Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2019 31.08.1995 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 168
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilishqoʻmining
1995-yil 28-apreldagi 4-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
“KELIShILDI”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vaziri muovini
V.S. BEGANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh NAZORATI ORGANLARINI TAʼMINLAB TURISh UChUN XARJLAR MIQDORINI BELGILASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 31-avgustda 168-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 16-oktabrdagi 473-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 168-1, 16.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashkilotlari va buyurtmachilar 1995-yil 1-maydan boshlab, Davarxitektqurilishnazorati amalga oshirish uchun umumiy moʻljaliy hisoblarning 1—9 boblari boʻyicha qurilishning moʻljaliy qiymatining 0,1 foiz miqdordagi xarjlarini koʻzda tutishlari lozim, ushbu xarjlar umumiy moʻljaliy hisoblarning (smetaning) 10 bobida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar obyektlarni qurilish-montaj ishlari bajarilayotgan joyda roʻyxatdan oʻtkazish (qayta oʻtkazish) chogʻida Davarxitektqurilish-nazorati organlari hisobiga, tegishli yilda bajarilishi lozim qurilish-montaj ishlari va roʻyxatdan oʻtkazish (qayta oʻtkazish) vaqtida amaldagi qiymatlardan kelib chiqib hisoblangan, ushbu organlarni taʼminlab turish uchun mablagʻlarning 25 foizini oʻtkazadilar. Navbatdagi toʻlovlar chorakma-chorak, har chorakning birinchi oyida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartib amalga kiritilguncha tasdiqlangan loyihalar boʻyicha Davarxitektqurilishnazorati organlarini taʼminlab turish uchun xarjlar qurilayotgan korxonalar direksiyalarini taʼminlab turish, shu jumladan texnik nazorat, mualliflik nazorati uchun moʻljallangan xarjlar evaziga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda hollarda ular koʻzda tutilmagan ishlar va xarjlar uchun zaxiralardan qoplanishi ham mumkin. Ushbu modda boʻyicha mablagʻlar boʻlmagan hollarda, koʻzda tutilgan mablagʻlar buyurtmachining asosiy faoliyati boʻyicha mablagʻlari evaziga yoki boshqa mavjud moliya manbalari evaziga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davarxitektqurilishnazorati organlari hisobiga oʻtkazilgan mablagʻlar doimiy va roʻyxatdan tashqari mulozimlar, tekshirish, mashvarat (konsultatsiya, maslahat), ekspertik xulosalari uchun jalb qilingan mutaxassislar maslahatlariga haq toʻlash; maxsus nazorat- oʻlchov qurollarini, asboblar bilan jihozlangan avtotransport xarid qilish va taʼminlab turish; xizmat xonalarini saqlab turish va ushbu organlar vazifalarini bajarishning oʻziga xos xususiyatlari, nazorati doirasidagi qurilish koʻlamlari va xususiyatlarini toʻla inobatga oladigan tasdiqlangan moʻljalnomalarga (smetalarga) muvofiq aloqa va devonxona (kanselyariya) buyumlari xarajatlari uchun sarflanadi. Oʻzga maqsadlar uchun sarflashga yoʻl qoʻyilmaydi. Yil oxiridagi pul mablagʻlari qoldigʻi musodara qilinmaydi va kelgusi yil ham ushbu maqsadlar uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davarxitektqurilishnazorati organlarini taʼminlab turish uchun xarjlar miqdorini belgilashning taʼkidlangan tartibi, 1995-yilning mayidan boshlab tasdiqlangan loyihalar uchun amalga kiritiladi.