Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HAYʼATI AʼZOLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Markaziy apparati faoliyati samaradorligini oshirish, uni qishloq xoʻjaligini isloh qilishga doir Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirish talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi hayʼat tarkibi 15 kishidan iborat etib belgilansin.
2. Mansurbek Muslimbekovich Sultonov, Jumaboy Qoʻchqorov, Olim Otayev, Nosirjon Sobirovich Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼat aʼzolari etib tasdiqlansin va Rasulmat Husanov hayʼat aʼzoligidan ozod etilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarorining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 4-may,
215-son