Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JAMGʻARMA BANKI MUASSASALARIDA OMONATNING YaNGI TURINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi jamgʻapma banki muassasalarida pul mablagʻlarini saqlashdan manfaatdorligini oshirish va aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yil 1-iyuldan boshlab aholining pul daromadlarini ular boʻyicha yiliga 80 foiz miqdorda daromad toʻlagan holda 1 yil muddatga omonatlarning depozit schyotlariga qabul qilish joriy etilsin.
2. Depozit schyot boʻyicha omonatning eng oz miqdori 100 ming soʻm etib belgilansin.
3. Aholining depozit schyotlarga qabul qilingan pul mablagʻlari qisqa muddatli kredit resurslari sifatida tijorat banklari muassasalarida joylashtirilsin va mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnoma asosida berilsin.
4. “Oʻzjamgʻarmabank” depozit omonatlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini hamda ularni tijorat banklarida va xoʻjalik organlarida joylashtirish tartibini 5 kun muddatda ishlab chiqsin.
5. Barcha tijorat banklariga omonatlarning shunga oʻxshash turini joriy qilish tavsiya etilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 8-iyul,
336-son