Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.11.2003 yildagi 493-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 07.11.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT—ChIMYoN—ChORVOQ DAM OLISh ZONASI AVTOMOBIL YOʻLINI MUKAMMAL TAʼMIRLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish maskanlariga olib boradigan avtomobil yoʻlida avtotransportning xavfsiz yurishini taʼminlash hamda haydovchi va yoʻlovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek avtosayyohlarning tobora koʻpayib borayotganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2003-yil va 2004-yilning birinchi yarmida Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini xalqaro standartlar darajasida mukammal taʼmirlash va qayta qurish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-koʻprik ishlarini loyihalashtirish va ularni bajarish boʻyicha — “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bosh buyurtmachi va bosh pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr uzatish tarmoqlarini koʻchirish ishlarini loyihalashtirish va ularni bajarish boʻyicha — “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bosh pudratchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tarmoqlarini koʻchirish ishlarini loyihalashtirish va ularni bajarish boʻyicha — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh pudratchi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini loyihalashtirish va taʼmirlash-qurilish ishlarini moliyalashtirish manbasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi (Respublika yoʻl jamgʻarmasi) “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomasi asosida 2003-yilning oxirigacha Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini loyihalashtirish, mukammal taʼmirlash va qayta qurish ishlari avanslashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2003-yilning 15-dekabrigacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda ishchi hujjatlar bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqsin va tasdiqlansin, ular asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika yoʻl jamgʻarmasining 2004-yilgi xarajatlar smetasida koʻrsatib oʻtilgan ishlarni moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yilning 1-iyuni Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini mukammal taʼmirlash va qayta qurishni tugallash muddati etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan obyekt qurilishida bevosita ishlayotgan barcha toifadagi xodimlarning oylik ish haqiga 1,3 koeffitsiyent belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining korxona va tashkilotlari Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlida ishlarni bajarish uchun olib kelinayotgan texnika, asbob-uskunalar, materiallar, avtotransport va ehtiyot qismlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) istisno tariqasida ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent viloyati va Toshkent shahar xokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida yer ajratilishi, imoratlar buzilishini va avtomobil yoʻli boʻyi obodonlashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xodimlar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishini, ular joylashtirilishini va ovqatlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzmetkombinat” birlashmasi “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomasiga koʻra Toshkent—Chimyon—Chorvoq dam olish zonasi avtomobil yoʻlini mukammal taʼmirlash va qayta qurish ishlarini belgilangan muddatlarda tugatish uchun zarur boʻlgan neft mahsulotlari va qurilish materiallari ajratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
493-son