Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.11.1993 yildagi 573-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XOʻJALIGI TARMOQLARINING 1993 YIL YaNVAR—SENTYABR OYLARIDAGI ISh YAKUNLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikada iqtisodiyotni isloh qilish, xalq xoʻjaligi boshqaruvini takomillashtirish, kuch-gʻayratlar va resurslarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarida jamlash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar ishlab chiqarishni iqtisodiy barqarorlashtirish va oʻstirish tamoyilini mustahkamlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan yalpi ichki mahsulotni koʻpaytirishga erishildi. Davlat budjeti daromadlarni xarajatlardan oshirgan holda ijro etildi. Aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish taʼminlandi, eng kam ish haqi va pensiyalar miqdorlari yil boshidan buyon oʻrta hisobda 7 baravar oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining faoliyati xoʻjalik yurituvchi har bir subyektning imkoniyatlarini ochishga va ularni roʻyobga chiqarishga hali zarur darajada qaratilmagan. Amalga oshirilayotgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish koʻpincha miqdor koʻrsatkichlaridan iborat boʻlib qolyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi ishlarning ahvolini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, ushbu viloyatlarning hokimliklari, shuningdek, Paxtaobod va Xoʻjaobod, Bandixon, Jarqoʻrgʻon va Uzun tumanlarining rahbarlari iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlamayaptilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi (Ismoilov), “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi (Chjen) tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar hali ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish, ularning raqobatga qobilligini oshirishni taʼminlamayotir. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni (Mirzayev) ishida sifat oʻzgarishlari boʻlayotgani yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlaridan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan ishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni har tomonlama tahlil qilish, iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, ularning ishlab chiqarishning samaradorligiga yoʻnaltirilganligini taʼminlash yuzasidan amaliy choralar koʻrish, bunda Hukumatning 1993-yilga belgilagan topshiriqlarining soʻzsiz bajarilishiga alohida eʼtibor berish talab qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon va Surxondaryo viloyatlari hokimlari Q. Obidova J. Noraliyevning diqqat eʼtibori iqtisodiy islohotlarni oʻtkazishdagi mavjud kamchiliklarga, dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga, qoʻshma korxonalar tashkil etishga, mehnat resurslaridan samarali foydalanish masalalariga yetarli eʼtibor berilmayotganligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kadrlarga nisbatan talabchanlikni susaytirib yuborganliklari, iqtisodiy islohotlarni oʻtkazishdagi sustkashliklari, dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga yuzaki munosabatda boʻlganliklari uchun Jarqoʻrgʻon tumani hokimi O. Rahimov, Bandixon tumani hokimi N. Daminov, Paxtaobod tumani hokimi O. Rahimov, Xoʻjaobod tumani hokimi M. Mamatazizov va Uzun tumani hokimi E. Safarov ogohlantirilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi (Oʻ.Ismoilov), “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi (V.Chjen) va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni (Sh. Mirzayev) rahbarlarining eʼtibori ichki tarmoq tuzilmasini isloh qilish ishlarining yetarli emasligiga, ichki bozorni isteʼmol mollari va buyumlar bilan toʻldirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatga qobilligini oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi qoloqlikni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrmaganligi, ularning sifatini pasaytirib yuborganligi, eksportga mahsulot yetkazib berish boʻyicha belgilangan topshiriqni bajarishning past darajadaligi uchun “Oʻzqurilishmateriallari” konserni raisi I. Iskandarov ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vaziri (Boqiboyev)ga raqobat muhitini rivojlantirish, monopolist korxonalarning ortiqcha daromadlarini cheklashlaridagi tashabbuskorlikning yoʻqligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Hamidov), Moliya vazirligi (Boqiboyev), Markaziy bank (Mullajonov), Davlat mulki qoʻmitasi (Gʻafurov) vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shu yilning 10-dekabrigacha iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatning ustuvor va maqsadli vazifalarini roʻyobga chiqarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar va koʻrib chiqish uchun ularni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Hamidov), Mehnat vazirligi (Obidov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda, qishloqlardagi ortiqcha mehnat resurslaridan foydalanish maqsadida, qishloq tumanlarida sanoat va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari qurishni hamda foydalanishga topshirishni koʻpaytirish va jadallashtirish masalasini ishlab chiqsinlar va takliflar tayyorlab koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Tadbirkorlar uyushmasi ishtirokida Samarqand viloyati hokimligining xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha tajribasini oʻrgansinlar, shu yilning 15-dekabrigacha mazkur masala boʻyicha takliflar tayyorlasinlar va kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi (Boqiboyev) “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda shu yilning 15-dekabrigacha yoqilgʻi va kon qazib chiqarish tarmoqlarida tabaqalashtirilgan rentali toʻlovlarni qoʻllash yuzasidan takliflar taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat mulki qoʻmitasi (Gʻafurov) “Oʻzdavjamgʻarma” va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiylashtirilgan korxonalarning samarasiz ishlashi sabablarini oʻrganib chiqsin, tegishli takliflarni tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasiga bir hafta muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida tekshirishlarni tartibga solish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish va kiritish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirliklar, idoralar, pudratchi qurilish tashkilotlarining rahbarlari roʻyxatlarda nazarda tutilmagan obyektlar qurilishiga resurslar va mablagʻlarni ajratishni taqiqlasinlar, obyektlarni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha qurish faqat buyurtmachining materiallari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi Markaziy bank, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda Davlat nazorati qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa nazorat qiluvchi organlar ishtirokida shu yilning 1-dekabrigacha kredit resurslaridan, ayniqsa kapital qurilish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlardan, aniq maqsadlarda foydalanishga doir ishlarning ahvolini tekshirsin. Tekshirish natijalari Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlaridan bozor sharoitlari talablarini hisobga olgan holda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha oʻz faoliyatlarini tubdan qayta qurish, Hamdoʻstlik mamlakatlaridan oʻta taqchil mahsulotlarni keltirish boʻyicha barter operatsiyalarini belgilangan tartibda amalga oshirish va mahsulot yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni mustahkamlash maqsadida ichki resurslarni qoʻshimcha ravishda qidirib topish talab qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda bir oy muddatda vazirliklar, idoralar va korxonalarga jahon bozori konyunkturasi toʻgʻrisida axborot xizmati koʻrsatish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar shu yilning noyabr-dekabr oylarida oʻzlariga qarashli korxonalar va tashkilotlar tomonidan ishlatiladigan yoqilgʻi va energiyaning 20 foizgacha tejalishini taʼminlovchi aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi komplekslari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki xoʻjalik munosabatlarini isloh qilishga alohida eʼtiborni qaratgan holda davlat xoʻjaliklarini aksionerlik jamiyatlariga, kooperativlarga va jamoa mulkchiligining boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini joriy yilning oxirigacha tugallash chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari Q. J. Haqqulov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit resurslari va sarmoya mablagʻlaridan foydalanish samaradorligiga, ishga tushiriladigan obyektlarda ishlarni tugallashning qanday borayotganligiga alohida eʼtibor bersin, bunda Muborak gazni qayta ishlash zavodida yillik quvvati 2 mlrd kub metr boʻlgan 14-oltingugurt tozalash blokini, Koʻkdumaloq neft va gaz kondensati konida 22 ta quduqni ishga tushirishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari K. N. Toʻlaganov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarning qanday borayotganligini tahlil qilsin, pudrat ishlari bozorini shakllantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari T. M. Miryoqubov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va ashyoviy mollar bilan belgilangan meʼyorlar boʻyicha uzluksiz taʼminlash uchun 1994-yil boshigacha ularning koʻchma zaxiralarini barpo etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari U. T. Sultonov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining komplekslari bilan birgalikda eksportga mahsulot yetkazib berishdagi uzilishning sabablarini chuqur oʻrganib chiqsin va belgilangan topshiriqlarni soʻzsiz bajarish hamda Turkiya krediti boʻyicha tovarlar yetkazib berish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
573-son