Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.03.2000 06.11.1993 yildagi 533-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.03.2000
Hujjat 06.11.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PUL MUOMALASINI BARQARORLAShTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORALAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 104-son “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SSSR Davlat banki va Rossiya bankining 1961—1992-yillarda chiqarilgan qogʻoz pullari sobiq SSSRning koʻpchilik mamlakatlari hududida muomalada boʻlishi toʻxtatilganligi munosabati bilan hamda respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bundan buyon, 1993-yilning 9-noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida farmoyishi chiqqunga qadar SSSR davlat banki va Rossiya bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi naqd rubl qogʻoz pullarini aholi tomonidan omonatlarga qoʻyishda quyidagi tartib oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud omonatlarini bir yoʻla 200 ming rubldan oshmaydigan mikdorda toʻldirishga, qoʻyilgan omonatlari boʻlmagan taqdirda esa shuncha miqdorda yangi omonatni qoʻyishga haqlidirlar. Ish haqi, pensiyalar, alimentlar, stipendiyalar va nafaqalarniig tushumlari boʻyicha naqd pulsiz oʻtkazilgan mablagʻlar ularda hisobga olinmaydi. Jamgʻarma bankining muassasalari omonatchining pasportiga kiritilgan omonat toʻgʻrisida belgi qoʻyadi, bu esa xodimning imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 200 ming rubldan ortiq boʻlgan omonat mablagʻlari alohida maxsus foizciz hicobga qabul qilinadi va bu omonatlar 6 oy muddatda ulardan foydalanish huquqisiz toʻxtatib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki va Jamgʻarma banki alohida maxsus foizsiz hisobga qoʻyilgan naqd pul mablagʻlarining manbalari toʻgʻrisida taqdim etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish va keyinchalik ulardan foydalanish tartibi haqida bir hafta muddat ichida takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma banki mahalliy muassasalarining Oʻzbekiston hududida propiskada turmagan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan shaxslardan omonatlarni qabul qilib olishi taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qoʻshimcha koʻrsatmalarini olgunga qadar yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni roʻyxatga olish hamda bank muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi schyotlar ochish toʻxtatib turilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻzda tutilayotgan tadbirlar munosabati bilan banklarga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga chakana savdoda va pulli xizmatlar sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblarning barcha shakllaridan kengroq foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror qatʼiy ijro etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror bilan respublika aholisini keng koʻlamda tanishtirish uchun u ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, banklarning barcha muassasalarida osib qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
533-son