Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “KICHIK VA MIKRO MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
“Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki huzuridagi Moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi xodimlari, chet ellik maslahatchilar va ekspertlar ishlashi uchun joy berish, shuningdek, telefon aloqasi xizmatlari shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Markaziy bank tomonidan ulush qoʻshilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi loyihaga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qoʻshilayotgan ulush belgilangan tartibda hisobga olinishini taʼminlasin.
2. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 11-avgustdagi 348-son qaroriga 2-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 20-bandi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-avgust,
186-son
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro
moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga
oshirishni muvofiqlashtirish kengashi
TARKIBI
moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga
oshirishni muvofiqlashtirish kengashi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
| 1. Hakimov Sh.H. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari, kengash rahbari |
| 2. Musayev D.O. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari, kengash rahbarining oʻrinbosari |
| 3. Lavozimiga koʻra | — | Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi |
| 4. Joʻrayev Sh.J. | — | “Asaka-bank” boshqaruvi raisi |
| 5. Boymurodov A.J. | — | “Agrobank” ATB boshqaruvi raisi |
| 6. Umarov Z.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi direktori, kengashning masʼul kotibi |
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi.
(ilovaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Keyingi tahrirga qarang.