30.12.1994 yildagi 631-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.12.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI, DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI TEXNIKA XIZMATI KOʻRSATUVCHI VA XIZMAT KOʻRSATUVCHI XODIMLAR TARKIBIGA KIRUVCHI SHAXSLARNING HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ ORGANLARI XODIMLARINING DAVLAT MAJBURIY SHAXSIY SUGʻURTASI BOʻYICHA SUGʻURTA PULI VA SUGʻURTA TARIFLARI MIQDORI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1995-yilning 1-yanvaridan boshlab “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi texnika xizmati koʻrsatuvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, soliq organlari xodimlarining davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi texnika xizmati koʻrsatuvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi esa xarajatlarni mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritish hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta puli quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari xodimlari uchun — eng kam ish haqining 80 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining texnika xizmati koʻrsatuvchi xodimlari tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun — eng kam ish haqining 80 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining xizmat koʻrsatuvchi xodimlari tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun — eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, sugʻurta toʻlovi amaldagi eng kam ish haqiga nisbatan quyidagi miqdorlarda bir yilda bir marta toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foiz — soliq organlarining xodimlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foiz — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining xizmat koʻrsatuvchi xodimlari tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foiz — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining texnika xizmati koʻrsatuvchi xodimlari tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi bir oy muddatda “Oʻzdavsugʻurta” ga davlat majburiy sugʻurtasiga olinishi kerak boʻlgan texnika xizmati koʻrsatuvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tarkibiga kiruvchi shaxslar roʻyxatini taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi texnika xizmati koʻrsatuvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda “Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasining texnika xizmati koʻrsatuvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari tarkibiga kiruvchi shaxslarni davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasiga olish qoidalarini hamda Soliq organlari xodimlarini davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasiga olish qoidalarini tasdiqlasin va barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa boʻlinmalarga yetkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R. R. Yunusov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
631-son