Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018 04.02.2004 yildagi 56-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018
Hujjat 01.01.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO, XORIJIY HUKUMAT TAShKILOTLARIDAN VA HUKUMATGA QARAShLI BOʻLMAGAN TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN TEXNIK KOʻMAK, GRANTLAR VA MURUVVAT YORDAMI MOLIYAVIY MABLAGʻLARINI HISOBGA OLISh SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlardan olinadigan texnik koʻmak, grantlar va muruvvat yordami moliyaviy mablagʻlarini hisobga olish samaradorligini oshirish, shuningdek noqonuniy “iflos” moliyaviy mablagʻlarni halollab olish imkoniyatlari va kanallarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Begʻaraz koʻmak doirasida tushadigan moliyaviy mablagʻlarga bank xizmati koʻrsatish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankining taklifiga rozilik berilsin hamda yuridik va jismoniy shaxslarga — texnik koʻmak, grantlar va muruvvat yordami oluvchilarga (shunday koʻmak boʻyicha) xizmat koʻrsatish, begʻaraz koʻmak oluvchilarni bank vositachilik haqi toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻrsatib oʻtilgan banklarning boʻlinmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki texnik koʻmak, grantlar va muruvvat yordami oluvchilarning hisob raqamlariga xizmat koʻrsatish uchun maxsus filiallarni belgilasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlari oluvchilarning Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan umumlashtiriladigan hisoboti asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar va tahliliy maʼlumotlarni taqdim etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 4-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-son