06.05.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 140
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qoidalari, 06.05.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 140
Кучга кириш санаси
06.05.1995
Hujjat 06.05.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLAYMAN”
Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Madaniyat ishlari
vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Moliya vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Adliya vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksponatlarni (koʻrgazma nusxalarini) xorijga olib chiqish hamda xorijda muzey fondi, jamoat va shaxsiy toʻplamlarning koʻrgazmalarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 6-mayda 140-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 23-dekabr 1994-yil 618-sonli qarorini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻrgazmalar va alohida eksponatlar chet elga Oʻzbekiston Respublikasi va chet el mamlakatlari oʻrtasidagi madaniy hamkorlik bitimlari asosida joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻrgazmalar va alohida eksponatlarni muzeylar va boshqa tashkilotlar oʻzaro almashuvi, faqatgina koʻrgazmani tashkil etayotgan muzey va idoraning yuqori tashkilotga buyrugʻi asosida manfaatdor tomonlarning tegishli shartnomalar asosida koʻrgazmani oʻtkazish sharoitlari, uning toʻlaligiga va zararlanmasligiga kafolat beruvchi, madaniy yodgorliklarni oʻz vaqtida qaytarish shartlari yuridik rasmiylashtirilgan holdagina amalga oshishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Koʻrgazmalar oʻtkazish haqidagi shartnomalarni tuzishda oʻz vaziyati, ishtirokidan maqsadi, oʻzaro foydali iqtisodiy hisob-kitob va kelajak rejalarini hisobga olish lozim. Shartnomada eksponatlarni joʻnatish katalog (eksponat tartibining roʻyxati) maʼlumotlari va boshqa hujjatlarni olish aniq vaqti, sugʻurta qilish va olib borish shartlari belgilanadi. Shartnomani buzishning mumkin boʻlgan shartlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat asosida olib borilayotgan koʻrgazmalar shartnomasida namoyishlar zalining maydoni haqini toʻlash shartlari koʻrsatiladi. Eksponatlardan foydalanish va asbob-anjomlar, mutaxassislarni jalb etish, qayta tiklash ishlari va boshqalar uchun haq toʻlash shartlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijda sanʼat asarlarini sotish masalasi boʻyicha avvaldan Madaniyat ishlari vazirligining nazorat xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishiladi. Sotuvdan tushgan mablagʻ budjetga toʻlovlar va koʻrgazma tashkilotchilarining vositachilik haqi toʻlangach, qolgani sanʼat asarining egasiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Badiiy koʻrgazmalarni almashishga egalik huquqi, ichki va tashqi bozorda sanʼat asarlarini sotish, ularni nazorat qilish va avaylab saqlash, Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan olib boriladi. Bu ishlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitalari bilan uzviy aloqada olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy koʻrgazma tarkibiga kiritilgan barcha muzey boyliklari majburiy sugʻurta qilinishi shart. Sugʻurta qilish koʻrgazmani joʻnatishdan oldin tashkilotlar biri tomonidan tuzilgan shartnomaga binoan va mavjud xalqaro meʼyorlar (normalar)ga binoan oʻtkaziladi. Eksponatlarning sugʻurtasi koʻrgazma davomida oʻz kuchini saqlashi, ularni joʻnatish, saqlash, namoyish va yigʻuv ishlari, koʻrgazmaning doimiy saqlanadigan joyiga qaytarilguncha boʻlgan muddatda boʻlishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplashni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Koʻrgazmada ishtirok etadigan eksponatlarni koʻrgazma tashkilotchilari tomonidan ishlab chiqilgan va yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan konsepsiyaga binoan tanlab olinadi. Eksponatlarni muzey fondidan tavsiya etish normalari koʻrgazma konsepsiyasiga muvofiq aniqlanadi, koʻrsatilgan koʻrgazma maydoni eʼtiborga olinadi va shartnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Eksponatlarni tanlab olishda asosiy eʼtibor asarlarning yaxshi saqlanish holatini aniq tekshirilganligi hamda holatini hujjatlashtirish va hujjatlarining toʻgʻriligiga katta eʼtibor berish kerak. Chet elga joʻnatilishi lozim boʻlgan alohida qimmatga ega boʻlgan eksponatlarni aniqlash uchun maxsus komissiya tuziladi. Uning tarkibi muzey muhofizlari, olimlar, taʼmirchilar kabi malakali mutaxassislardan iborat boʻladi, baʼzi vaziyatlarda zaruriyatga qarab oʻzlarining yozma xulosalari bilan rengenologlar ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Noyob eksponat hisoblangan, madaniyat va tarixiy yodgorliklar, chet el koʻrgazmalari uchun olib ketishga ruxsat etilmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nodir tarixiy madaniyat yodgorliklari roʻyxatida tasdiqlangan tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy qimmatga ega boʻlgan eksponatlarni koʻrgazma tarkibiga kiritish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koʻrgazma badiiy boyliklari iqlim sharoitlari, muzey va koʻrgazma xonalarining tartibi, tashib olib borish texnologiyasi, muzey eksponatlarining toʻlaligi qoidalariga javob bermaydigan, muzey mutaxassislari tomonidan oʻrganilmagan yoki shubha tugʻdiradigan mamlakatlarga koʻrgazmani yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda koʻrgazma oʻtkazish shartnomasida oʻzbekistonlik malakali mutaxassislarning koʻrgazma sharoitlari bilan oldindan tanishishi qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qimmatli badiiy sanʼat asarlarini chet ellarda ketma-ket 2-3 joyda namoyish etish maqsadga muvofiq emas. Eksponatlarni chet elda uzoq vaqt koʻrgazmalarga qoʻyilgan hollarda koʻrgazma oʻtkazish shartnomasida respublikadan taʼmirchi va boshqa mutaxassislarning asarlarni tekshirish uchun koʻrgazma oʻtkaziladigan joylarga borishlari koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Chet elda koʻrgazmaga qoʻyilgan badiiy qimmatli asarlar va boshqa madaniy yodgorliklar chet el koʻrgazmalari tarkibiga koʻrgazmalarni oxirgi marta oʻtkazilgan muddatidan 2-3 yil oʻtgach kirgiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Madaniy va tarixiy boyliklarni jamoat yoki yakka tartibda tashkilotlar, yoki birodarlashgan shaharlar oʻrtasidagi bevosita koʻrgazma almashish hollarida, koʻrgazma tarkibiga kirgizishda Madaniyat ishlari vazirligi bilan oldindan kelishish koʻzda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Chet elga joʻnatilayotgan koʻrgazmalarni, koʻrgazma oʻtkazilayotgan tomondan zarur boʻlgan miqdordagi malakali mutaxassislar kuzatib borishi kerak. Ularning zimmasiga shartnoma shartlarini taʼminlashni nazorat qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaxshi saqlanishini taʼminlash, ishonarli joylash, tashib olib borish, koʻrgazma namoyish etish va sanʼat yodgorliklarni respublikaga oʻz vaqtida qaytarib olib kelish ishlari yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muzey rahbariyatining masʼuliyatlari va boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek, koʻrgazmani boshqa yerga kuzatib boruvchi shaxslarning masʼuliyatlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan ifodalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Respublikadan tashqariga madaniy boyliklarni olib chiqishga Madaniyat ishlari vazirligining badiiy ekspertiza va madaniy boyliklarni chetga olib ketish boʻyicha nazorat boʻlimi tomonidan zarur hujjatlar vazirliklar, chet elga koʻrgazmani yoʻllovchi idora va tashkilotlar tomonidan tavsiya qilingandan soʻnggina ruxsat etiladi. Ruxsatnomani Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Davlat soliq qoʻmitasining 1-fevral 1995-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasiga madaniy yodgorliklarni olib kelish va vaqtincha olib chiqib ketishni nazorat qilishning tartibi haqida” gi Yoʻriqnomaga koʻra koʻrgazma joʻnatilishidan avval 10 kundan kam boʻlmagan muddatda rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekistondan madaniy yodgorliklar koʻrgazmasini chet ellarga olib chiqishga koʻrgazmani joʻnatish ishlarini ham hisobga olgan muddatda ruxsat etiladi. Koʻrgazma muddati uzaytirilishi mumkin boʻlgan holda, shuni tasdiqlovchi zaruriy hujjatlar berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Madaniy yodgorliklarni olib chiqib ketishda bojxona organlarining nazorat punktlarida ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Joʻnatish oldidan koʻrgazma yuklari tegishli hujjatlar tomonidan, koʻrgazmani joʻnatuvchi mamlakat va qabul qiluvchi mamlakat hududida amal qiluvchi qoidalarga binoan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bojxona yuk bayonnomasiga eksponatlar roʻyxati ilova sifatida barcha kerakli hujjatlar qoʻshib beriladi va eksponatlarning bahosi, ogʻirligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Koʻrgazma eksponatlarini joylash, joyidan-joyiga tashib olib borish, Madaniyat ishlari vazirligi tasdiqlagan muzey boyliklarini roʻyxatga olish va saqlash yoʻriqnomasi bilan belgilangan qoidalar boʻyicha bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Chet elga yuborilayotgan muzey boyliklarini yaxshi saqlanishi maqsadida koʻrgazma eksponatlarini bojxona tomonidan tekshirish va joylash, joʻnatuvchi muzey hududida albatta koʻrgazmani kuzatib boruvchi, saqlovchi va qayta tiklovchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nodir sanʼat asarlari va boshqa madaniy tarixiy yodgorliklarni olib borish qoʻriqlovchilar bilan bajariladi. Kerak boʻlgan hollarda buning uchun Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Temir yoʻl orqali madaniy boyliklarni tashib olib borish faqatgina yoʻlovchi poyezdi tezligida bajariladi. Avtotransportda koʻrgazma yuklarini tashiganda maxsus usti yopiq, eksponat joylashgan yashiklarni mahkamlab qoʻyuvchi moslamalar bilan jihozlangan mashinalarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Koʻrgazma yuklarini qabul qilib olish vaqtida eksponat solingan moslamalar, qutilar, tamgʻasiga diqqat bilan eʼtibor berish kerak. Yuk joylashuvining buzilganligi, yukning yetishmasligi, haqiqiy ogʻirligining yoʻl hujjatlarida koʻrsatilganidan farq qilishi, eksponatlarga zarar yetganligi maʼlum boʻlganda transport mutaxassislari ishtirokida akt tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vaqtincha olib chiqib ketilgan muzey boyliklari respublikaga qaytarib olib kelingandan keyin, koʻrgazmani chet elga joʻnatgan masʼul tashkilot tomonidan tayinlangan maxsus komissiya tekshiruvidan oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi chet ellarga ushbu qoida va boshqa amaldagi yoʻriqnomalarni buzgan holda olib chiqib ketish oqibati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan javobgarlikka tortiladi.