Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOʻLOVChILARNING MAJBURIY ShAXSIY DAVLAT SUGʻURTASI BOʻYIChA SUGʻURTA SUMMALARI VA SUGʻURTA TARIFLARI MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan 2015-yil 28-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida chipta sotib olgan har bir yoʻlovchi uchun 500000 soʻm miqdorida belgilansin;
|
sugʻurta toʻlovi: |
|
|
havo, temir yoʻl va ichki suv transporti yoʻllarida |
25 soʻm |
|
avtomobil transporti yoʻllarida |
|
|
|
|
| 100 soʻmgacha boʻlganda |
4 soʻm |
| 101 soʻmdan 200 soʻmgacha boʻlganda |
6 soʻm |
| 201 soʻmdan 500 soʻmgacha boʻlganda |
10 soʻm |
| 501 soʻm va undan yuqori boʻlganda |
25 soʻm |
Sugʻurta toʻlovi chipta qiymatiga qoʻshiladi hamda yoʻlovchidan transport korxonasi tomonidan undirib olinadi.
Sugʻurta summalar va tariflari miqdorlari inflatsiya darajasiga koʻra indeksatsiyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat cygʻurtasini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn kun muddatda havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarini majburiy shaxsiy davlat sugʻurta qilish qoidalarini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-iyul,
379-son