Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI FEDERATSIYASI KENGAShINING QURILAYOTGAN MAʼMURIY BINOSINI TOShKENT ShAHAR HOKIMLIGINING MEHMONXONASIGA MOSLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining qurilayotgan maʼmuriy binosi Toshkent shahar hokimligi mehmonxonasi kompleksiga moslashtirilsin.
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi 1994-yilda mehmonxona kompleksi qurilishini nihoyasiga yetkazish uchun Toshkent shahar hokimligiga zarur mablagʻlap ajratishni nazarda tutsinlar.
3. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Ishlar boshqarmasi qurilayotgan “Uyushmalar uyi” maʼmuriy binosini 1993-yil 1-apreldagi holatiga koʻra Toshkent shahar hokimligiga bersin.
Toshkent shahar hokimligi mehmonxona kompleksi foydalanishga topshirilgandan keyin undan birgalikda foydalanish va foydani uning qurilishiga sarflangan mablagʻlapga mutanosib ravishda taqsimlash toʻgʻrisida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Ishlar boshqarmasi bilan shartnoma tuzsin.
4. Toshkent shahar bosh rejalashtirish ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti maʼmuriy binoni mehmonxona kompleksiga moslashtirish boʻyicha loyiha ishlarini bajarsin hamda ishchi hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishilgan muddatda bersin.
5. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi taqdim etilgan asoslangan materiallarga muvofiq mehmonxona qurilishiga moddiy-texnika resurslari va asbob-uskunalar ajratsin.
6. Toshkent shahar hokimligi, “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi mehmonxonani 1994-yilning birinchi yarim yilligida foydalanishga topshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
7. “Oʻzsanoatqurilishbank”ka 1993-yilda maʼmuriy binoni qayta moslashtirish va Toshkent shahrida mehmonxona kompleksi qurilishi boʻyicha bajariladigan ishlarni Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyundagi 300-son qaroriga muvofiq imtiyozli mablagʻ bilan taʼminlashga ruxsat berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
Kengashining Raisi B. Allamurodov
Kengashining Raisi B. Allamurodov
Toshkent sh.,
1993-yil 22-iyul,
372-son