Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASINI QABUL QILISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
Konstitutsiya komissiyasi taqdim etgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi toʻlaligicha qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-dekabr,
723-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 4-modda)