Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yevropa Ittifoqi bilan savdo iqtisodiy munosabatlar boʻyicha idoralararo kengashni tashkil qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi (YI) oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yevropa Ittifoqi bilan savdo iqtisodiy munosabatlar boʻyicha idoralararo kengash ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
*Ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar idoralararo kengash zimmasiga yuklansin:
YI bilan savdo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
3. Idoralararo kengashga (U.T. Sultonov):
bir oylik muddatda YI bilan savdo iqtisodiy munosabatlar boʻyicha qoʻshma qoʻmitani tuzish toʻgʻrisidagi bitim loyihasini tayyorlash va qoʻmitaning Oʻzbekiston tomoniga kengash aʼzolarini kiritish;
1995-yil aprel-may oylarida Bryussel (Belgiya) shahridagi YI shtab kvartirasida qoʻmitaning birinchi sayyor yigʻilishini oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari U.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 7-mart,
81-son