Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKINING BOShQARUVI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 265-son “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki toʻgʻrisida” 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarorining 3-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvining tarkibiga Boshqaruv Raisi va uning oʻrinbosarlari bilan bir qatorda lavozimiga koʻra:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Markaziy banki Boshqaruvining raisi;
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining raisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, shuningdek, milliy bankning quyidagi boʻlinmalari rahbarlari
operatsiyalar boshqarmasining boshligʻi;
tashkil etish va rejalashtirish boshqarmasining boshligʻi;
kredit bilan taʼminlash boshqarmasining boshligʻi;
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish boshqarmasining boshligʻi kiradilar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustavining 24, 25-moddalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 13-avgust,
413-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Ustavning 24-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqaruv bankining ijro etuvchi organ hisoblanadi, unga Rais boshchilik qiladi.
Boshqaruv Raisi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Boshqaruv Raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Boshqaruvning tarkibiga Boshqaruv Raisi va uning oʻrinbosarlari bilan bir qatorda lavozimiga koʻra:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi;
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining raisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, shuningdek, Milliy bankning quyidagi boʻlinmalari rahbarlari:
operatsiyalar boshqarmasining boshligʻi;
tashkil etish va rejalashtirish boshqarmasining boshligʻi;
kredit bilan taʼminlash boshqarmasining boshligʻi;
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish boshqarmasining boshligʻi kiradilar”.
2. Ustavning 25-moddasi quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bank Boshqaruvi Hukumatining valyuta-moliya munosabatlari, bank joriy faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi siyosatni Milliy bank tomonidan amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni kollegiallik va Boshqaruv aʼzolarining fikrini hisobga olish asosida koʻrib chiqadi. Boshqaruv qarorlari, agar Boshqaruvning roʻyxatdagi aʼzolarining toʻrtdan uch qismi uning uchun ovoz berganlari taqdirda qabul qilingan hisoblanadi”.