Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ–229-son qarorini bajarish yuzasidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish, ular mehnatiga haq toʻlash miqdorlarining bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va yuklanmasi darajasiga, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bogʻliqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining kasb darajasi va malakasini uzluksiz oshirib borishlari uchun ragʻbatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat hokimiyati mahalliy organlari, sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari vakillari, tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokidagi majlisida tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi har tomonlama muhokama qilinganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2006-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning kelishilgan loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari oʻrnak koʻrsatgan tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va muassasaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, uni modernizatsiya qilish va taʼmirlash uchun yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali, aniq tarzda foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar tibbiyot muassasalari huzurida tegishli tibbiyot muassasasi rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari ishtirokida tashkil etiladigan maxsus komissiya qarori asosida qabul qilinadi;
sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlarining maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi 2005-yil 25-dekabrgacha boʻlgan muddatda:
Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Bunda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizomda Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning ikki yoʻnalishi oʻrtasidagi foizlar nisbati tibbiyot muassasalari toʻrt (I—IV) guruhining har biri uchun 3-ilovaga muvofiq boʻlishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini 2006-yil 1-yanvargacha amalga oshirsinlar;
2006-yil mobaynida 4-ilovaga muvofiq Dasturga binoan qishloq vrachlik ambulatoriyalarini qishloq vrachlik punktlariga aylantirishni tugallasinlar;
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Salomatlik-II” loyihasi doirasida 5-ilovaga muvofiq Dasturga binoan sogʻliqni saqlash boshlangʻich boʻgʻinining ambulatoriya-poliklinika tarmogʻida umumiy amaliyot vrachi tizimiga bosqichma-bosqich oʻtilishini taʼminlasinlar.
Ambulatoriya-poliklinika tarmogʻini qishloq vrachlik punktlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq umumiy amaliyot vrachi ish prinsipiga bosqichma-bosqich oʻtkazish dasturining bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri (Nazirov) zimmasiga yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ular mehnatini ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq, tizimli monitoring oʻrnatsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlarning oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda, tizimli monitoring asosida har chorakda axborot bersinlar.
7. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika komissiyasi (Qosimov) ikki oy muddatda davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanishning ahvolini puxta oʻrganib chiqsin hamda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlashni hisobga olgan holda, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini oshirishni va sifatini yaxshilashni taʼminlash uchun ularning tarmogʻi va quvvatlarini maqbullashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Nodavlat tibbiyot muassasalariga 2006-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tarif setkasini joriy etishga oʻtish tavsiya qilinsin.
9. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Sogʻliqni saqlash xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1995-yil 2-martdagi 75-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 537-son qarori 4-bandining tibbiyot xodimlariga oid qismi 2006-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibining 29-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
ikkinchi xatboshiga “foizi” soʻzidan keyin “(sogʻliqni saqlash budjet tashkilotlarida kamida 50 foizi)” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshiga “foizi” soʻzidan keyin “(sogʻliqni saqlash budjet tashkilotlarida 50 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda)” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-dekabr,
276-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning
TARIF SETKASI
TARIF SETKASI
| Mehnatga haq toʻlash razryadlari | Tarif koeffitsiyentlari |
| 1 | 3,022 |
| 2 | 3,325 |
| 3 | 3,656 |
| 4 | 4,023 |
| 5 | 4,424 |
| 6 | 4,867 |
| 7 | 5,354 |
| 8 | 5,943 |
| 9 | 6,597 |
| 10 | 7,323 |
| 11 | 8,054 |
| |
|
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 428-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
2-ILOVA
2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom:
davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda “tarif setkasi” deb yuritiladi), ularni moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha toʻlov, ustamalar va ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlashning yagona prinsiplarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat muassasalarining notibbiyot mutaxassislariga (biologlar, zoologlar va parazitologlar hamda mutaxassislarning boshqa toifalariga) nisbatan ham qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoni bilan tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tatbiq etilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi asosida haq toʻlanadigan sogʻliqni saqlash muassasalarining ishchi va xizmatchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Davlat muassasalari rejali budjet mablagʻlari doirasida ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilangan tartibda belgilaydi. Bunda xodimlarning malakasi va ular tomonidan bajariladigan ishlarning murakkabligi tarif setkasi asosida belgilanadigan lavozim maoshlari (stavkalar) miqdorlarida hisobga olingan.
II. Tarif stavkalarini belgilash tartibi
3. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalari tarif setkasi asosida ish haqining belgilangan eng kam oylik miqdorini mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mehnatga haq toʻlash boʻyicha tegishli guruhlarga kiritilgan sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga va tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sogʻliqni saqlash muassasalari guruhlari boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari belgilanadi:
muassasalarning 1-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,0 tuzatish koeffitsiyenti;
muassasalarning 2-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,03 tuzatish koeffitsiyenti;
muassasalarning 3-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,05 tuzatish koeffitsiyenti;
muassasalarning 4-guruhi uchun — tegishli razryad tarif stavkasiga 1,15 tuzatish koeffitsiyenti.
4. Ish haqi miqdorlarini belgilash barcha hollarda asosiy, oʻrindoshlik va oʻrnini bosadigan lavozimlar (ishlar turi) boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Tarif setkasi boʻyicha razryadlar tibbiyot, farmatsevtika va rahbar xodimlar lavozimlari boʻyicha belgilanadi.
6. Xodimlarga tarif stavkalari, qoʻshimcha toʻlov va ustamalar miqdorlarini oʻzgartirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgarganda — ushbu Farmon kuchga kirgan oydan boshlab;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni berilganda — faxriy unvon berilgan kundan boshlab;
malaka toifasi berilganda — huzurida attestatsiya komissiyasi tashkil etilgan organ (muassasa)ning buyrugʻiga muvofiq;
ilmiy daraja berilganda — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining diplom berish toʻgʻrisidagi qarori chiqqan kundan boshlab;
Keyingi tahrirga qarang.
staj uchun ustama miqdorini koʻpaytirish huquqini beradigan stajning uzluksizligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlganda — stajning uzluksizligi toʻlgan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Muassasa rahbari xodimlar mehnatiga oʻz vaqtida va toʻgʻri haq toʻlanishi uchun javob beradi. Mehnat haqi notoʻgʻri toʻlangani aniqlangan taqdirda rahbar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xatolarni zudlik bilan tuzatish va butun davr uchun kam hisoblangan (ortiqcha hisoblangan) toʻlovni toʻlash (ushlab qolish) choralarini koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
III. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
8. Kichik tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
| Lavozimlar nomi | Razryad |
| 1. Barcha nomlardagi sanitarka va boshqa kichik tibbiyot xodimlari | 1 |
| 2.Bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshira | 1 |
| 3. Xoʻjalik bekasi | 2 |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
Tuman kasalxonalari va ixtisoslashtirilgan klinikalarning reanimatsiya boʻlimlari (intensiv terapiya boʻlimlari)da ishlaydigan, bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshiralarga tarif setkasi boʻyicha 2-razryad belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻrta tibbiyot xodimlari uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan davolovchi jismoniy tarbiya yoʻriqchisiga va metodistiga tarif setkasi boʻyicha ikkinchi razryad belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
| Lavozimlar nomi | Razryad |
| 1. Tibbiy roʻyxatdan oʻtkazuvchi, dezinfektor | 2 |
| 2. Barcha nomlardagi tibbiyot hamshirasi, shafqat hamshirasi, feldsher, akusherka, laborant, rentgen laboranti, tibbiyot statistigi, tish texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim | |
| — toifasiz | 2 |
| — II toifa | 3 |
| — I toifa | 4 |
| — oliy toifa | 5 |
| 3. Operatsiya hamshirasi, anestezist-hamshira, reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari hamshirasi, tugʻuruqxona (boʻlim)ning akusherkasi, sanitariya vrachining yordamchisi, parazitolog vrachning yordamchisi, entomologning yordamchisi | |
| — toifasiz | 3 |
| — II toifa | 4 |
| — I toifa | 5 |
| — oliy toifa | 6 |
| 4. Boʻlim (filial) feldsheri, akusherkasi; katta tibbiy hamshira, katta feldsher, katta akusherka; tish vrachi, shoshilinch yordam katta feldsheri, hamshiralik ishi mutaxassisi, yetakchi tibbiy hamshira | |
| — toifasiz | 4 |
| — II toifa | 5 |
| — I toifa | 6 |
| — oliy toifa | 7 |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
10. Vrach xodimlar uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
| Lavozimlar nomi | Razryad |
| 1. Mutaxassis vrach | |
| — toifasiz | 6 |
| — II toifa | 7 |
| — I toifa | 8 |
| — oliy toifa | 9 |
| 2. Bemorlarni operatsiya qiladigan barcha nomlardagi vrach-xirurg; tezkor faoliyatni taʼminlaydigan va reanimatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradigan anesteziolog-reanimatolog vrach; davolash tadbirlarini amalga oshiradigan endoskopist vrach; tez tibbiy yordam koʻchma brigadasi mutaxassis vrachi; umumiy amaliyot vrachi | |
| — toifasiz | 7 |
| — II toifa | 8 |
| — I toifa | 9 |
| — oliy toifa | 10 |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
Protez-ortopediya korxonalari va birlashmalarining mutaxassis vrachlariga, vrach-xirurglariga, anesteziolog-reanimatolog vrachlariga II guruh muassasalar (umumiy ixtisoslikdagi turgʻun muassasalar) uchun nazarda tutilgan tuzatish koeffitsiyentlari belgilanadi.
Diagnostika markazlarida va jarrohlik aralashuvini amalga oshirmaydigan boshqa muassasalarda ishlaydigan barcha nomlardagi vrach-xirurglarga mutaxassis vrach sifatida tarif belgilanadi.
11. Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasi boʻyicha razryad sogʻliqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtiriladi.
Sogʻliqni saqlash muassasalarini tiplarga ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tibbiyot muassasasi quvvatini, ambulatoriya-poliklinika tarmogʻi uchun — xizmat koʻrsatiladigan aholi sonini hamda kasalxona muassasalari uchun — davolanib chiqqan bemorlar sonini hisobga olib Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Sogʻliqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka tegishli boʻlmagan va davolash, diagnostika yoki profilaktika faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi boʻlinmalari (boʻlimlari)ning (buxgalteriya, iqtisodiy boʻlimlar, kadrlar boʻlimi, muhandislik inshootlari, asbob-uskunalarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, avtomobil parki va boshqalar) rahbarlari mehnatiga haq toʻlash Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladi.
12. Davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
| Lavozimlar nomi | Razryad |
| 1. Provizor | |
| — toifasiz | 4 |
| — II toifa | 5 |
| — I toifa | 6 |
| — oliy toifa | 7 |
| 2. Farmatsevtika xodimlari | |
| — toifasiz | 1 |
| — II toifa | 2 |
| — I toifa | 3 |
| — oliy toifa | 4 |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
13. Tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajarayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar uchun tarif setkasi boʻyicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
|
Lavozimlar nomi |
Razryad |
| 1. Psixolog, biolog, zoolog, parazitolog, entomolog, ionlashtiruvchi va noionlashtiruvchi nurlanish manbalari ustidan nazorat qilish boʻyicha ekspert-fizik; davolovchi jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqchi; davolovchi jismoniy tarbiya boʻyicha metodist |
6 |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
14. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK), nogironlar va keksalar internat-uylari, nogironlar uchun pansionatlar, oʻquv yurtlari, nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari, shuningdek bolalar maktabgacha muassasalari, barcha tipdagi maktab-internatlar, “Mehribonlik uyi” bolalar uylari, sanatoriy-oʻrmon maktablari tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari muassasalarning birinchi guruhi boʻyicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Ishi sogʻliq uchun xavfliligi va mehnatning oʻta ogʻir sharoitlari munosabati bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qoʻshimcha toʻlovlar
15. Mehnatning sogʻliq uchun xavfliligi va oʻta ogʻir sharoitlari uchun tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq miqdorlarda va roʻyxat boʻyicha belgilanadi.
V. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qoʻshimcha toʻlovlar
16. Sogʻliqni saqlash muassasalarining tarkibiy boʻlinmalariga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga:
shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha boʻlganda — oyiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq boʻlganda — oyiga eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga oyiga eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Tuman, tumanlararo va shahar TMEKlarining raislari boʻlgan vrachlarga komissiyaga rahbarlik qilganlik uchun oyiga eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Qishloq vrachlik punktlari filial (boʻlim)lariga mudirlik qilganlik uchun vrachlar, feldsherlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralariga oyiga eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vrachlik mutaxassisligi boʻyicha tegishli toifaga ega boʻlgan tibbiyot muassasalari rahbarlariga, ularning oʻrinbosarlari — vrachlarga:
oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Tibbiyot muassasalarining mutaxassisligi boʻyicha tegishli toifaga ega boʻlgan bosh tibbiyot hamshiralariga:
oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Muassasalar rahbarlariga va ularning oʻrinbosarlari — vrachlarga, shuningdek tegishli ravishda vrachlik va provizorlik lavozimlarini egallab turgan vrachlar va provizorlarga, nomlaridan qatʼi nazar, hamda ilmiy darajaga ega boʻlgan:
tibbiyot va farmatsevtika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
tibbiyot va farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 45 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni uchun — eng kam oylik ish haqining 60 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Turgʻun tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda ishlaganligi uchun egallab turgan lavozimi boʻyicha lavozim maoshi tarif stavkasi hisob-kitobidan kelib chiqib tungi vaqtda ishlangan har bir soat uchun soatbay tarif stavkasining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga ustamalar
24. Alohida muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun ustamalar:
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 30 foiz;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq vrachlik punktlari vrachlariga, qishloq joylardagi ambulatoriyalar va uchastka kasalxonalari vrachlariga uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 50 foiz;
Keyingi tahrirga qarang.
poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, oʻsmirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya boʻlimlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 40 foiz;
Keyingi tahrirga qarang.
tez yordam xizmati va sanitariya aviatsiyasining koʻchma brigadalari katta vrachlari, vrachlari va oʻrta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 30 foiz;
oʻlatga qarshi muassasalarning va alohida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish muassasalarining tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 80 foiz;
leprozoriya muassasalari va tarkibiy boʻlinmalarining xodimlariga uzluksiz ish staji uchun: 3 yildan 5 yilgacha boʻlganda tarif stavkasining 15 foizi; 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 25 foizi; 10 yildan ortiq boʻlganda — tarif stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vrachlarga, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sogʻliqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:
uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha boʻlganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq boʻlganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarining mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan alohida toifalari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi boʻyicha uzluksiz ishlaganligi uchun ustama olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqish tartibi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Maslahatlar berganligi uchun vrachlar mehnatiga soatbay haq toʻlash:
professor, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlganda — tarif stavkasining 3 foizi miqdorida;
dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlganda — tarif stavkasining 2 foizi miqdorida;
ilmiy darajaga ega boʻlmagan vrachga — tarif stavkasining 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Xodimlarning tarif stavkalariga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar miqdori tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
29. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini mehnatga vijdonan munosabati va koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasiga har oylik ustamalar belgilash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash, ularga mukofotlar berish va bir martalik moddiy yordam koʻrsatish Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha guruhlari
I. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar
Keyingi tahrirga qarang.
1. Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (boʻlimlari)
2. Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari)
3. Statsionar oʻrinlari boʻlmagan dispanserlar
4. Skrining — markazlar
5. Respublika bolalar va oʻsmirlar reproduktiv sogʻlomlashtirish markazi
6. Salomatlik instituti va uning filiallari
7. Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin va oʻta xavfli infeksiyalar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfeksiya stansiyalari)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tibbiyot statistikasi byurosi
II. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar
9. Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot oʻquv yurtlari klinikalari
10. Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari
11. Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi
12. Viloyat, shahar va tuman kasalxonalari, jumladan tugʻuruqxonalar, tugʻuruqxona majmualari
13. Shahar va tuman markaziy kasalxonalari, qishloq uchastka kasalxonalari
14. Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari
15. Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari
16. Qon quyish stansiyalari
17. Sanatoriylar
III. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar
18. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlar:
18.1 Sil kasalliklari
18.2 Yuqumli kasalliklar
18.3 Onkologik kasalliklar
18.4 Teri-tanosil kasalliklari
18.5 Endokrinologik kasalliklar
18.6 Ruhiy kasalliklar
18.7 Ruhiy-asab kasalliklari
18.8 Narkologik kasalliklar
19. Respublika neyroxirurgiya, onkologiya (jumladan xospislar), allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari
20. Ftiziatriya va pulmonologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalari
21. OITSni davolash markazi va uning filiallari
Keyingi tahrirga qarang.
22. Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari
23. Bolalar uylari
24. Leprozoriylar
IV. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stansiyalari
Keyingi tahrirga qarang.
25. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi — uning viloyatlardagi filiallari, tumanlar (shaharlar) markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari
26. Tez tibbiy yordam stansiyalari
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Sogʻliq uchun xavfli va mehnat sharoitlari oʻta xavfli boʻlganligi munosabati bilan ularda ishlash xodimlar tarif stavkalariga qoʻshimcha toʻlov belgilash huquqini beradigan muassasalar va ularning boʻlinmalari, shuningdek lavozimlar roʻyxati
I boʻlim. Sogʻliq uchun xavfli va mehnat sharoitlari ogʻir boʻlgan, ularda ishlash xodimlarning tarif stavkasiga 15 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilash huquqini beradigan muassasalar, boʻlinmalar
Keyingi tahrirga qarang.
1.1. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari, surunkali infeksiyalarga chalingan bemorlar uchun bolalar sanatoriylari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, provizorlar lavozimlari, shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarning (tarkibiy boʻlinmalarining) dorixonalari mudirlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi lavozimlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari, evakuatorlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari, yuqumli kasalliklar shifoxonalari shtatidagi dorixonalarning yordamchi xodimlari lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
1.2. Yuqumli kasalliklarga chalingan va gelmintlar bilan zararlangan bemorlar uchun boʻlimlar, palatalar, shuningdek kunduzgi gelmintologiya statsionarlari, yuqumli kasalliklar kabinetlari, vokzallardagi tibbiyot punktlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Palatalar boʻlimlari ichida ishlaydigan va bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
1.3. Chaqaloqlar uylari va bolalar bogʻchalari, bolalar yaslilari, yasli-bogʻchalar, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar: tayanch-harakatlanish apparati funksiyalari buzilgan va ruhiy nuqsoni boʻlmagan, jismoniy rivojlanishida boshqa nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun; markaziy nerv tizimida organik shikastlanishlari, shu jumladan ruhiy nuqsoni boʻlmagan, bolalar serebral falaji boʻlgan bolalar uchun; kar-soqovlik nuqsoni boʻlgan (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) bolalar uchun; nutqida nuqsoni boʻlgan (duduqlar, allaliyali va nutqida boshqa nuqsonlari boʻlgan) bolalar uchun; koʻrish nuqsonlari boʻlgan (koʻr, yaxshi koʻrmaydigan) bolalar uchun.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.4. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparatlari funksiyalarida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun sanatoriylar, markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparatlari funksiyalarida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari boʻlinmalari, palatalari (guruhlari).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.5. Barcha ixtisoslardagi xirurgiya boʻlimlari (palatalari) va statsionarlarning operatsiya bloklari.
Barcha nomlardagi vrach-xirurglar lavozimlari (kardioxirurglar, neyroxirurglar va mikroxirurglardan tashqari), bemorlarni operatsiya qiluvchi operatsiya hamshiralari va bogʻlovchi hamshiralar, shu jumladan tugʻuruq bloklarida tugʻuruqlarni qabul qilib olish bilan bogʻliq vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.6. Boʻlimlar (palatalar): yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun; gemodializ, bemorlarni gemodializ, gemosorbsiya, plazmoforez, ultrafiltratsiya metodlarini qoʻllangan holda davolash uchun; vizual nazorat qilgan holda operativ aralashuvlarda rentgen apparatlaridan foydalaniladigan barcha ixtisoslardagi xirurgiya boʻlimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, gemodializ boʻlimlari apparatlariga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar.
1.7. Statsionarlar va poliklinikalarning teri-tanosil boʻlimlari, palatalari, kabinetlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
1.8. Fizioterapiya boʻlimlari, balneologiya kabinetlari, balchiq bilan davolash xonalari (boʻlimlari, kabinetlari).
Nomlaridan qatʼi nazar, serovodorod, natriy sulfid va ugleserovodorod vannalari va balchiq xonalarida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan vrachlar lavozimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, quyidagilar uchun nazarda tutilgan oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari (medstatistiklar va medregistratorlardan tashqari):
serovodorod, natriy sulfid va ugleserovodorod vannalari va balchiq xonalarida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun;
balchiq bilan davolash shifoxonalarida ishlaydiganlar uchun; radonli vannalar berish uchun;
ozokerit protseduralari tayyorlash va berish uchun;
har qanday quvvatdagi UVCH generatorlarida ishlaydiganlar uchun (har smenada oyiga kamida oʻrtacha 10 ta protsedura berishda).
Balchiqlarni isitish va keltirish, sunʼiy serovodorod suvini tayyorlash uchun nazarda tutilgan xodimlar lavozimlari.
Serovodorod, natriy sulfid va uglevodorodli, radonli vannalarga doimiy xizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar hamda binolar va inshootlar, asbob-uskunalar priborlarini joriy taʼmirlash hamda fizioterapiya shifoxonalarini (boʻlimlarini), yertoʻlalar asbob-uskunalarini, binolardagi vannalarning isitish priborlarini, serovodorod, natriy sulfidli va uglevodorodli, radonli vannalarning tutashtiruvchilari va rezervuarlari, quvurlari hamda burgʻulash quduqlari bosh qismini joriy taʼmirlash uchun nazarda tutilgan xodimlar kasblari.
1.9. Kompyuter tomografiyasi boʻlimlari (kabinetlari).
Nomlaridan qatʼi nazar, ionlashtiruvchi nurlanish sohasida ishlaydigan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, mutaxassislar lavozimlari.
1.10. Onkologiya muassasalarining kimyo-terapiya boʻlimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.11. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari, internat-uylar, shu jumladan bolalar, keksalar va nogironlar internat-uylari, urush va mehnat faxriylari pansionatlari, yolgʻiz, keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyida ijtimoiy yordam koʻrsatadigan pansionatlar, boʻlimlar, nogironlarni tibbiy-sanitariya jihatidan sogʻlomlashtirish markazlari.
Barcha nomlardagi, boʻysunishidan qatʼi nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan rahbarlar, vrachlik lavozimlari, ushbu muassasalarning kontingentlarga xizmat koʻrsatadigan va ular bilan ishlaydigan oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, mutaxassislari, xizmatchilari va ishchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.12. Sogʻliqni saqlash muassasalarining barokameralari va kessonlari, yerosti boʻlimlari (palatalari), sogʻlomlashtirish punktlari, tibbiyot punktlari (shu jumladan metropoliten inshootlaridagi).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.13. Ultratovushli diagnostika va endoskopiya kabinetlari (boʻlimlari).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.14. Qon quyish stansiyalari, qon va uning komponentlarini tayyorlash boʻlimlari.
Qon komponentlarini va suyak iligini muzlatilgan holda tayyorlash va saqlash ishlari uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.15. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari (boʻlinmalari)ning psixoterapiya kabinetlari.
Vrach-psixoterapevt, hamshira lavozimlari.
1.16. Koʻzi ojiz va kar-soqov bolalar hamda eshitish va nutqida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun bolalar uylari, kar va koʻzi ojizlar uchun sanatoriylar, internat-uylar, Kar-soqov bolalarni reabilitatsiya qilish markazi.
Boʻysunishidan qati nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
1.17. Eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar, bolalar bogʻchalari, yasli-bogʻchalar, kar-soqov ishchilar tayyorlash boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv muassasalari. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparati funksiyalari buzilgan bolalar uchun maktablar, maktab-internatlar, bolalar bogʻchalari, yasli-bogʻchalar, jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun internat-uylar.
Boʻysunishidan qati nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.18. Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoy muhofaza qilish davlat muassasalari.
Lazer qurilmalarida ishlaydigan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi hamda ushbu qurilmalarga xizmat koʻrsatadigan mutaxassislar lavozimlari.
1.19. Sanitariya-epidemiologiya muassasalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Epidemiologiya, parazitologiya, bakteriologiya, virusologiya, sanitariya-nazorat (karantin), dezinfeksiya boʻlinmalari (boʻlimlari) mudirlari lavozimlari (profilaktika dezinfeksiyasi boʻlimlari, boʻlinmalaridan tashqari).
Vrach-epidemiologlar, dezinfeksiyalovchilar, parazitologlar, entomologlar, virusologlar, oʻta xavfli infeksiyalar boʻlimlari (boʻlinmalari), punktlari, sanitariya-nazorat (karantin) va dezinfeksiya stansiyalari vrachlari lavozimlari.
Elektromagnit maydonlari laboratoriyalarining mudirlari, sanitariya vrachlari, muhandislari lavozimlari.
Radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) boʻlimlari mudirlari, laboratoriyalari sanitariya vrachlari, vrach-laborantlari, muhandis-texnik xodimlari.
Kommunal gigiyena va mehnat gigiyenasi boʻyicha sanitar vrachlar, metropolitenlarning sanitariya-epidemiologiya stansiyalari (boʻlimlari, guruhlari) ventilyatsiyasi boʻyicha muhandislar lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ochiq simobli apparatlarda ishlash uchun nazarda tutilgan (shu jumladan polyarograflarga xizmat koʻrsatadigan) vrach-laborantlar va muhandislar lavozimlari.
Toksikologiya laboratoriyalari vrach-laborantlari, lavozim maoshlari zararli mehnat sharoitlari munosabati bilan oshiriladigan, kon-ruda, kon qazish va kimyo sanoati korxonalariga, muhandis-texnik xodimlarga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan sanitariya vrachlari lavozimlari. Muassasada vrach-epidemiolog lavozimi boʻlmagan taqdirda ushbu vazifa tegishli ustama toʻlagan holda bosh vrach zimmasiga yuklanadi.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻta xavfli infeksiyalar boʻlimlari (boʻlinmalari) kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan virusologiya, parazitologiya va dizenfeksiya sifatini nazorat qilish boʻyicha laborantlar.
Sanitariya-nazorat (karantin) boʻlimlari, dezinfeksiya stansiyalari (boʻlimlari, punktlari) oʻrta tibbiyot xodimlari, shu jumladan dezinfektorlar, dezinstruktorlar, gidrotexniklar lavozimlari.
Vrach-epidemiologlar, entomologlar, parazitologlar, sanitariya vrachlari yordamchilari, elektromagnit maydonlari laboratoriyalari texniklari va laborantlari lavozimlari.
Kommunal gigiyena boʻlimlarining, metropolitenlarning sanitariya-epidemiologiya stansiyalari mehnat gigiyenasi (boʻlimlari, guruhlari) boʻlim (guruh)larining sanitariya vrachlari yordamchilari va laborantlari lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ochiq simobli apparatlarda (shu jumladan polyarograflarga xizmat koʻrsatuvchi), radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) laboratoriyalarida ishlash uchun nazarda tutilgan oʻrta tibbiyot xodimi, shu jumladan laborantlar va texniklar lavozimlari.
Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni, shu jumladan toksikologiya laboratoriyalari laborantlarini tashiydigan oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari.
Kon-ruda, kon qazish va kimyo sanoati, lavozim maoshlari xavfli mehnat sharoitlari munosabati bilan oshiriladigan muhandis-texnik xodimlarga xizmat koʻrsatadigan mehnat gigiyenasi boʻyicha sanitariya vrachlari yordamchilari lavozimlari.
Oʻta xavfli infeksiyalar; sanitariya-nazorat (karantin) boʻlinmalari (boʻlimlari, punktlari), ochiq simobli apparatlarda ishlash uchun moʻljallangan (shu jumladan polyarograflarga xizmat koʻrsatuvchi), toksikologiya laboratoriyalari (shu jumladan parazitologiya, virusologiya, bakteriologiya laboratoriyalari) hamda radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) preparatlari laboratoriyalari sanitarkalari lavozimlari.
Omborlar mudirlari, omborchilar, dezinfeksiyalash vositalarini idishga joylovchilar, dezinfektorlar vazifasini birga qoʻshib bajaradigan avtomobil haydovchilari, zararlangan hayvonlar bilan ishlaydigan vivariylar xodimlari, shuningdek yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni tashiydigan sanitarkalar va avtomobil haydovchilari.
1.20. Markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimi.
Oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
II boʻlim. Ularda ishlash sxemali lavozim (oylik) maoshlari (stavkalari)ni 15-25 foizga oshirish huquqini beradigan muassasalar va ularning boʻlinmalari
Keyingi tahrirga qarang.
2.1. Jarrohlik aralashuvlarini kamaytirgan va xarajatlarni maqbullashtirgan holda bemorning sifatli va tez sogʻayib ketishiga koʻmaklashuvchi eng yangi texnologiyalarni va zamonaviy asbob-uskunalarni bevosita qoʻllab tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi vrachlar lavozimlari, — 25 foiz.
2.2. Jarrohlik aralashuvlarini kamaytirgan va xarajatlarni maqbullashtirgan holda bemorning sifatli va tez sogʻayib ketishiga koʻmaklashuvchi eng yangi texnologiyalarni va zamonaviy asbob-uskunalarni bevosita qoʻllab tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi oʻrta tibbiyot xodimlari lavozimlari, — 15 foiz.
Ularda ishlash vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari lavozim maoshlariga ustamalar huquqini beruvchi yuqori texnologiyali asbob-uskunalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
III boʻlim. Ularda ishlash sxemali lavozim (oylik) maoshlar (stavkalar)ni 25 foizga oshirish huquqini beradigan, sogʻliq uchun oʻta xavfli va mehnat sharoitlari oʻta ogʻir boʻlgan muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar
Keyingi tahrirga qarang.
3.1. Sil kasalliklari (sil kasalligiga qarshi) shifoxonalari, dispanserlari, sanatoriylari, sanatoriy-profilaktoriylari, bolalar bogʻcha va yaslilari, chaqaloqlar uylari, nogironlar va urush faxriylari uchun gospitallar.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar lavozimlari, provizorlar, shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan muassasalar (tarkibiy boʻlinmalar) dorixonalari mudirlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi lavozimlari, shu jumladan mutaxassislar va xizmatchilar, kutubxona va klub xodimlari, evakuatorlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi, sil kasalliklari muassasasi shtatida turadigan dorixonalarning yordamchi xodimi lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3.2. Sil kasalliklari muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar (shu jumladan direktor, bosh muhandis va boshqalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar (shu jumladan sexlarning boshliqlari, masterlar va boshqalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3.3. Davolash-profilaktika muassasalarining silga chalingan bemorlar uchun boʻlimlari, palatalari, izolyatorlari, sil kasalliklari kabinetlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari; boʻlim ichida ishlashda bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3.4. Sanatoriy maktab-internatlari, chaqaloqlar uylari va bolalar bogʻchalari, bolalar yaslilari, yasli-bogʻchalardagi, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar, shu jumladan sil kasaliga, sil kasali intoksikatsiyasiga, sil kasalining yengil va yoʻqoladigan shakllariga chalingan bolalar uchun.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
3.5. Tugʻuruqqa yordam koʻrsatish muassasalari:
Vrach-neonatologlar.
3.6. Xirurgiya boʻlimlari (palatalari).
Kardioxirurglar, neyroxirurglar, mikroxirurglar.
3.7. Anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari (guruhlari).
Reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari (palatalari), ekspress-diagnostikani taʼminlovchi laboratoriya (guruh).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.8. Oʻlat kasalligiga qarshi muassasalar.
Muassasa (boʻlim) shtatidagi barcha xodimlar.
3.9. Psixiatriya (psixonevrologiya), narkologiya muassasalari va boshqa muassasalar, ularning boʻlinmalari (ruhiy bemorlarni hamda alkogolizm va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash uchun moʻljallanmagan boʻlimlar, kabinetlar, palatalardan tashqari). Ruhiy bemorlarni hamda alkogolizm va giyohvandlikka (shu jumladan ularning surunkali shakllariga) duchor boʻlgan shaxslarni davolash uchun moʻljallangan boʻlimlar, palatalar va kabinetlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida, yordamchi qishloq xoʻjaligida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun vrachlar lavozimlari (ruhiy bemorlarni hamda surunkali alkogolizm va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash uchun moʻljallanmagan boʻlimlar, kabinetlar, palatalar vrachlari lavozimlaridan tashqari).
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot xodimlari, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida, yordamchi qishloq xoʻjaligida bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun vrachlar lavozimlari (ruhiy bemorlarni hamda surunkali alkogolizm va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash uchun moʻljallanmagan boʻlimlar, kabinetlar, palatalar vrachlari, arxivning tibbiy registratorlari lavozimlaridan tashqari).
Nomlaridan qatʼi nazar, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida va yordamchi qishloq xoʻjaligida bemorlarga xizmat koʻrsatadigan kichik tibbiyot xodimi lavozimlari; boʻlimlar ichida ishlaydigan ishchi kasblari, sartaroshlar, kiyim-bosh omborchilari, liftyorlar hamda bemorlarga xizmat koʻrsatadigan ishchi kasblari.
Mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlari, shu jumladan bosh vrachning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, kutubxona va klub xodimlari, psixologlar, yuridik maslahatchilar, xoʻjalik mudirlari.
3.10. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsonli bolalar uchun boʻlimlar va palatalar, narkologiya boʻlimlari, palatalari va kabinetlari. Alkogoldan qattiq zaharlangan yoki kuchli alkogolli psixoz oqibatida shikastlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan davolash-profilaktika muassasalarining ixtisoslashgan qabul boʻlimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi sartaroshlar.
3.11. Nerv sistemasi organik shikastlangan, ruhiy nuqsonli bolalar uchun guruhlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.12. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalar uchun bolalar yaslilari va sanatoriylari. Nerv sistemasi organik shikastlangan, ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalar uchun chaqaloqlar uylari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.13. Tez tibbiy yordam stansiyalari (boʻlimlari).
Vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, shuningdek tibbiy yordam koʻrsatish va ruhiy kasallangan bemorlarni tashish boʻyicha ixtisoslashtirilgan brigadalar avtomobillarining haydovchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
3.14. Aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan va markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktablar, maktab-internatlar, bolalar bogʻchalari, yasli-bogʻchalar va xalq taʼlimi boshqa muassasalari.
Barcha nomlardagi, boʻysunishidan qatʼi nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari.
3.15. Barcha ixtisoslikdagi rentgen, radiologiya va rentgenoradiologiya (kompyuter tomografiyasidan tashqari) boʻlimlari, boʻlinmalari, laboratoriyalari, guruhlari va kabinetlari. Toshlarni rentgen toʻlqini zarbi bilan masofadan turib maydalash boʻlinmalari. Kontrast va ichki yurak metodi bilan rentgen tadqiqotlari oʻtkazish markazlari, boʻlinmalari, kabinetlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, ionli nurlanish yoki radioaktiv moddalar bilan ishlash sohasidagi vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi, mutaxassislar lavozimlari.
3.16. Laboratoriyalar (boʻlimlar, boʻlinmalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, yuqumli kasalliklarning jonli qoʻzgʻatuvchilari (yoki kasal hayvonlar), kasalliklar paydo qiluvchi viruslar bilan ishlashda, qon, najas va siydikni analiz qilishda ishlaydigan, shu jumladan oq treponema immobilizatsiyasi reaksiyasini oʻtkazish boʻyicha doimiy ishlash uchun nazarda tutilgan vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qatʼi nazar, yuqumli kasalliklarning jonli qoʻzgʻatuvchilari (yoki kasal hayvonlar), kasalliklar paydo qiluvchi viruslar bilan ishlashda, qon, najas va siydikni analiz qilishda ishlaydigan, shu jumladan oq treponema immobilizatsiyasi reaksiyasini oʻtkazish boʻyicha doimiy ishlash uchun nazarda tutilgan kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.17. Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta tibbiyot xodimi (shu jumladan boʻlimlar, boʻlinmalar, laboratoriyalar rahbarlari, mudirlari (boshliqlari) va sanitarlar lavozimlari.
3.18. Patologoanatomiya byurolari (boʻlimlari, boʻlinmalari), murda toʻqimalari, organlari va qon tayyorlash (konservatsiyalash) boʻlimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar (vrach-patologoanatomlardan tashqari) oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.19. Aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun psixonevrologiya internat-uylari va internat-uylar, jismoniy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun internat-uylar, aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari (boʻlimlari), keksalar va nogironlar maxsus uylari.
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻysunishidan qatʼi nazar, ular shtatida turadigan koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda bemorlarga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan barcha nomlardagi vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari; direktorlar, direktor oʻrinbosarlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, boʻlimlar ichida ishlaydigan barcha kasblardagi ishchilar.
3.20. Sogʻliqni saqlash psixiatriya (psixonevrologiya muassasalari va 3.19-bandda sanab oʻtilgan ijtimoiy taʼminot muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari.
Direktor, bosh muhandis, sex boshligʻi, katta master va master, hisobchi, barcha kasblardagi ishchilar, ishlab chiqarish taʼlimi yoʻriqchilari, brigadir lavozimlari.
3.21. Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun psixiatriya (psixonevrologiya) muassasalari, psixonevrologiya internat-uylari, reabilitatsiya markazlari,keksalar va nogironlar maxsus uylari huzuridagi yordamchi qishloq xoʻjaligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjaliklar rahbarlari, mutaxassislar, shu jumladan agronomlar, zootexniklar, xizmatchilar, hisobchilar, barcha kasblardagi ishchilar, ommaviy kasblar ishchilarining ishlab chiqarish taʼlimi yoʻriqchilari, brigadirlar.
3.22. Ruhiy kasal bemorlar va sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, shu jumladan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot xodimi, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, kiyim-bosh omborchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
3.23. Militsiya boʻlinmalari kuchlari bilan qoʻriqlanadigan teri-tanosil dispanserlari statsionarlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Muassasa (boʻlim) shtatidagi barcha xodimlar.
3.24. Orqa miyasi shikastlangan, oyoq yoki qoʻllari va oyoqlari ishlamaydigan va chanoq-tos organlari funksiyasi buzilgan bemorlar uchun muassasalar (boʻlimlar, palatalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.25. Sogʻliqni saqlash muassasalarining: kuygan bemorlar; kuchli zaharlangan bemorlar; miyada qon aylanishi buzilgan nevrologik bemorlar; chala tugʻilgan bolalar uchun boʻlimlari (palatalari).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.26. Internat-uylardagi oʻrnidan turolmaydigan bemorlar uchun ijtimoiy taʼminot ixtisoslashtirilgan muassasalari va ularning boʻlinmalari, boʻlimlari (palatalari).
Oʻrnidan turolmaydigan bemorlarga bevosita xizmat koʻrsatadigan vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.27. Ambulatoriyada protezlash boʻlimlari va protez-ortopediya korxonalari statsionarlari.
Protez-ortopediya birlashmalari va korxonalari rahbarlari, muhandis-protezistlar, texnik-protezistlar, vrachlar, oʻrta va kichik xodimlar.
3.28. Barcha turdagi yiringli xirurgiya bemorlari uchun boʻlimlar (palatalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.29. Idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, muassasalar.
Vrach psixiatr-narkolog, psixoterapevt, psixiatr lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
IV boʻlim. Ularda ishlash sxemali lavozim (oylik) maoshlarini (stavkalarini) 30 foizga oshirish huquqini beradigan, sogʻliq uchun oʻta xavfli va mehnat sharoitlari oʻta ogʻir muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar
Keyingi tahrirga qarang.
4.1. Leprozoriylar: leprozorga qarshi boʻlimlar, palatalar, izolyatorlar, kabinetlar, punktlar.
Muassasa (boʻlim) shtatidagi barcha xodimlar.
V boʻlim. Ushbu Roʻyxatning I va III boʻlimlarida nazarda tutilgan ikki va undan koʻp asoslar boʻyicha sxemali lavozim maoshlarini 40 foizga oshirish huquqini beradigan sharoitlar mavjudligi munosabati bilan ularda ishlash sxemali lavozim (oylik) maoshlarini (stavkalarini) oshirish huquqini beradigan muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar
Keyingi tahrirga qarang.
5.1. Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot muassasalari hamda ularning tarkibiy boʻlinmalari.
Masalan: rentgenologiya boʻlimida ishlaydigan vrachlarga, oʻrta va kichik tibbiyot xodimiga lavozim maoshi 25 foizga oshiriladi. Tibbiyot xodimiga lavozim maoshlari 25 foizga oshiriladigan psixiatriya shifoxonasidagi ishini hisobga olgan holda esa zararli mehnat sharoitlari uchun jami 50 foiz emas, balki faqat 40 foiz ustama belgilanadi.
VI boʻlim. Ularda ishlash sxemali lavozim (oylik) maoshlarini (stavkalarini) 35 foizga oshirish huquqini beradigan muassasalar va ularning boʻlinmalari
Keyingi tahrirga qarang.
6.1. Patologoanatomiya byurolari (boʻlimlari, boʻlinmalari).
Vrach-patologoanatomlar.
VII boʻlim. Ularda ishlash sxemali lavozim (oylik) maoshlarini (stavkalarini) 60 foizga oshirish huquqini beradigan, OITSga chalingan bemorlarni davolash uchun moʻljallangan muassasalar va ularning boʻlinmalari
Keyingi tahrirga qarang.
7.1. OITSning oldini olish va unga qarshi kurashish markazlari.
OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni diagnostika qilish, davolash va ularga bevosita xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish bilan bogʻliq kasblardagi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
7.2. OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun moʻljallangan sogʻliqni saqlash muassasalari va muassasalarining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari.
OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni diagnostika qilish, davolash va ularga bevosita xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajaruvchi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
7.3. Sogʻliqni saqlash organlari tomonidan zimmasiga aholini OIV infeksiyasi yuzasidan tekshirish hamda OITS va OIV infeksiyasiga chalinganlardan olinadigan qon va biologik suyuqliklarni tekshirish yuklangan laboratoriyalar va sogʻliqni saqlash muassasalari guruhlari.
Aholi qonini va OITSga chalingan bemorlardan olinadigan materiallarni laboratoriyada barcha turdagi tekshirishlarni oʻtkazish ishlarini bajaruvchi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblari xodimlari lavozimlari.
7.4. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari.
Ilmiy xodim lavozimlari (shu jumladan boʻlinmalar rahbarlari, bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar).
Ilmiy-texnik xodimlar lavozimlari (katta laborantlar, laborantlar, preparatorlar).
OITS muammosi boʻyicha ilmiy mavzuni bajarish ishlariga jalb etilgan hamda OIV infeksiyasiga va OIV materiallari (shu jumladan hayvonlar) bilan potensial zararlangan bemorlar bilan bogʻliq ishlarni bajaradigan mutaxassislar, xizmatchilar va ishchilar (shu jumladan hayvonlarni parvarishlash boʻyicha ishchilar) lavozimlari.
7.5. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va ularning tarkibiy boʻlinmalari, shu jumladan bakteriya va virus preparatlari ishlab chiqarish sexlari.
OITS virusi va OIV infeksiyasi materiali bilan bogʻliq ishlarni bajaruvchi rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
VIII boʻlim. Ularda ishlash har bir ish soati uchun soatbay tarif stavkasini (maoshini) 50 foizga oshirish huquqini beradigan, OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan bevosita kontaktda boʻladigan sogʻliqni saqlash muassasalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari
8.1. OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan bevosita kontaktda boʻlish natijasida konsultatsiyalar, koʻzdan kechirish, tibbiy yordam koʻrsatish, sud-tibbiy ekspertiza va boshqa ishlarni amalga oshirishda band boʻladigan tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblari lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi boʻyicha uzluksiz ish stajini hisoblab chiqarish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat daftarchasi mutaxassislik boʻyicha ish stajini aniqlash uchun hujjat hisoblanadi.
1. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mutaxassisligi boʻyicha uzluksiz ish stajiga kiritiladigan vaqt davrlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar mutaxassislik boʻyicha ish stajiga kiritiladi:
vrachlar va provizorlar uchun — oliy yoki oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika maʼlumoti mavjud boʻlganda, vrachlik, farmatsevtika va oʻrta tibbiyot xodimlari lavozimlarida, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari lavozimlaridagi, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
mehnatga haq toʻlash boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tenglashtirilgan notibbiyot lavozimini egallab turgan mutaxassislar uchun:
mutaxassisligi boʻyicha ish vaqti;
oliy yoki oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika maʼlumoti mavjud boʻlganda, vrachlik, farmatsevtika va oʻrta tibbiyot xodimlari lavozimlaridagi, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
kichik tibbiyot xodimlari uchun — kichik tibbiyot xodimi lavozimlaridagi ish vaqti;
vrachlar, provizorlar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki ishlar va milliy xavfsizlik organlarida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari shtat lavozimlaridagi xizmat vaqti.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyida sanab oʻtilgan davrlardan bevosita oldin va bevosita keyin ustama haq olish huquqini beradigan ishda ishlaganlik sharti bilan uzluksiz ish stajiga kiritiladigan vaqt davrlari:
Keyingi tahrirga qarang.
mutaxassisligi boʻyicha malakasini takomillashtirish va oshirish kurslarida, shuningdek magistraturada, aspiranturada hamda doktoranturada oʻqish vaqti;
xodim amalda ishlamagan, lekin uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi toʻliq yoki qisman saqlanib qolgan vaqti, shu jumladan notoʻgʻri ishdan boʻshatish yoki boshqa ishga oʻtkazishda va keyinchalik uni ishga qayta tiklashda majburiy ishlamagan vaqti;
xodim ishlamagan, lekin oʻzining ish joyi (lavozimi)ni saqlab qolgan va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa olgan vaqti, bola 2 (3) yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan taʼtilda boʻlgan davrlardan tashqari;
davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishdagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoat tashkilotlari topshiriqlarini bajarishdagi ish vaqti.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari lavozimiga:
muassasalardan (boʻlinmalardan) ularni tugatish (qayta tashkil etish) yoki lavozimni qisqartirish, yoxud doimiy yashash joyini oʻzgartirish bilan bogʻliq holda ishdan boʻshatilgan kundan boshlab 3 oydan kechikmay;
muassasalardan (boʻlinmalardan) oʻz xohishiga koʻra (uzrli sababga koʻra), shu jumladan eri yoki xotini boshqa joyga oʻtkazilganda (oʻtkazish vaqti bir oy muddatga kiritilmaydi) ishdan boʻshatilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay. Oʻz xohishiga koʻra boʻshatilishida uzrli sabab deb eʼtirof etish amaldagi qonun hujjatlari tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
agar bevosita oldin ishlagan sogʻliqni saqlash muassasalarida (boʻlinmalarida) bir oydan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan taʼlim olgan boʻlsa, oliy, oʻrta maxsus tibbiyot oʻquv yurtlari, klinik ordinatura yoki aspiranturani tugatgandan keyin bir oydan kechikmay;
agar xizmat bevosita oldin muassasalarda (boʻlinmalarda) oʻtgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan boʻshatilgan vaqtdan boshlab koʻchib oʻtishga ketgan vaqtni hisobga olmagan holda 3 oydan kechikmay;
harbiy xizmatchi erini (xotinini) boshqa joyga oʻtkazishda ishdan boʻshatilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan boʻshatilishi munosabati bilan erining (xotinining) koʻchib oʻtishi bilan bogʻliq holda ishdan boʻshatilgan kundan boshlab 3 oydan kechikmay;
muassasalardan (boʻlinmalardan) boʻshatilishiga sabab boʻlgan vaqtinchalik nogironligi yoki kasalligi tugagandan keyin, shuningdek ushbu asoslarga koʻra boshqa ishga oʻtkazilgan hollarda bir oy mobaynida;
agar bevosita oldin ishlagan muassasalardan (boʻlinmalardan) pensiyaga chiqqan boʻlsa, yoshga doir pensiyaga, nogironlik pensiyasiga yoki uzoq yil xizmat qilganlik uchun pensiyaga chiqqanda;
agar xorijda bevosita oldin muassasalarda (boʻlinmalarda) ishlagan boʻlsa, chet ellardagi muassasalarda, boshqa davlatlarga texnik yordam koʻrsatish boʻyicha mutaxassis sifatida xalqaro tashkilotlardagi ishdan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgandan keyin 2 oydan kechikmay ishga kirganda uzluksiz ish staji saqlab qolinadi. Chet eldan yashash joyiga kelish hamda chet elda ishlagan vaqtida foydalanilmagan taʼtilda boʻlish vaqti mazkur ikki oylik muddatga kiritilmaydi.
Ushbu qoida xodimlar bilan birga chet elda boʻlgan oila aʼzolariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
| Tibbiyot muassasalari guruhlari |
Moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari: |
Moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari: | |||
| moddiy ragʻbatlantirishga | moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga | ||||
| I guruh | tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan umumiy budjet mablagʻlarining 5 foizigacha |
homiy va donor tashkilotlardan, shuningdek pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar |
mehnatga haq toʻlash uchun moʻljallangan budjet mablagʻlaridan tejam |
25% | 75% |
| II guruh | 35% | 65% | |||
| III guruh | 40% | 60% | |||
| IV guruh | 50% | 50% | |||
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Tejalgan mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda ushbu mablagʻlar xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha toʻlanmagan nafaqalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ–532-son qaroriga muvofiq kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2006-yilda qishloq vrachlik ambulatoriyalarini qishloq vrachlik punktlariga aylantirish dasturi
| Hududlar nomi |
QVA, jami |
shu jumladan 2006-yil mobaynida qayta oʻzgartiriladiganlari | |||
| I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 22 | 2 | 4 | 7 | 9 |
| Andijon viloyati | 0 | | | | |
| Buxoro viloyati | 11 | 1 | 2 | 3 | 5 |
| Jizzax viloyati | 11 | 1 | 2 | 4 | 4 |
| Qashqadaryo viloyati | 81 | 8 | 21 | 24 | 28 |
| Navoiy viloyati | 9 | 1 | 2 | 3 | 3 |
| Namangan viloyati | 6 | | 1 | 2 | 3 |
| Samarqand viloyati | 18 | 2 | 4 | 6 | 6 |
| Surxondaryo viloyati | 58 | 6 | 12 | 18 | 22 |
| Sirdaryo viloyati | 0 | | | | |
| Toshkent viloyati | 34 | 3 | 8 | 11 | 12 |
| Fargʻona viloyati | 54 | 7 | 10 | 16 | 21 |
| Xorazm viloyati | 21 | 2 | 5 | 6 | 8 |
| Respublika boʻyicha hammasi | 325 | 33 | 71 | 100 | 121 |
Sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻinining ambulatoriya-poliklinika muassasalarini umumiy amaliyot vrachi ish prinsipiga bosqichma-bosqich oʻtkazish dasturi
| T/r |
Maʼmuriy hududlar |
Sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini muassasalari soni |
shu jumladan: | Umumiy amaliyot vrachi ish prinsipiga oʻtkaziladigani |
shu jumladan yillar boʻyicha: | |||
| ambulatoriya-poliklinika muassasalari | 2006 yilda |
2007-yilda | 2008-yilda | 2009-yilda | ||||
| 1 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 188 | 174 | 66 | 14 | 16 | 18 | 18 |
| 2 | Andijon viloyati | 378 | 352 | 352 | 80 | 84 | 90 | 98 |
| 3 | Buxoro viloyati | 350 | 339 | 337 | 78 | 80 | 85 | 94 |
| 4 | Jizzax viloyati | 195 | 183 | 183 | 41 | 44 | 48 | 50 |
| 5 | Qashqadaryo viloyati | 329 | 312 | 312 | 73 | 75 | 81 | 83 |
| 6 | Namangan viloyati | 265 | 251 | 251 | 59 | 60 | 65 | 67 |
| 7 | Navoiy viloyati | 157 | 149 | 60 | 11 | 15 | 16 | 18 |
| 8 | Samarqand viloyati | 437 | 423 | 403 | 91 | 101 | 104 | 107 |
| 9 | Surxondaryo viloyati | 282 | 261 | 261 | 55 | 61 | 71 | 74 |
| 10 | Sirdaryo viloyati | 155 | 145 | 24 | 4 | 5 | 7 | 8 |
| 11 | Toshkent viloyati | 280 | 260 | 258 | 59 | 62 | 66 | 71 |
| 42 | Fargʻona viloyati | 290 | 270 | 56 | 11 | 12 | 14 | 19 |
| 13 | Xorazm viloyati | 181 | 171 | 50 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| | Respublika boʻyicha hammasi | 3487 | 3290 | 2613 | 587 | 627 | 678 | 721 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 380-modda; 2006-y., 25-26-son, 234-modda, 28-29-son, 274-modda, 43-44-son, 428-modda, 51-52-son, 507-modda, 516-modda; 2007-y., 17-18-son, 184-modda; 2008-y., 5-son, 20-modda; 2009-y., 9-son, 90-modda, 30-31-son, 344-modda, 52-son, 560-modda; 2011-y., 29-son, 302-modda; 2013-y., 50-son, 652-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 10-son, 108-modda; 2015-y., 24-son, 313-modda, 48-son, 607-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 37-son 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 03.12.2018-y., 09/18/976/2282-son, 17.12.2018-y., 09/18/1011/2320-son; 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 18.05.2022-y., 06/22/136/0425-son; 20.06.2023-y., 07/23/196/0402-son; 23.05.2024-y., 07/24/183/0362-son; 19.07.2024-y., 07/24/266/0533-son; 11.09.2024-y., 07/24/311/0700-son; 11.10.2024-y., 09/24/661/0808-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)