Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2001 31.08.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 167
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Davarxitektqurilishqoʻmining
1995-yil 28-apreldagi 4-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vaziri muovini
V.S. Beganov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LOYIHA TAShKILOTLARI TOMONIDAN QURILISh USTIDAN MUALLIFLIK NAZORATINI AMALGA OShIRISh UChUN XARaJaTLAR MIQDORINI BELGILASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 31-avgustda 167-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 27-avgustdagi 139-mh-sonli buyrugʻiga asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyiha tashkilotlari tomonidan qurilish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlar miqdorlari obyekt qurilishining umumiy moʻljaliy (smeta) qiymati tarkibiga kiritiladi va umumiy moʻljaliy hisoblarning 1—9 boblariga muvofiq qurilishning moʻljaliy qiymatiga foizlarda belgilab quyidagi koʻrsatkichlarda aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUALLIFLIK NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎

Qurilishning moʻljaliy
‎qiymati mln. soʻm hisobida (smeta)
‎
‎‎

Qurilishning moʻljaliy.
‎qiymatiga foizlarda xarjlar
‎miqdorlari‎

Energetik qurilish‎

50 mln. soʻmgacha‎
‎50 mln. soʻmdan oshiq

0,18 foiz
‎0,08 foiz, 90 ming
‎soʻmdan kam emas‎

Sanoat va transport
‎qurilishi ‎

10 mln. soʻmgacha‎
‎10 mln. soʻmdan oshiq‎

0,18 foiz
‎0,08 foiz, ming
‎soʻmdan kam emas‎

Aloqa korxonalari, binolari
‎va inshotlari qurilishi‎

Qurilish moʻljaliy
‎(smeta) qiymatidan
‎qatʼiy nazar‎

0,08 foiz

Qishloq xoʻjaligi,
‎melioratsiya va suv
‎xoʻjaligi qoʻrilishi‎

10 mln. soʻmgacha
‎10 mln. soʻmdan 50 mln. soʻmgacha
‎50 mln soʻmdan oshiq‎

0,18 foiz ‎0,13 foiz,
‎18 ming ‎soʻmdan kam emas‎ ‎
‎0,08 foiz, 65 ming kam emas

Uy-joy fuqarolik
‎qurilishi‎

2 mln. soʻmgacha
‎2 mln. s�mdan oshiq‎

0,18 foiz
‎0,08 foiz, 3,6 ming
‎soʻmdan kam emas‎

‎ ‎ ‎

‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim, asoslangan zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishqoʻmi ijozati bilan, mualliflik nazorati uchun xarjlar miqdorlari umumiy moʻljaliy hisoblarning 1—9 boblariga muvofiq qurilishning moʻljaliy qiymatining 036 foizigacha boʻlgan hajmidan oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyiha tashkilotlari tomonlaridan qurilish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar loyiha (ish loyihasi) ishlab chiqilayotgan paytda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh loyihalashtiruvchi ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari ishtirokida qurilishning taqvimiy rejasini yoki har tomonlama yiriklashtirilgan katakli jadvalini tuzayotganda buyurtmachi bilan birga qurilishning barcha davri va qurilib bitkazilgan korxona, bino, inshootlarni foydalanishga qabul qilish paytlari uchun mualliflik nazorati oʻtkazilishining rejalik jadvalini tuzadilar va shu asosda “Qurilish uchun loyiha va qidiruv ishlari moʻljallarining (smetalarning) tuzish tartibiga oid Yoʻriqnoma”ga binoan 3-sonli shakli boʻyicha mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlar moʻljali (smetasi) belgilanadi. Taʼkidlangan xarjlar korxona, bino, inshoot qiymatining umumiy moʻljaliy (smeta) hisobining 10-bobiga alohida satr tarzida kiritiladi va 1—2 boblar bilan belgilangan hajmlardan oshmasligi shart, faqat bundan ushbu Tartib bilan koʻzda tutilgan hollar mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarjlar moʻljallarida (smetalarda) asosiy ijrochilarning ish haqlari inobatga olinadi va unga loyiha tashkilotlarining xarajatlari, loyiha tashkilotlarining taʼkidlangan yildagi loyiha va qidiruv ishlari olib borish boʻyicha xarjlar moʻljaldagi ushbu yuqoridagi xarjlarning solishtirma salmogʻiga mos tarzda foizlarda hamda 3 foiz miqdoridagi rejalik jamgʻaruvlari qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi loyiha tashkilotlari xodimlarining qurilish joyigacha va orqaga qaytish boʻyicha xarajatlari ushbu moʻljallarda (smetalarda) alohida satrda keltirib, buyurtmachi tomonidan ushbu Tartibning 1 va 2 boblarida koʻzda tutilgan miqdorlardan tashqari qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda moʻljalnomalarga (smetalarga) alohida nomlangan holda quyidagi ishlar ham kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarni tayyorlash va qurilishga chiqish oldidan loyiha-moʻljal hujjatlarini oʻrganib chiqish hamda 1.06.05-85 raqamli QQvaM (SNiP) loyiha tashkilotlarining korxonalar, binolar va inshootlar qurilish ustidan mualliflik nazorati toʻgʻrisidagi nizom 1, 5 bobi bilan koʻzda tutilgan tartibda mualliflik nazorati natijasida qabul qilingan qarori bilan loyiha tashkiloti tomonidan loyiha-moʻljal hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu ishlarga xarjlar loyiha tashkiloti mutaxassislarining qurilishga chiqqan har gali uchun 2—4 kishi ish kuni hisobidan belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik nazorati natijalariga koʻra qabul qilingan qarorlarni bosh va ixtisoslashgan loyiha tashkilotlari bilan, shu jumladan bordi-keldilar uchun zarur tegishli ammo, 5 kishi ish kunidan ortiq boʻlmagan vaqtini ham inobatga olgan holdagi, oʻzaro kelishiga oid ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik nazoratini amalga oshirishning taqvimiy muddatlari har bir loyiha tashkiloti boʻyicha xarjlar miqdorlari, buyurtmachilar bilan hisob-kitob tartiblari har yil uchun rasmiylashtirilgan shartnomalar bilan belgilanadi. Mualliflik nazoratini amalga oshirish uchun xarjlarni belgilashning taʼkidlangan (yuqorida zikr etilgan) tartibi 1995-yilning 1-mayidan boshlab tasdiqlangan loyihalar uchun amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yilning 1-mayigacha boʻlgan davrda tasdiqlangan umumiy moʻljallanmalarga (umumiy moʻljaliy-moliyaviy hisoblarga) kiritilgan mualliflik nazorati uchun xarjlar qayta hisoblab chiqilmaydi.