OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
YOʻLOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUGʻULLANAYoTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARI VA YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA QOʻYILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 28-iyunda 1377-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-sonli “Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1626, 05.10.2006-yil) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan, avtomobil transportida tashishlarni tashkil etish va boshqarishga javobgar boʻlgan yuridik shaxslar rahbarlarining va xususiy tadbirkorlarning kasb-malakasini aniqlash maqsadida buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari va xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisida nizom” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-aprel,
65-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 303-modda)