Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
USTUVOR INVESTITSIYa LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh UChUN XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ustuvor investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlarining hamda donor mamlakatlarning moliyaviy resurslarini va grantlarini jalb etish jarayonida respublika davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga:
ustuvor investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularning portfelini shakllantirish, iqtisodiy rivojlantirish va tarkibiy oʻzgartirishlarning uzoq muddatli prognozlari va ustuvorliklari, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan Hukumat tomonidan belgilangan yoʻnalishlar asosida xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
xalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ularni jalb etish yuzasidan istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganish, umumlashtirish va takliflar tayyorlash;
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, moliyalashtirish tashkilotlariga qoʻyiladigan standartlarga toʻliq muvofiq holda ularni belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish;
investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi koʻrsatib oʻtilgan vazifalarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilishini taʼminlaydi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgustdagi 148-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 243-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklanishi munosabati bilan markaziy apparat xodimlari sonini 4 kishiga koʻpaytirishga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq xodimlarning qoʻshimcha soni taʼminotiga Davlat budjeti hisobiga mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgustdagi 148-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 243-modda)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-fevral,
58-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgustdagi 148-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 243-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda “146” raqami “150” raqami bilan almashtirilsin.
2. 1a-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 5-ilovada:
a) 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlarni ishtirok etishga faol jalb etish maqsadida ular bilan hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish”;
b) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ustuvor investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqadi va ularning portfelini shakllantiradi, uzoq muddatli prognozlar, rivojlantirish ustuvorliklari, tarkibiy oʻzgartirishlar, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yoʻnalishlari asosida xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
xalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ularni jalb etish yuzasidan istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi;
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishini, ular moliyalashtirish tashkilotlariga qoʻyiladigan standartlarga toʻliq muvofiq holda zarurat boʻlganda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi;
investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy qayta oʻzgartirishlar strategiyasidan kelib chiqib investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi”.
v) 16-bandda:
“bosh boshqarmalar” soʻzlaridan keyin “boshqarmalar” soʻzi qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Boshqarma boshliqlari maqomiga koʻra bosh boshqarma boshligʻiga, boʻlimlar boshliqlari — boshqarma boshligʻiga, guruhlar rahbarlari esa — boshqarma boshligʻining oʻrinbosariga tenglashtiriladi”;
uchinchi xatboshida “Iqtisodiyot vazirligining” soʻzlaridan keyin “boshqarma” soʻzi qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 70-modda; 2005-y.,32-33-son, 243-modda; 34—36-son, 264-modda)