi).
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23 senyabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, ular ushbu huquq yuzaga kelgan oydan boshlab soliq toʻlashni toʻxtatadilar. Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar huquqlari toʻxtatilgan taqdirda, ular ushbu huquq toʻxtatilgan oydan keyingi oydan boshlab yer soligʻi toʻlay boshlaydilar.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Fuqarolarning soliq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarining mulkdorlari, yerga egalik qiluvchi yoki yerdan foydalanuvchi fuqarolar soliq organlari tomonidan har yili 1-yanvargacha boʻlgan holatga qarab roʻyxatga olinadilar. Soliqni hisoblash va uni toʻlash haqidagi xabarnomalar taqdim etish 1-aprelga qadar tugallanadi. Fuqarolar yer soligʻini yiliga bir marta 1-noyabrga qadar toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga yil davomida yer uchastkasi ajratilgan (qoʻshimcha yer berilgan) hollarda yer soligʻi yer uchastkasi ajratilgandan keyingi oydan boshlab hisoblanadi. Yer soligʻi undirish yer uchastkasi olib qoʻyilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab toʻxtatiladi (kamaytiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalari olganlari taqdirda yer soligʻini yer olgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlaydilar. Yer soligʻi undirish yer uchastkasi sotilgan oydan boshlab toʻxtatiladi (kamaytiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻi berib qoʻyilgan yer uchastkasidan foydalanilgani yoki foydalanilmaganidan, shuningdek qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligi darajasidan qatʼi nazar, undiriladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer soligʻini hisoblab chiqarish va undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida yer soligʻi ushbu Qonunda, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. YER SOLIFI BOʻYIChA IMTIYOZLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Soliq undirilmaydigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi yerlar, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, ariq tarmoqlari va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bogʻdorchilik-dehqonchilik shirkatlari, jamoat garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatidagi yerlar (qoʻriqxonalar, milliy va dendrologiya bogʻlari, botanika bogʻlari, buyurtma qoʻriqxonalar (ov qilishga moʻljallanganlaridan tashqari) va tabiat yodgorliklari, ihota daraxtzorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sogʻlomlashtirish ishlarini oʻtkazish ahamiyatidagi (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash uchun maqbul tabiiy omillarga ega boʻlgan) yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) istirohatgoh yerlar (oʻrmonzorlar, bogʻlar, hiyobonlar, sayrgohlar, choʻmilish joylari va shunga oʻxshash aholining ommaviy dam olishi va sayyohlikni tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tarixiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan yerlar (tarixiy madaniy qoʻriqxonalar, xotira bogʻlari, qabristonlar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) suv fondi yerlari (daryolar, qoʻllar, suv omborlari, kanallar, ichki dengizlar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xoʻjaligining ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari tegrasidagi yerlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) zaxira yerlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) elektr uzatish tarmoqlari, kabel liniyalari va podstansiyalar uchun ajratilgan yerlar, issiqlik trassalari, gaz quvurlari va neft quvurlari umumdavlat aloqa liniyalari oʻtgan yerlar hamda ularning inshootlari joylashgan yerlar;
(8-moddaning “i” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnika turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish-sogʻlomlashtirish joylari, oʻquv-mashq bazalari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari egallagan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) avtomobil va temir yoʻllar himoya ostidagi tegrasi va ulardagi inshootlari bilan, (xizmat bilan bogʻliq chek yer sifatida berilgan yerlardan tashqari) uchish-qoʻnish maydonlari, shu jumladan samolyotlarni yerda boshqarish yoʻlkalari va samolyotlarni saqlash joylari, aeroportlarning radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan hamda umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten) uchun ajratilgan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) gidrometrologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari, mol haydab oʻtish uchun ajratilgan yerlar soliq solinmaydigan yer uchastkalariga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) yirik suv quvurlari, suv olish, tozalash, kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari va kommunal xoʻjalik obyektlari egallagan boshqa yerlar.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuniga muvofiq “n” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holati yaxshilanishi jarayonidagi sugʻoriladigan yerlar loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan eʼtiboran koʻpi bilan besh yilga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) ilmiy tashkilotlarning, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlari tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlarida foydalaniladigan qishloq xoʻjalik ahamiyatidagi va oʻrmon fondidagi yerlari.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq “o” va “p” kichik bandlari bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq undirilmaydigan yer uchastkalarida bevosita moʻljallangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda, bunday yerlarga nisbatan ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Yer soligʻi toʻlashdan ozod etilgan toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi toʻlovchilar, chunonchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9-moddaning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9-moddaning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mulkchilik shakli va boʻysunuvidan qati nazar, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot muassasalari oʻz zimmalaridagi vazifalarni bajarish maqsadida ajratilgan yer uchastkalari uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Vatanparvar” mudofaa jamiyati, “Orol” fondi, boshqa ekologiya hamda xayriya fondlari, diniy tashkilotlar, ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalaridan tashqari;
(9-moddaning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) nogironlarning jamoat tashkilotlari, bu tashkilotlarning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari, basharti, ulardagi jami ishlovchilarning kamida 50 foizini nogironlar tashkil etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kam sonli xalqlar va etnik guruhlar yashaydigan joylarda anʼanaviy hunarmandchilik va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar – qishloq xoʻjaligidan boʻlak maqsadlar yoʻlida foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) chet el yuridik shaxslari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxonalar hamda ularning filiallari – basharti, chet ellik ishtirokchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq boʻlsa, roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran ikki yil davomida;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9-moddaning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) dehqon xoʻjaliklari – roʻyxatga olingan paytdan boshlab 2 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) yaylov chorvachiligining choʻponlari, yilqiboqarlari, tuyaboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordenlari bilan mukofotlangan shaxslar, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari, Ulugʻ Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari hamda baynalmilal burchini bajargan shaxslar, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilgan shaxslar, muddatli xizmat harbiy xizmatchilari, I va II guruh mehnat nogironlari, boquvchisidan mahrum boʻlgan koʻp bolali oilalar, bolaligidan nogironlar, bolaligida konsentratsion lagerlarning tutquni boʻlgan fuqarolar, Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, shaxsiy va yolgʻiz pensionerlar – yakka tartibdagi uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun qonunlarda nazarda tutilgan meʼyorlar doirasida berilgan yer uchastkalari uchun;
(9-moddaning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) koʻchib kelgan fuqarolar – yer uchastkalari berilgan vaqtdan boshlab 5 yil davomida oʻzlari koʻchib kelib joylashgan yer uchastkalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) fuqarolar – yer uchastkalari berilgan vaqtdan boshlab 3 yil davomida yakka tartibdagi uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun qonunlarda belgilangan meʼyorlar doirasida berilgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga;
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq “o” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlashdan ozod qilingan soliq toʻlovchilar yerlardan bevosita moʻljallangan maqsadda foydalanmagan taqdirda, ularga nisbatan ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ayrim yer egalari va yerdan foydalanuvchilar uchun stavkalar hamda qoʻshimcha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi ehtiyojlariga ajratilgan yer uchastkalari uchun (qishloq xoʻjaligi faoliyati yuritish maqsadida ajratilgan yerlardan tashqari) yer soligʻi stavkalari hamda yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatlar, shaharlar va tumanlarning vakolatli hokimiyat idoralari fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli budjetga ajratiladigan summalar doirasida yer soligʻi toʻlovi boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar berishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. YuRIDIK ShAXSLAR, FUQAROLAR HAMDA SOLIQ IDORALARNING VAZIFALARI VA JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Yuridik shaxslar va fuqarolarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar va fuqarolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer soligʻi toʻlashga doir hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi belgilaydigan shaklda yer uchastkasi joylashgan shahar yoki tumanning soliq idorasiga taqdim etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlanish lozim boʻlgan soliq summalarini oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda budjetga toʻlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Yuridik shaxslar va fuqarolarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar, fuqarolar hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Qonunni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq moddiy, maʼmuriy, intizomiy va jinoiy javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini beruvchi order olingandan keyin yer uchastkalarida bir yil davomida foydalanmaganlik uchun uch baravar miqdorda yer soligʻi undiriladi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Soliq idoralarining huquqlari, majburiyatlari va masʼuliyati hamda ularning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq idoralarining yuridik shaxslar va fuqarolarni hisobga olish, yer soligʻi toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek bu soliq toʻlovini undirish chogʻidagi huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga doir yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Qonunni qoʻllashga doir yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
831-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 215-modda; 1994-y., 5-son, 161-modda; 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y.,6-son, 118-modda; 9-son, 193-modda; 1996-y., 5-6-son, 69-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda)