Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “DINIY TAShKILOTLAR USTAVLARINI ROʻYXATGA OLISh ROʻYXATGA OLINGANLIK UChUN YIGʻIMLARNI OLISh TARTIBINI VA ULARNING MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 1991-YIL 18 DEKABRDAGI 313-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Milliy valyutaning joriy qilinishi va diniy tashkilotlarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlar undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Diniy tashkilotlar ustavlarini roʻyxatga olish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalarini, roʻyxatga olinganlik uchun yigʻimlarni olish tartibini va ularning miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1991-yil 18-dekabrdagi 313-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-yil, 12-son, 40-modda) ga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
2-banddagi “2000 soʻm”, “1000 soʻm”, “500 soʻm”, “200 soʻm” soʻzlari tegishli ravishda “eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida”, “eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida”, “eng kam ish haqining besh baravari miqdorida”, “eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-dekabr,
596-son