24.08.1993 yildagi 426-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MARJON” OʻZBEKISTON—AMERIKA QOʻSHMA KORXONASINI
TASHKIL ETISH VA UNING SAMARALI ISHLASHINI
TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ jinslarini, foydali qazilmalarni qayta ishlashdan qoladigan chiqindilarni, balansdan chiqarilgan rudalarni qayta ishlash yoʻli bilan qimmatbaho metallar ishlab chiqishni koʻpaytirish, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor texnologiyasi va investitsiyalarini jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasining Marjonbuloq oltin qazib olish koni negizida Qoʻmita va “BRW Mayning i eksploreyshen ink” firmasi (AQSH) tomonidan taʼsis etiladigan “Marjon” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Marjon” qoʻshma korxonasining ustav fondi 24164 ming AQSH dollarini tashkil etishi, shu jumladan uning 12082 ming dollari yoki 50 foizi — bir joyga toʻplab suyuqlikda eritib ajratib olish texnologiyasi, asbob-uskunalar va foydalanish uchun materiallar koʻrinishidagi Amerika tomonining ulushi ekanligi hamda 12082 dollari yoki 50 foizi — togʻ jinslari, boyitish fabrikasining foydali qazilmani qayta ishlashdan qoladigan chiqindilari, balansdan chiqarilgan rudalar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari shoxobchalar va boshqalar koʻrinishida Oʻzbekiston tomonining ulushi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi dastlabki besh yilda Oʻzbekiston tomonining foydasidan respublika budjetiga 12082 ming dollar summada ustav ulushini qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Marjon” qoʻshma korxonasi ishlab chiqariladigan oltin va kumushni jahon narxlarida “Oʻzdavxazina”ga erkin almashtiriladigan valyutaga sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Marjon” qoʻshma korxonasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sherik — “BR” Mayning i eksploreyshen ink” firmasi daromadi ulushini firmaning xohishiga koʻra soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin respublika tashqarisiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻ jinslari, balansdan chiqarilgan rudalar va oltin qazib olish fabrikalarining chiqindilaridan oltin va kumush ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan miqdorda asbob-uskunalar, maxsus va yordamchi materiallar, kimyoviy reagentlarni boj va soliqlar toʻlamasdan chet eldan olish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oltin ishlab chiqarishni yanada kengaytirish uchun eng qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, “Marjon” qoʻshma korxonasi chiqindilar, togʻ jinslari va Marjonbuloq konining balansdan chiqarilgan rudalarini qayta ishlayajagini hisobga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar Oʻzbekiston Respublikasida “Marjon” qoʻshma korxonasining ishlash sharoitlarini yomonlashtiruvchi yangi normativ hujjatlar qabul qilingan taqdirda, “Marjon” qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatgan butun muddat mobaynida unga nisbatan qoʻshma korxona taʼsis etish toʻgʻrisidagi Shartnoma imzolangan paytda amalda boʻlgan normativ hujjatlar, shuningdek, ushbu qaror bilan qabul qilingan normalar qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Marjon” qoʻshma korxonasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Marjon” qoʻshma korxonasi roʻyxatga olingan kundan boshlab, xorijiy qatnashchining chet elga olib chiqib ketiladigan daromadiga solinadigan soliqdan tashqari, 5 yil muddatga soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan ozod qilinsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Marjon” qoʻshma korxonasiga qoʻshma korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi Protokolda kelishilgan badallar ustav fondiga oʻzbekistonlik muassislar tomonidan toʻlanishiga hukumat kafolatlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Marjon” qoʻshma korxonasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi qoʻshma korxonani ishlab chiqarish binolari, kommunikatsiya liniyalari bilan oʻz vaqtida taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqurilishmateriallari” konserni obyektlarni oʻz vaqtida ishga tushirishni taʼminlash uchun “Marjon” qoʻshma korxonasiga mahalliy qurilish materiallari (sement, gʻisht, ohak, shifer va boshqalar)ni amaldagi narxlar boʻyicha ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Marjon” qoʻshma korxonasining chet eldan (Turkiya, Sankt-Peterburg portlari) yetkazib berilayotgan yuklarini jadallik bilan tashishni va ularning qoʻshma korxona qurilish maydonlariga yetkazib berilishini amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati “Marjon” qoʻshma korxonasining Dore qotishmasini shartnoma boʻyicha qabul qilishni hamda konditsion oltin va kumush meʼyoriga yetkazishni taʼminlasin va sof holdagi mahsulotni toʻliq hajmda saqlash uchun “Oʻzdavxazina” ga topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Marjonbuloq oltin qazib olish konining chiqindilari, togʻ jinslari va balansdan chiqarilgan rudalaridan bir joyga toʻplab suyuqlikda eritib ajratib olish korxonasini ishga tushirishni jadallashtirish maqsadida Jizzax viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Marjon” qoʻshma korxonasiga ishlab chiqarishni tashkil etishda, xoʻjalik va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar, sogʻliqni saqlash obyektlari qurilishi uchun yer uchastkalarini oʻz vaqtida ajratishda, ichimlik suv bilan taʼminlashda va boshqalarda yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona xodimlarini va ushbu tuman aholisini mevalar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida “Marjon” qoʻshma korxonasining qishloq xoʻjaligi faoliyati uchun togʻ joylaridan 10 ga sugʻorilmaydigan yerni belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Marjon” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobidan Jizzax viloyatiga import tibbiy asbob-uskunalar va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlovchi asbob-uskunalar yetkazib berishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi tashabbusi maʼqullansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasining buyurtmanomasi boʻyicha “Marjon” qoʻshma korxonasida ishlovchi chet ellik qatnashchilar uchun koʻp martalik vizalar berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Marjon” qoʻshma korxonasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha mol-mulkning qoʻriqlanishini va ajnabiy fuqarolarning xavfsizligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzdavkimyokonsern” 1993-yilda Jizzax plastmassa zavodida bir joyga toʻplab suyuqlikda eritib ajratib olish usuli bilan oltin ishlab chiqarishda foydalaniladigan polimer plyonka ishlab chiqarishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari A. N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426-son