27.10.2003 yildagi 466-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.10.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BURSEL—BOGʻOT TEKSTIL” OʻZBEKISTON—TURKIYA QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni taʼminlash va raqobatbardosh isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, Xorazm viloyatining mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlarida korxonalar barpo etish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorazm viloyati hokimligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Marubeni korporeyshn” (Yaponiya) va “Bursel tekstil” (Turkiya) kompaniyalarining Xorazm viloyatining Bogʻot shahridagi qurilishi tugallanmagan obyekt bazasida bir yilda 5,07 ming tonna kalava, 6,0 ming tonna trikotaj polotno va 4,21 million choyshab komplekti ishlab chiqaradigan “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bursel tekstil” firmasi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasining zarur miqdordagi ustav fondini shakllantirish majburiyatini oʻz zimmasiga olganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki qiymati 47,0 mln AQSH dollari miqdoridagi mashinalar, asbob-uskunalar va qurilish materiallarini yetkazib berish uchun kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash “Bursel tekstil” firmasining “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasi ustav fondiga 7,05 mln AQSH dollari miqdoridagi ulushi va Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining dastlabki 39,95 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti hisobiga amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bursel tekstil” kompaniyasi tayyor mahsulotning 80 foizi jahon narxlari boʻyicha eksport qilinishini taʼminlash majburiyatini olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning va kontraktning uzil-kesil qiymati texnik-iqtisodiy asoslash ekspertizadan oʻtkazilishi natijasiga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan krediti va u boʻyicha foizlar kredit shartnomasi shartlariga muvofiq “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzengsanloyiha” instituti “Bursel tekstil” firmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasida kalava, trikotaj polotno va tikuv buyumlari ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ekspertiza qilish uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Marubeni korporeyshn” va “Bursel tekstil” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan parametrlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli ekspertiza organlarining xulosalari natijalari asosida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishi parametrlari asosida Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki bilan belgilangan tartibda kredit bitimini hamda “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasining qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish uchun subqarz bitimini tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Asaka” bankining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha hamda “Asaka” bankiga “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasining majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolat berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari boʻyicha yuridik xulosani kredit bitimida belgilangan shakl boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasi obyekt qurilishini tugallash uchun respublika qurilish kompaniyalari oʻrtasida subpudrat shartlarida qurilish ishlarini bajarish uchun belgilangan tartibda tanlov savdolari oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasi, istisno tariqasida, obyekt foydalanishga topshirilgungacha boʻlgan davrda olib kelinayotgan texnologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va obyekt qurilishi uchun foydalaniladigan boshqa moddiy resurslar uchun, shuningdek mahsulot ishlab chiqarishning texnologiya jarayonida foydalaniladigan sarflash materiallari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga mehmonxonada yashaganlik va respublikada transportning barcha turlarida yurganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan chet ellik mutaxassislarga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha “Bursel—Bogʻot tekstil” qoʻshma korxonasida ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda ularga koʻp martalik yillik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
466-son