Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ETIL SPIRTI VA ALKOGOLLI MAHSULOTLAR IShLAB ChIQARISh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 20-oktabrdagi PQ–204-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar,
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 362-modda)
Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan har bir korxonada (uzum va mevalarni dastlabki qayta ishlovchi korxonalardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan bir nafar moliya inspektori lavozimi joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun litsenziya berilgan, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan yoxud litsenziya bekor qilingan hollarda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda moliya inspektorlarining belgilangan sonini koʻpaytirish yoki kamaytirish huquqi berilsin.
Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda rahbarning rejim boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlash belgilangan tartibda, ularning taʼminoti esa — etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan korxonalar (uzum va mevalarni dastlabki qayta ishlovchi korxonalardan tashqari) tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin, shuningdek ularning baʼzilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-dekabr,
285-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 36-son, 362-modda)
Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Quyidagilarni:
a) oziq-ovqat spirti, tozalangan spirt, shu jumladan uzum va meva-rezavor mevadan tayyorlangan spirt;
b) uzum va meva-rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) konyak va kalvados spirti, tarkibida spirt boʻlgan yarim tayyor mahsulotlardan (don mahsulotlaridan) tayyorlangan spirt;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 120-modda)
g) uzum va meva-rezavor mevadan tayyorlangan vinomateriallar (tozalangan va tozalanmagan), shuningdek gʻalladan tayyorlangan yarim tayyor spirtli mahsulotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
d) uzum, meva-rezavor maxsus mevadan va yarim tayyor spirtli mahsulotlardan tayyorlangan vinolar;
(2-band “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “d1” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
e) aroq va likyor-aroq mahsulotlari, balzamlar;
Oldingi tahrirga qarang.
j) konyaklar (brendilar), konyak ichimliklari va kalvadoslar, viski;
(2-band “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 120-modda)
z) shampan vinosi, koʻpiklanadigan va gazli vinolar;
i) darajasi past (pivodan tashqari) va oʻtkir spirtli ichimliklar, damlamalar va likyorlar;
k) vino ichimliklari: oʻtkirligi 4 hajmli foizdan 8 hajmli foizgacha boʻlgan past darajali ichimliklar, oʻtkirligi 9 hajmli foizdan 28 hajmli foizgacha boʻlgan oʻtkir ichimliklarni sanoat asosida ishlab chiqarish faoliyati litsenziyalanadi.
3. Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan har bir mahsulot turini ishlab chiqarishga alohida beriladi.
5. Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni qabul qilish, ular yuzasidan ekspert xulosasi va Komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlash, litsenziyalarni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va berish, litsenziyalar reyestrini yuritish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tuziladi. Ishchi guruh faoliyatiga Komissiyaning masʼul kotibi rahbarlik qiladi. Ishchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
II. Litsenziya talablari
7. Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablariga quyidagilar kiradi:
etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
ishlab chiqarish xavfsizligini, texnika xavfsizligini, yongʻin xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini taʼminlash;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjud boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotning har bir turi boʻyicha standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, “Oʻzsharobsanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan texnologiya yoʻriqnomalarining mavjud boʻlishi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida tegishli malakaga ega boʻlgan kamida ikki mutaxassisning mavjud boʻlishi;
moddiy-texnika bazasi va texnologiya asbob-uskunalarining belgilangan normativ-texnik talablarga muvofiq boʻlishi;
spirt va alkogolli mahsulotlarni litsenziya olishda koʻrsatilgan hajmlar doirasida ishlab chiqarish;
etil spirti ishlab chiqarish va alkogolli mahsulotlarni quyish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarda rahbarning rejim boʻyicha oʻrinbosari lavozimining mavjud boʻlishi;
etil spirti ishlab chiqarish va alkogolli mahsulotlarni quyish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektori lavozimining mavjud boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik quvvatlarining kamida 60 foizidan foydalanishni taʼminlashi (ishlab chiqarish quvvatlaridan litsenziatga bogʻliq boʻlmagan hollarda foydalanmaslik bundan mustasno);
(7-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish va hisobga olish tizimini joriy etish.
(7-bandning oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 120-modda)
8. Litsenziya berishda va uning amal qilish muddatini uzaytirishda shuningdek spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini belgilovchi hamda mazkur Nizomning III boʻlimida nazarda tutilgan shartlar ham hisobga olinadi.
III. Litsenziya berish (uning amal qilish muddatini uzaytirish) uchun zarur shartlar
9. Ilgari tegishli mahsulot turini ishlab chiqarishga litsenziya olmagan litsenziya talabgorlariga litsenziya berish quyidagi shartlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
a) yangi kalendar yil uchun Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda har yili ishlab chiqiladigan parametrlarga hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish balanslariga qatʼiy rioya qilishdan kelib chiqqan holda;
b) etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va ishga tushirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi, Vazirlik etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish balansidan kelib chiqqan holda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha taklif etilayotgan quvvatlarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) aroq, likyor-aroq mahsulotlari va vino litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olishda koʻrsatilgan, yillar boʻyicha taqsimlangandan kam boʻlmagan hajmda ishlab chiqariladi. Bunda ishlab chiqarish hajmi litsenziya talabgori tomonidan ishlab chiqarish quvvatidan, aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun — absolyut alkogolga qayta hisoblaganda yiliga 60 ming dekalitr va undan ortiq, vino quyuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun — yiliga 60 ming dekalitr va undan ortiq vino oborotidan kelib chiqqan holda koʻrsatiladi;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) texnologiya va texnologiya liniyalari, asbob-uskunalar, ishlab chiqarish laboratoriyasi va uning jihozlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati davlat standartlari talablariga muvofiq boʻlishi. Texnologiya liniyalari va asbob-uskunalari zamonaviy, yangi va belgilangan tartibda sertifikatlangan boʻlishi kerak;
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 120-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) texnologiya liniyalari va asbob-uskunalarning sanitariya-epidemiologik xulosasiga ega boʻlishi;
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-maydagi 392-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son)
e) korxonalarning ishlab chiqarish laboratoriyalari zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktivlar bilan jihozlangan va davlat standartlarida nazarda tutilgan barcha zarur fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa koʻrsatkichlarni analiz qilish imkonini beruvchi sinov usullariga doir normativ-texnik hujjatlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish laboratoriyalari “Oʻzstandart” agentligi organlari tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
j) korxonaning ustav fondi litsenziya berish toʻgʻrisida ariza berilgan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining 10000 baravarini tashkil etishi kerak (uzum va mevalarni dastlabki qayta ishlaydigan korxonalar bundan mustasno);
(9-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
z) alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalarida hisobga olish maʼlumotlari koʻrsatkichlarini tegishli himoyalash vositasiga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlarning mavjud boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
i) uzumning mevali texnik navlarini yetishtirish uchun kamida 100 gektar plantatsiyasi va vino-konyak mahsulotlarini saqlash va yetiltirish uchun eman bochkalari mavjud boʻlgan korxonalar tabiiy vino, vinomateriallar va konyak spirtlarini ishlab chiqarish hamda uzumni qayta ishlash faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin. Mazkur shart oʻz uzumzorlari xomashyosidan achigan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan)ni ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qaroriga “i” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
10. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda quyidagi shartlar ham hisobga olinadi:
a) ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish davrida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan Nizomning ushbu boʻlimida nazarda tutilgan talablar va shartlar buzilmagan boʻlishi kerak;
b) korxonalardagi mavjud ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va filiallari belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi, texnologiya yoʻriqnomalariga, davlat standartlariga va boshqa normativ hujjatlarga ega boʻlishi kerak;
v) ishlab chiqarilayotgan mahsulot “Oʻzstandart” agentligining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
g) alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishning mavjud yillik quvvatlaridan kamida 60 foizga foydalanishni taʼminlash. Ushbu shartlar ishlab chiqarish quvvatlaridan litsenziatga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha foydalanmagan holatlariga tatbiq etilmaydi;
(10-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) ishlab chiqarilayotgan mahsulot namunalari har chorakda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning standartlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun “Oʻzsharobsanoat” AJning Respublika markaziy degustatsiya komissiyasiga taqdim etilishi kerak;
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
e) litsenziatning ilgari berilgan litsenziyaning amal qilishi davrida budjetga va davlat maqsadli fondlariga toʻlovlar boʻyicha qarzlari boʻlmasligi kerak;
j) faoliyat davrida litsenziat maʼnaviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalarni modernizatsiya qilingan, yangi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilovchi asbob-uskunalarga bosqichma-bosqich almashtirilishini taʼminlagan boʻlishi kerak.
IV. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyat turi (yoxud uning bir qismi);
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha taklif etilayotgan quvvatlarni foydalanishga topshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligi (uning hududiy boshqarmalari)ning “Oʻzsharobsanoat” AJ bilan birgalikda berilgan xulosasi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yigʻimni toʻlaganini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mahsulotlar, ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnologiya asbob-uskunasiga sanitariya-epidemiologik xulosalarning nusxalari;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-maydagi 392-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son)
ishlab chiqarishning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy organlarining xulosasi;
ishlab chiqarishning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida yongʻin nazorati organlarining xulosasi;
(11-bandning yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
korxonaning Komissiya tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pasporti;
shakllantirilgan ustav fondining miqdorini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruh rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
14. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
V. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
16. Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi hamda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tasdiqlash uchun Komissiyaga tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga taqdim etadi. Bunda ishchi guruh, zaruriyat boʻlganda, joylarga borib yoki davlat tegishli organlari mutaxassislarini jalb etib ishlab chiqarish shart-sharoitlarining taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini tekshirishga haqlidir.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
17. Komissiya etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish hamda litsenziya berishda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balansining har yili tasdiqlanadigan parametrlariga qatʼiy amal qilishi shart.
18. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berish haqida qaror qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya shartnomasi yuboriladi.
Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan aniq faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi guruh tomonidan nazorat qilish tartibi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zarur maʼlumotlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. Litsenziya bitimini litsenziyalovchi organ nomidan ishchi guruh rahbari imzolaydi.
19. Litsenziyalar ishchi guruh tomonidan belgilangan namunadagi blankalarda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Litsenziya blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
21. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
22. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruhning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
24. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingandan keyin yetti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlari arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
VI. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Oldingi tahrirga qarang.
25. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
26. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi guruh litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
28. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
29. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek xabarni litsenziyalovchi organga taqdim etishi kerak.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat ishchi guruh tomonidan, qonun hujjatlarida va litsenziya bitimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi guruh oʻz vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish huquqiga ega.
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida ishchi guruh tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish uchun Komissiya yoki ishchi guruh qaroriga binoan “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi inspektorlari va davlat boshqa organlari vakillari jalb etilishi mumkin.
VIII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiya:
etil spirti va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish miqdorini litsenziya olish vaqtida koʻrsatilgan hajmlarda taʼminlamaganda hamda u ushbu Nizomning 9-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan miqdordan past boʻlganda, shuningdek mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan 10-band “g” kichik bandida belgilangandan kam hajmda foydalanilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi xulosasiga binoan;
uch oy va undan koʻp vaqt mobaynida budjetga va davlat maqsadli fondlariga muddati oʻtib ketgan toʻlovlar mavjud boʻlganda, shuningdek litsenziatning aksiz markalarisiz yoki soxta aksiz markali alkogolli mahsulotlarni sotganligi, etil spirti va alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan litsenziya (ruxsatnoma)larga ega boʻlmagan tashkilotlarga yetkazib berganligi hollari aniqlanganda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi xulosasiga binoan;
sifatsiz spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilgani yoki sotilgani, shuningdek ularning davlat standartlariga muvofiq emasligi aniqlanganda — “Oʻzstandart” agentligi xulosasiga binoan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
34. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
IX. Litsenziyalar reyestri
35. Ishchi guruh litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
bankdagi hisob raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
ishlab chiqarilishiga litsenziya berilayotgan mahsulot nomi;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
X. Davlat bojini toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
37. Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji undiriladi:
a) quyidagilar sanoat asosida ishlab chiqarilganda eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdorida:
aroq va likyor-aroq mahsulotlari;
darajasi past (pivodan tashqari) va oʻtkir spirtli ichimliklar, damlamalar va likyorlar;
vino ichimliklari: oʻtkirligi 4 hajmli foizdan 8 hajmli foizgacha boʻlgan past darajali ichimliklar, oʻtkirligi 9 hajmli foizdan 28 hajmli foizgacha boʻlgan oʻtkir ichimliklar;
b) quyidagilar sanoat asosida ishlab chiqarilganda eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida:
oziq-ovqat spirti, tozalangan spirt, shu jumladan uzum va meva-rezavor mevadan tayyorlangan spirt;
konyak va kalvados spirti, tarkibida spirt boʻlgan yarim tayyor mahsulotlardan (don mahsulotlaridan) tayyorlangan spirt;
konyak (brendi), konyak ichimliklari va kalvadoslar, balzamlar, viski;
uzum va meva-rezavor maxsus mevadan hamda tarkibida spirt boʻlgan yarim tayyor mahsulotlardan tayyorlangan vinolar;
v) quyidagilar sanoat asosida ishlab chiqarilganda eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida:
shampan vinosi, koʻpiklanadigan va gazli vinolar;
uzum va meva-rezavor mevadan tayyorlangan spirt xomashyosi;
g) quyidagilar sanoat asosida ishlab chiqarilganda eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida:
uzumdan (tozalangan va tozalanmagan) va meva-rezavor mevadan, shuningdek tarkibida spirt boʻlgan yarim tayyor mahsulotlardan (don mahsulotlaridan) tayyorlangan vinomateriallar;
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Litsenziyalar berganlik uchun davlat boji mablagʻlari respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 120-modda)
Etil spirti va alkogolli mahsulotlar
ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari:
1. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda) 7-bandi va qarorga 4-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 4-modda) 2, 4, 8-bandlari va qarorga 1—3-ilovalar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 391-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda, 20-21-son, 181-modda, 27-son, 250-modda, 36-son, 362-modda, 51-52-son, 512-modda; 2011-y., 12-13-son, 120-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son. 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)