I. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining sug‘urta bo‘yicha: | |
(qiymatiga nisbatan foizlari) | |
kuzgi don ekinlari | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Andijon, Namangan viloyatlarida | — 4,0 |
Buxoro, Navoiy viloyatlarida | — 6,0 |
Jizzax, Toshkent viloyatlarida | — 7,0 |
Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida | — 9,0 |
qolgan viloyatlarda | — 10,0 |
bahorgi don va dukkakli don ekinlari (sholidan tashqari): | |
Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida | — 6,0 |
Qashqadaryo, Surxodaryo, Farg‘ona viloyatlarida | — 8,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda | — 10,0 |
sholi: | |
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida | — 2,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida | — 3,0 |
Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlarida | — 5,0 |
Surxondaryo viloyatida | — 7,0 |
qolgan viloyatlarda | — 8,0 |
g‘o‘za (texnika ekinlaridan tashqari): | |
�arg‘ona viloyatida | — 1,8 |
Buxoro viloyatida | — 2,8 |
Navoiy, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida | — 4,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida | — 5,0 |
Jizzax viloyatida | — 6,0 |
Samarqand viloyatida | — 9,0 |
qolgan viloyatlarda | — 3,0 |
texnika ekinlari: | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida | — 1,0 |
Namangan viloyatida | — 2,0 |
Navoiy viloyatida | — 3,0 |
Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida | — 9,0 |
qolgan viloyatlarda | — 4,0 |
kartoshka, sabzovat va poliz ekinlari hamda ularning urug‘lari (yopiq joyda o‘stiriladigan ekinlardan tashqari): | |
Namangan, Surxondaryo viloyatlarida | — 5,0 |
Jizzax, Samarqand viloyatlarida | — 7,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida | — 9,0 |
qolgan viloyatlarda | — 6,0 |
yopiq joyda o‘stiriladigan ekinlar: | |
Xorazm viloyatida | — 2,0 |
Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida | — 4,0 |
qolgan viloyatlarda | — 1,0 |
ozuqabop ekinlar va ularning urug‘lari (silos, ko‘k ozuqa uchun yetishtiriladigan makkajo‘xoridan hamda silosbop ekinlardan tashqari): | |
Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida | — 4,0 |
qolgan viloyatlarda | — 3,0 |
silos, ko‘k ozuqa uchun yetishtiriladigan makkajo‘xori va silosbop ekinlar: | |
Jizzax, Namangan viloyatlarida | — 3,0 |
Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida | — 5,0 |
Qashqadaryo viloyatida | — 6,0 |
Xorazm viloyatida | — 8,0 |
Buxoro, Navoiy viloyatlarida | — 10,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida | — 11,0 |
qolgan viloyatlarda | — 7,0 |
ko‘chatxonalar bo‘yicha — hamma yerda | — 2,0 foiz |
II. Qishloq xo‘jaligi hayvonlari, uy parrandalari, quyonlar, mo‘ynali hayvonlar, asalari oilalari sug‘urta bo‘yicha — ularning shu yilning 1-yanvaridagi balansda bo‘lgan (yo‘qlama qilish) to‘liq narxiga nisbatan quyidagi foizlarda (ish hayvonlarini sug‘urta qilishda — amortizatsiyani hisobga olgan holda): | |
qoramol: | |
Andijon, Xorazm viloyatlarida | — 1,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, qolgan viloyatlarda | — 0,5 |
cho‘chqalar: | |
Andijon, Xorazm viloyatlarida | — 1,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida | — 0,5 |
qolgan viloyatlarda | — 0,3 |
qo‘y va echkilar: | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Jizzax, Navoiy viloyatlarida | — 3,0 |
Andijon, Namangan viloyatlarida | — 2,0 |
yilqilar: | |
Andijon, Xorazm viloyatlari | — 1,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida | — 0,5 |
qolgan viloyatlarda | — 0,3 |
tuya, eshak va xachirlar: | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari | — 0,5 |
qolgan viloyatlarda | — 0,3 |
uy parrandalari: | |
Qashqadaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida | — 0,5 |
Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida | — 2,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida va qolgan viloyatlarda | — 1,0 |
asalari oilalari: | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Andijon, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida | — 2,0 |
Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida | — 1,0 |
qolgan viloyatlarida | — 0,5 |
mo‘ynali hayvonlar va quyonlar: | |
Toshkent, Xorazm viloyatlarida | — 2,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida va qolgan viloyatlarda | — 1,0 |
III. Binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha — amortizatsiyani hisobga olgan holda ularning shu yilning 1-yanvaridagi balansdagi (yo‘qlama qilish) to‘liq narxiga nisbatan, mahsulot, xomashyo v materiallar sug‘urta bo‘yicha esa — ularning balansdagi (yo‘qlama qilish) to‘liq narxiga nisbatan quyidagi foizlarda: | |
binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, kuch, ish mashinalari va boshqa mashinalar, transport vositalari, asbob-uskunalar hamda anjomlar: | |
Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida | — 1,0 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlarida | — 0,4 |
Jizzax, Samarqand viloyatlarida | — 0,2 |
qolgan viloyatlarda | — 0,3 |
mahsulot, xomashyo va materiallar: | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida | — 0,6 |
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida | — 0,5 |
qolgan viloyatlarda | — 0,4 |
ko‘p yillik dov-daraxtlar: | |
Qoraqalpog‘siton Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida | — 1,0 |
Andijon, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida | — 0,5 |
qolgan viloyatlarda | — 0,3 |
Ov, transport kemalari va boshqa kemalar, ov qurollari sug‘urtasi bo‘yicha hamma yerda | — 0,4 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.12.1993 yildagi 608-son
Кучга кириш санаси
23.12.1993
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.1997
|
Oldingi tahrirga qarang.
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-martdagi 125-son “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
“Sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkini tabiiy ofatlar va boshqa qutilmagan hodisalar oqibatidan ko‘proq darajada sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab xo‘jaliklararo tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasining barcha vazirliklari va idoralarining qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi joriy qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jaliklararo tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi O‘zbekiston Respublikasi davlat sug‘urta organlari tomonidan o‘tkaziladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili (bog‘lar va uzumzorlar hosilidan tashqari) qurg‘oqchilik, issiqlik yetishmasligi, ortiqcha namgarchilik, zax bosib chirish, ayoz, sovuq urishi, do‘l, jala, bo‘ron, dovul, suv toshqini, suvsizlik yoki sug‘orish manbalarida suvning kamayib ketishi, mazkur joy uchun xos bo‘lmagan ob-havo yoki boshqa tabiiy sharoitlar natijasida, shuningdek, o‘simliklar kasalliklari, zararkunandalari hamda yong‘in tufayli nobud bo‘lishi yoxud zararlanishi hodisasidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
6 oylik va undan katta yoshdagi qoramollar, qo‘y va echkilar, 4 oylik va undan katta yoshdagi cho‘chqalar, 1 yoshlik va undan katta yoshdagi yilqilar, tuyalar, xachirlar, eshaklar — tabiiy ofatlar, yuqumli kasalliklar, elektr toki urishi va yong‘in natijasida nobud bo‘lish (harom o‘lish, majburan so‘yish yoki yo‘q qilish) hodisasidan davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi kerak. Nasldorlik guvohnomasi bo‘lgan hayvonlar yuqumli kasalliklar va boshqa ko‘ngilsiz voqealar tufayli nobud bo‘lish hodisasidan ham sug‘urta qilingan hisoblanadi;
6 oylik va undan katta yoshdagi uy parrandalari, mo‘ynali hayvonlar, 4 oylik va undan katta yoshdagi quyonlar hamda asalari oilalari — tabiiy ofatlar, yuqumli kasalliklar va yong‘indan nobud bo‘lish (harom o‘lish, majburan so‘yish yoki yo‘q qilish) hodisasidan;
binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar, baliq ovlash va transport kemalari, boshqa mulklar—suv toshqini, bo‘ron, dovul, jala, do‘l, odatdagidan ko‘ra ko‘p qor yog‘ishi, o‘pirilish, ko‘chki, yer osti suvlari ta’sir qilishi, sel, yashin urishi, zilzila, yer cho‘kishi, yong‘in, portlash va falokatlar natijasida vayron bo‘lish yoki shikastlanish hodisasidan, qurg‘oqchilik, ayoz, o‘simliklar kasalliklari hamda zararkunandalari tufayli nobud bo‘lishi hodisasidan, po‘rtana, tuman, muz qatlami natijasida zararlanish, sayozlikka botib qolish hodisasidan davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi kerak.
3. Har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi uchun sug‘urta to‘lovlari qishloq xo‘jaligi korxonalarining hisobga olish va hisobot ma’lumotlari asosida davlat sug‘urta organlari tomonidan bir yilda ikki marta hisoblab chiqiladi va quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
To‘lash muddati o‘tkazib yuborilganda kechiktirilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida jarima (penya) undirib olinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasiga doir sug‘urta to‘lovlari stavkalarining miqdori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
5. Mol-mulkning muayyan turi bo‘yicha uch yil mobaynida sug‘urta qoplamasi to‘lanmagan qishloq xo‘jaligi korxonalariga sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha 10 foiz, to‘rt yil mobaynida to‘lanmagan bo‘lsa — 20 foiz, besh va undan ortiq yil davomida to‘lanmagan bo‘lsa — 30 foiz miqdorida imtiyozlar berilsin.
6. Qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkini sug‘urta qilish bo‘yicha Respublika zaxira jamg‘armasi quyidagilar hisobidan hosil qilinsin:
qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasiga doir to‘lovlardan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar;
qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha daromadlarning xarajatlardan ortiq bo‘lgan qismi.
Belgilab qo‘yilsinki, zaxira jamg‘armasi mablag‘lari respublika davlat sug‘urta Bosh boshqarmasining maxsus hisobida saqlanadi va qishloq xo‘jaligi korxonalariga sug‘urta qoplamasi to‘lash uchun mablag‘lar yetishmaganda undan foydalaniladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
7. Qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasiga oid to‘lovlardan ajratmalar quyidagi miqdorlarda belgilansin:
sug‘urta qilinishi kerak bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, hayvonlari va boshqa mulkning nobud bo‘lishi va zararlanishining oldini olish tadbirlari uchun — 1 foiz;
davlat sug‘urta organlari ishini yuritish, ommaviy-tushuntirish ishlarini olib borish va qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining sug‘urtasini o‘tkazish bo‘yicha boshqa xarajatlar uchun — 4 foiz.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda ushbu qarorni qo‘llanish bo‘yicha Yo‘riqnomani hamda sug‘urtalangan mol-mulkning nobud bo‘lishi va shikastlanishining oldini olish tadbirlari ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-apreldagi 116-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-avgustdagi 329-son qarori tahririda)
1. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining “Tabiiy ofatlar va boshqa noqulay ob-havo sharoitlari natijasida sovxozlar va boshqa davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari ko‘rgan zararni qoplash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1978-yil 1-iyundagi 499-son qarori yuzasidan 1978-yil 12-iyuldagi 397-son qarori;
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, sovxozlar va boshqa davlat korxonalarining mulkini davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” 1978-yil 10-oktabrdagi 596-son qarori;
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 10-oktabrdagi 596-son qarori bilan tasdiqlangan, sug‘urta qilinishi kerak bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlar, binolar, inshootlar, mol-mulkning nobud bo‘lishi va zararlanishining oldini olish bo‘yicha tadbirlari ro‘yxatini to‘ldirish va o‘zgartirish to‘g‘risida” 1979-yil 13-sentabrdagi 648-son qarori;
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining SSSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlar, shuningdek, sovxozlar va SSSR Davlat agrosanoat komiteti sistemasidagi boshqa davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlardan ajratmalar miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1980-yil 6-noyabrdagi 995-son qarori yuzasidan 1980-yil 19-noyabrdagi 776-son qarori (O‘zSSR QT, 1980-y., 11-son, 41-modda);
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Sug‘urta to‘lovlaridan ajratmalar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan sug‘urta qilinishi kerak bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkning nobud bo‘lishi hamda zararlanishining oldini olish tadbirlarining ro‘yxatini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 1986-yil 14-apreldagi 190-son qarori;
6. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozlarning mol-mulklarini davlat majburiy sug‘urtasidan o‘tkazish to‘g‘risida” 1990-yil 17-oktabrdagi 334-son qarori;