Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2006 04.02.2004 yildagi 54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARIGA AKSIZ MARKALARINING YaNGI NAMUNALARINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qarori)” toʻgʻrisidagi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, alkogolli va tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kelish va ishlab chiqarishning oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan choralarga qaramay, respublika hududida markalanmagan yoki qalbaki aksiz markalari bilan markalangan, kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan sifatsiz mahsulotlarni sotish hollari davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalaridagi himoyaning amaldagi darajasi ularni qalbakilashtirish va nusxa olish hollariga toʻliq barham berish imkonini bermayapti, natijada bozorda qalbaki markalar tez-tez uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markalarini qalbakilashtirish, sifatsiz va soxtalashtirilgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kelish va sotish hollarining oldini olish, shuningdek budjetga daromadlar toʻliq tushishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda himoyaning qoʻshimcha darajalarini joriy etish, shu jumladan golografik chiziq tushirish yoʻli bilan alkogolli va tamaki mahsulotlariga yopishtiriladigan aksiz markalarining himoyalanish darajasi kuchaytirilishini taʼminlaydigan va ularni qalbakilashtirish hollarini istisno etadigan yangi dizayni ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Olib kelinayotgan va ishlab chiqarilayotgan alkogolli va tamaki mahsulotlariga 2004-yil 15-fevraldan boshlab yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari amalda boʻlgan aksiz markalari bilan markalangan alkogolli va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2004-yil 15-avgustdan boshlab sotish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bir hafta muddatda Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki kun muddatda alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarni aksiz markalarining yangi namunalari joriy etilganligidan xabardor qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchilarning aksiz markalarining yangi namunalarini tayyorlash uchun buyurtmalari “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga oʻz vaqtida berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R. Azimov va M. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 4-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 54-modda)