Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOʻLOVChILARNING MAJBURIY ShAXSIY DAVLAT SUGʻURTASI BOʻYIChA SUGʻURTA SUMMALARI VA SUGʻURTA TARIFLARI MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan 2015-yil 28-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasining transport vositalariga chipta sotib olgan havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summasi har bir yoʻlovchi uchun eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida, toʻlov miqdori — eng kam oylik ish haqining 0,2 foizi miqdorida belgilansin.
Xorijiy erkin almashtiriladigan valyutaga chipta sotib olinganda sugʻurta summasining miqdori 20000 dollar, toʻlov miqdori — 2 dollar, yoxud ushbu summaning boshqa xorijiy valyutadagi teng qiymati miqdorida belgilansin.
Sugʻurta toʻlovi chipta qiymatiga qoʻshiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-apreldagi 217-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat cygʻurtasini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn kun muddatda havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarini majburiy shaxsiy davlat sugʻurta qilish qoidalarini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-iyul,
379-son