Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYALARI AʼZOLARINING GONORARLARI, DOKTORANTLAR VA ASPIRANTLARNING STIPENDIYALARI MIQDORINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaning ilmiy salohiyatini saqlash va mustahkamlash, ilmiy faoliyatni ragʻbatlantirish, yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlash sifatini oshirish hamda olimlar, doktorantlar va aspirantlarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi va muxbir aʼzosi unvoni uchun oylik gonorarlar, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari miqdori shu yilning 1-dekabridan boshlab ilovaga muvofiq belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, unvonlar uchun gonorarlar va stipendiyalar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 1-dekabr,
578-son
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi va muxbir aʼzosi unvoni uchun gonorarlar, doktorantlar va aspirantlar stipendiyalarining miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
|
|
Bir oylik gonorar, |
| 1. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi (akademik) | Respublikada belgilangan eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida |
| 3. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi | Fanlar akademiyasi akademigi gonorari miqdorining 70 foizi |
| 4. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi | Fanlar akademiyasi akademigi gonorari miqdorining 50 foizi |
(jadvalning 2, 5 va 6-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Keyingi tahrirga qarang.