Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ETIL SPIRTI IShLAB ChIQARUVChI KORXONALARNI BOShQARISh TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 879-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiniig ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3239-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Etil spirti ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, uning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotish va muomalaga chiqarishda qonunchilikning taʼminlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tuzilgan Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarning;
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi tarkibida “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etish;
bugʻdoydan etil spirti ishlab chiqaruvchi 1-ilovaga muvofiq korxonalarni, ularni tegishli ravishda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi tarkibidan chiqargan holda “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiritish toʻgʻrisida takliflari qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
spirt mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlari marketing tadqiqotlarini amalga oshirish va shu asosda yuqori sifatli va raqobatbardoshli mahsulotlarni barqaror ishlab chiqarishni taʼminlash, eksport potensialini kengaytirish;
etil spirtini ishlab chiqarish va undan foydalanishning har yilgi balanslarini ishlab chiqishda qatnashish;
tarmoq korxonalarida spirt sanoatini, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga, zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan yagona texnika siyosatini oʻtkazish;
etil spirtini noqonuniy ishlab chiqarish va sotishga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan belgilangan texnologiya shartlariga rioya qilinishi, davlat standartlari talablariga javob beradigan yuqori sifatli etil spirti ishlab chiqarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
spirt sanoati korxonalari uchun muhandis-texnik va ishchi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi va boshqaruv raisining oʻrinbosari lavozimga Kompaniya kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadilar;
“Oʻzspirtsanoat” aksyadorlik kampaniyasi boshqaruvi raisi lavozimiga koʻra “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kampaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga kompaniyaning ijro etuvchi apparati tashkiliy tuzilmasiga va shtat jadvaliga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
bugʻdoydan etil spirti ishlab chiqarish faqat “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan, yagona texnika siyosati va ishlab chiqarilayotgan spirt sifatini qatʼiy nazorat qilish asosida, spirtni alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalarda ishlab chiqarishni istisno qilgan holda amalga oshiriladi;
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan etil spirti ishlab chiqarish va undan foydalanishning har yilgi balanslarini tayyorlashda bevosita qatnashadi;
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasi kompaniya tarkibiga kiruvchi 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat ulushi hisobiga, kompaniyaning davlat aktivlarini “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasining ustav jamgʻarmasiga bergan holda shakllantiriladi.
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga berilgan davlat mulkini va aksiyalar paketini oʻzgalarga berish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparatining taʼminoti uning tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladigan mablagʻlar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan 4-ilovaga muvofiq tarkibdagi 7 kishidan iborat boʻlgan Kompaniya kengashi “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Kompaniya kengashi bir oy muddatda:
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish, kompaniya ustavini roʻyxatdan oʻtkazish va belgilangan tartibda tasdiqlash, bankda hisob raqamlari ochish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda kompaniya ustav jamgʻarmasining shakllantirilishini taʼminlasin;
kompaniyaning ijro etuvchi apparatini yuqori malakali kadrlar bilan butlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda xolding kompaniyaning ustav jamgʻarmasini ushbu qaror qoidalariga muvofiqlashtirsin.
7. “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi uning tarkibiga kiruvchi etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda 2004-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga etil spirti ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalarni litsenziyalash toʻgʻrisidagi yangi nizom qoidalariga muvofiq qayta rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni kiritsin.
8. “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, Abay koʻchasi, 6-uydagi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi binosiga joylashtirilsin.
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish uchun xonalar ajratsin, ularni zarur mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoybergenov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
21-son
Bugʻdoydan etil spirti ishlab chiqaruvchi, “Oʻzspirtsanoat”
aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar
roʻyxati
aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar
roʻyxati
1. “Qoʻqon spirt” ochiq aksiyadorlik jamiyati
2. “Andijon biokimyo zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati
3. “Yangiyoʻl biokimyo” ochiq aksiyadorlik jamiyati
4. “Toshkentvino” kombinati ochiq aksiyadorlik jamiyati
5. “Zarafshon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasini ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
“Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Kengashining tarkibi
| Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi | — | Xudoybergenov T.A. |
| Moliya vazirining oʻrinbosari | — | Joʻrayev T.I. |
| Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari | — | Salimov A.H. |
| Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari | — | Gadoyev E.F. |
| Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari | — | Yakovlev I.G. |
| “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi raisi | — | Ayupov A.M. |
| “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi | — | Najmiddinov I. X. |
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 18-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda)