Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.08.1993 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IQTISODIY ISLOHOTLARNING BORIShI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XOʻJALIGI TARMOQLARINING 1993 YILNING BIRINChI YaRIM YILLIGIDAGI ISh YAKUNLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, shu yilning birinchi yarim yilligida respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xalq xoʻjaligini barqarorlashtirish, aholini oldindan ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish ishlari davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning eng muhim qarorlari yangilandi, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan qator qonun aktlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish jadallashtirildi, kichik biznes yanada rivojlantiriladigan boʻldi, raqobatlashadigan muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash shakllari kengaytirilmoqda. Xorijiy firmalarning ilgʻor texnologiyasi asosida tuzilayotgan qoʻshma korxonalarning soni ortib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv tuzilmalarini oʻzgartirish, xalq xoʻjaligini boshqarishning iqtisodiy, bozor usullariga asta-sekin oʻtish, davlat boshqaruvi va xoʻjalik faoliyati funksiyalarini boʻlish jarayonlari davom ettirildi. Xalq xoʻjaligining aksariyat tarmoqlari korporatsiyalar, uyushmalar va konsernlar orqali boshqarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishda makroiqtisodiy barqarorlikka muhim ahamiyat berildi. Agar 1992-yil yakunlari boʻyicha yalpi ichki mahsulotning pasayishi 9,6 foizni tashkil etgan boʻlsa, 1993-yilning birinchi choragida — 4,5 foizni, yarim yillik yakunlari boʻyicha esa — 3,3 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatda joriy yilning iyun oyida mahsulot ishlab chiqarishning oʻsishi 3,6 foizga taʼminlandi. Ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan 230 mlrd. soʻm foyda olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qattiq moliyaviy siyosat oʻtkazilishi, soliqlar yigʻish boʻyicha ishlarning faollashtirilishi yarim yillikni davlat budjeti daromadlarining xarajatlardan 80 mlrd. soʻmdan ortiq miqdorda ortiqcha tugallanishi imkonini berdi. Iqtisodiy islohot xususiylashtirish, dehqon (fermer) xoʻjaliklari tashkil etish sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi, “Oʻzmaishiyuyushma”, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xalq xoʻjaligidagi ahvol murakkabligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika sanoat korxonalarining uchdan bir qismidan koʻprogʻi oʻtgan yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmini pasaytirib yubordilar, mahsulotlarning 140 ta eng muhim turidan 76 tasi boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish pasayib ketdi. Ayniqsa oʻsish surʼatlarining ancha pasayib ketishiga “Oʻzdavkimyokonsern” (oʻrtoq Mirxoʻjayev) — 14,5 foiz, “Oʻzdavmetkonsern” (oʻrtoq Maqsudov) — 9 foiz, “Oʻzdavqishloqxoʻjalikmash” konserni (oʻrtoq Yusupov) — 5 foiz, Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi (oʻrtoq Najimov) — 6 foiz, yoʻl qoʻydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qancha rahbarlar iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda sifat jihatidan yangi bosqich — tub oʻzgarishlar davri boshlanayotganligini hali toʻla darajada anglab yetmayotirlar. Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi ishlarning ahvolini oʻrganish ham mana shundan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu viloyatlarda oʻtgan yilning ana shu davridagiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishi hajmining tegishlicha 19,9; 9,6 va 10,5 foizga pasayishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyo sanoati va qurilish materiallari sanoati korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmining qisqarib ketayotganligi ayniqsa tashvishlidir. Faqat Toshkent viloyati boʻyicha sintetik ammiak ishlab chiqarish 54,9 ming tonnaga, mineral oʻgʻitlar — 18,6, ammofos — 40,9 ming tonnaga, qurilish gʻishti — 33,6 mln dona, linoleum — 686,4 ming kv. metrga, deraza oynasi — 257 mkng kv. metrga qisqardi. “Oʻzqurilishmateriallari” konsernining (oʻrtoq Iskandarov) 63 xoʻjalik birliklaridan 26 tasi tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmini 1,2 mlrd soʻmga kamaytirdi. Sirdaryo viloyatida buyumlar ishlab chiqarishning oʻsish surʼatlari oʻtgan yilning ana shu davridagiga nisbatan 53,4 foizni, yogʻoch-taxta materiallari mahsulotlari boʻyicha tegishlicha — 16,7 va qurilish gʻishti boʻyicha — 49,4 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavkimyokonsern” (oʻrtoq Mirxoʻjayev) va “Oʻzqurilishmateriallari” konserni (oʻrtoq Iskandarov) rahbarlari oʻzlariga qarashli korxonalar va tashkilotlarga nisbatan zarur darajada talabchanlik koʻrsatmayaptilar, quvvatlardan samarali foydalanish yoʻllarini izlamayaptilar, ayrim ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonchilik sanoati kompleksida islohotni amalga oshirish jarayoni sust bormoqda. 179 ta norentabel ferma hozirga qadar jamoalar mulki qilib berilmagan. Ulardan 18 tasi Navoiy viloyatiga, 16 tasi Toshkent viloyatiga, 10 tasi Xorazm viloyatiga toʻgʻri keladi. Andijon, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida Hukumatning dehqon (fermer) xoʻjaliklarga yer ajratish toʻgʻrisidagi topshirigʻi qoniqarsiz bajarilmoqda. Bu viloyatlarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yer maydonlarining 13—30 foizi ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish kompleksini boshqarish va mablagʻ bilan taʼminlashning sifat jihatidan yangi prinsiplariga oʻtishi past surʼatlarda amalga oshirilmoqda, buyurtmachilar, pudratchilar va banklarning puxta oʻzaro kelishib harakat qilishiga erishilmagan. Natijada 53 ta muhim ishlab chiqarish obyektlaridan har ikkitasidan birida kapital mablagʻlarning yillik limiti atiga 30 foizga oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar koʻrib ishlovchi korxonalar soni kamaymayapti, Joriy yilning yanvar—may oylarida 848 korxona va tashkilot 13 mlrd soʻmlik zarar koʻrib ishlashga yoʻl qoʻydi. Zarar koʻrib ishlashga yoʻl qoʻygan korxonalarning eng koʻpi uy-joy-kommunal xoʻjaligida (tarmoq korxonalari va tashkilotlarining umumiy sonidan 56 foizi), transportda (30 foiz), savdoda (16 foiz)dir. Koʻrilgan barcha zararlarning deyarli yarmi transportga, beshdan bir qismi sanoat korxonalariga toʻgʻri keladi. Zarar koʻrib ishlovchi korxonalarning eng koʻpi Andijon va Navoiy viloyatlarida — 24 foizni, Samarqand viloyatida — 21 foizni, Sirdaryo viloyatida — 19 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, tashkilotlar va xoʻjaliklar ishidagi koʻrsatilgan kamchiliklar hamda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar Vazirlar Mahkamasining majmuilari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni zarur darajada taʼminlamaganliklari natijasida roʻy berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari har bir korxona va tashkilot boʻyicha birinchi yarim yillik yakunlarini chuqur tahlil qilsinlar, Hukumatning ushbu masala boʻyicha oldin qabul qilgan qarorlarini shak-shubhasiz bajarishni hisobga olgan holda bozor munosabatlarini rivojlantirishni chuqurlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sirdaryo viloyati hokimligining xalq xoʻjaligi tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni tashkil etish va amalga oshirishdagi ishi qoniqarsiz deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati hokimligi rahbariyatiga xalq xoʻjaligi tarmoqlariga rahbarlik qilishda jiddiy kamchiliklar mavjudligi va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tashkilotchilik ishlarining boʻshligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy ahvolning barqarorligini taʼminlash va viloyatda iqtisodiy islohotni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan hokim oʻrinbosari oʻrtoq Rahimboyev nazoratni boʻshashtirganligi va oʻziga boʻysunuvchi boʻlinmalar va xizmatlar ishidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrmaganligi uchun qattiq ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat obyektlarini xususiylashtirish boʻyicha qoniqarsiz ishlari uchun Davlat mulki qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha hududiy boshqarmasining boshligʻi oʻrtoq Lozitskiyga xayfsan eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jizzax viloyati hokimligining qoʻshma, kichik korxonalar va kooperativlarda xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etishdagi, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi hajmlarini oshirishni taʼminlashdagi qoniqarsiz ishlari qayd etib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻrsatib oʻtilgan viloyatlar rahbarlaridan Vazirlar Mahkamasida boʻlib oʻtgan majlis muhokamasidan jiddiy xulosalar chiqarib olish, xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi qoniqarsiz ishlarning ahvolini tuzatish uchun zudlik bilan zarur chora-tadbirlar koʻrish talab qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tarmoqqa qoniqarsiz rahbarlik qilganligi, mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlarning muntazam bajarilmaganligi va zarur darajadagi intizomning yoʻqligi uchun “Oʻzdavkimyokonsern” raisi oʻrtoq Mirxoʻjayevga qattiq xayfsan eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrtoq A. N. Voznenko tarmoqdagi ishlarning ahvolini, shuningdek, oʻrtoq Mirxoʻjayevning faoliyatini jamoada muhokama qilsin, uning mazkur lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqsin va taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzqurilishmateriallari” konsernining raisi oʻrtoq Iskandarovga ishdagi kamchiliklari, ishlab chiqarish surʼatlarining pasaytirib yuborilganligi va oʻziga qarashli korxonalar, tashkilotlar rahbarlariga nisbatan talabchanlikni boʻshashtirib yuborganligi, respublikaning qurilish materiallariga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (oʻrtoq Hamidov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga shu yilning birinchi yarim yilligida xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarini chuqur tahlil qilish asosida 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbolini belgilashni va budjetni tayyorlash ishlarini avj oldirsin va ularni 1993-yil noyabr oyida koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda energiya manbalariga narxlarni bundan buyon qoʻyib yuborish zaruratidan kelib chiqib shu yilning 1-oktabriga qadar respublika xalq xoʻjaligida energiya va resurslarni tejash tamoyilini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetda nazarda tutilgan xarajatlarni oldingi oyda haqiqatda olingan daromadlar doirasida har oyda mablagʻ bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan qoʻshimcha mablagʻ ajratish haqidagi takliflarni boshqa moddalar boʻyicha daromadlarni koʻpaytirish yoki xarajatlarni qisqartishni taʼminlaydigan tadbirlar mavjud boʻlgan holdagina koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha rentabellik normativlarini ishlab chiqsin va Hukumat tasdigʻiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika korxonalari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga shartnoma narxlar qoʻyishni shakllantirishning iqtisodiy oʻziga xosligini muntazam ravishda tahlil qilishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat soliq bosh boshqarmasi (oʻrtoq Gataulin):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tadbirkorlik faoliyatidan daromad oluvchi soliq toʻlovchilarning yagona birxillashuvi tizimini tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimi asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaziy bank (oʻrtoq Mullajonov)ga tijorat banklari bilan birgalikda quyidagilar tavsiya qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan kredit resurslaridan foydalanishning samaraliligini chuqur tahlil etish. Raqobatga qobil boʻlmagan, mahsulotlari talab qilinmaydigan ishlab chiqarishlarga kredit berishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrish, zarar koʻrib ishlovchi korxonalar uchun bundan keyin har qanday kreditni undan foydalanish Hukumat darajasida puxta koʻrib chiqilgandan keyin ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda iqtisodiyotda hisob-kitoblarning ilgʻor shakllarini joriy etish, veksel muomalasini rivojlantirish, hisob-kitoblarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun bank muassasalarining javobgarligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat mulki qoʻmitasi (oʻrtoq Gʻafurov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda davlat mulki qiymatini uni indeksatsiyalashni hisobga olgan holda belgilash tartibi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar bilan birgalikda zarar koʻrib ishlaydigan va past rentabelli davlat korxonalarining birinchi navbatda xususiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mehnat vazirligi (oʻrtoq Obidov) ikki hafta muddatda iqtisodiy islohotlar chuqurlashuvi va narxlarning erkinlashtirilishi sharoitlarida aholini moʻljalli ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tayyorlashni tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (oʻrtoq Kakemov), “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni (oʻrtoq Mirzayev), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (oʻrtoq Usmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning qanday borayotganligini har bir xoʻjalik boʻyicha batafsil oʻrganib chiqsinlar hamda Hukumatning tegishli qarori shak-shubhasiz bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va konsernlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida tugallanmagan qurilishlarni, oʻrnatilmagan asbob-uskunalar qoldiqlarini keskin qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsinlar va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirliklar va idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar rahbarlarining diqqat-eʼtibori korxonalar va tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini yaxshilash boʻyicha ishlarning yetarli emasligiga qaratilsin. Ulardan korxonalarning zarar koʻrib ishlashlarini bartaraf etish, ularning moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish boʻyicha mukammal chora-tadbirlar koʻrish va 9 oy yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslarida koʻrib chiqish uchun hisobot tayyorlash talab qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining komplekslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalarning hisobotlarini koʻrib chiqsinlar va zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasi komplekslari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I. H. Joʻrabekov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda iqtisodiy oʻzgartirishlarning borishini, chorvachilik fermalarini xususiylashtirish, davlat xoʻjaliklarini mulkchilikning boshqa shakllariga oʻtkazish, zarar koʻrib ishlovchi korxonalarni tugatish, dehqon (fermer) xoʻjaliklariga yer ajratish va boshqa masalalarni hal etishni nazarda tutgan holda, koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq A. N. Voznenko:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavkimyokonsern” tizimidagi ishlarning ahvolini oʻrganib chiqsin hamda ishlab chiqarish surʼatlarini oshirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin, mineral oʻgʻitlarning alohida muhim turlarini va xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga bundan keyin yoʻl qoʻymasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon (fermer) va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning rivojlanishini hisobga olgan holda kichik hajmli texnika ishlab chiqarishni kengaytirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq T. M. Miryoqubov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisiga meʼyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyoj mollari Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlarga muvofiq toʻla hajmda sotilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, maishiy xizmat va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish sohalaridagi zarar koʻrib ishlaydigan korxonalarni tekshirib chiqsin. 1993-yilning oxirigacha kompleksdagi har bir soha korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish, moslashtirish, birlashtirish yoki tugatish yoʻli bilan ularning zarar koʻrib ishlashlarini bartaraf etishning aniq chora-tadbirlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K. N. Toʻlaganov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi darajali xalq xoʻjaligi obyektlarining ishga tushirilishini taʼminlasin, ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga tayyor holda qurishni kengaytirsin, qurilish-montaj ishlari qiymati indeksatsiyalashtirilishining asoslanganligini aniqlasin, amaldagi normativlar qoʻllanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq M. Q. Qoraboyev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga qarashli tarmoqlarda islohotlarning qanday borayotganligini chuqur tahlil qilsin va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida ijtimoiy sohani rivojlantirish konsepsiyasini tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq Oʻ. T. Sultonov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el firmalari bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin va taklif etilayotgan kontraktlarning maqsadga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazsin. Bir oy muddatda rublga litsenziya bilan sotiladigan tovarlar uchun kvota belgilash va uni amalga oshirishni amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi (oʻrtoq Sharipov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo ayirboshlashning oʻzaro foydaliligini taʼminlashni hisobga olgan holda hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlarining zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400-son