18.10.2005 yildagi PQ-203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda huquqiy demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishning gʻoyat muhim sharti aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirishdan, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning amaliy ishtirokidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda aholining huquqiy savodxonligi, siyosiy madaniyatini oshirishga, fuqarolarning xilma-xil huquqiy axborotlardan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratishga, shuningdek, davlat-huquqiy va sud tizimini takomillashtirishning dolzarb muammolarini hal etishga koʻmaklashishi lozim boʻlgan huquqiy davriy nashrlar muhim rol oʻynaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining siyosiy-huquqiy masalalari, qonun ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotini yoritadigan 8 ta yuridik jurnal (umumiy tiraji 55 ming nusxadan koʻproq) chop etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga yuridik jurnallarning mazmuni hali zamon talablariga toʻliq javob bermaydi. Mavjud nashrlar oʻz mazmun yoʻnalishi va maqsadli vazifalarini belgilab beruvchi chuqur oʻylangan, aniq oʻquvchilar doirasiga moʻljallangan konsepsiyaga ega emas. Mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning dolzarb siyosiy-huquqiy masalalariga tegishli darajada eʼtibor berilmayapti. Jurnallar tahririyati mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad-vazifalari va mazmun-mohiyatini anglaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan yetarlicha taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-huquqiy va sud tizimi, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish va huquqiy savodxonligini oshirishning dolzarb muammolarini hal etishda yuridik jurnallar rolini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi va chop etiladigan yuridik nashrlar (jurnallar) roʻyxati 1-2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, davlat-huquqiy, sud-huquq sohalarida olib borilayotgan demokratik islohotlardan jamiyatning keng xabardor boʻlishi, fuqarolarning huquqiy madaniyati va maʼrifiy saviyasi yuksalishi jamiyat va davlatni demokratik yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishning gʻoyat muhim sharti boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chop etilayotgan jurnallarning sifati, samaradorligi va saviyasi uchun javobgarlik jurnallarning bosh muassislari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar yuridik jurnallarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat qurilishining dolzarb siyosiy-huquqiy muammolari, qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, sud-huquq tizimini liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, insonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy huquq va erkinliklarini taʼminlash muammolari keng muhokama qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylikni taʼminlash, inson huquqlarini himoya qilish, profilaktika ishlari va jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil qilish, jamoat tartibini mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini huquqiy jihatdan taʼminlash borasida sud va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning, birinchi navbatda yoshlarning huquqiy ongini, ularning siyosiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan materiallarni chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashrlar sahifalarida yuridik fan rivojiga, milliy huquq maktabini shakllantirishga, yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga oid dolzarb muammolar boʻyicha munozaralar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini, xalqaro huquqni rivojlantirish, uning normalarini milliy qonunchilikka tadbiq etishning dolzarb muammolarini yoritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, yuridik jurnallarning boshqa muassislari va tahrir hayʼatlari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnallarning tahririyatlarini chuqur huquqiy bilimlarga va ommaviy axborot vositalaridagi zarur ish tajribasiga ega boʻlgan, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning, davlat-huquqiy, sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining mohiyatini, maqsadli vazifalarini anglaydigan yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahririyat xodimlari va faol mualliflar mehnatini chop etilayotgan materiallarning yuksak sifatli boʻlishi hamda tahririyatlar jamoalari oldida turgan vazifalarning bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini oshirishni taʼminlash imkonini beradigan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik jurnallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tahrir hayʼatlarining zamonaviy talab va andozalarni hisobga olgan holda jurnallarning badiiy saviyasini oshirish, ularni rasmiylashtirish hamda dizayni sifatini yaxshilash maqsadida jurnalistlar, yozuvchilar, rassomlar ijodiy uyushmalari bilan mustahkam hamkorligini oʻrnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, taʼlim muassasalari bilan birgalikda jurnallarning faoliyatiga, davlat-huquqiy va sud tizimlarini isloh qilish maqsad va vazifalarini amalga oshirishning dolzarb muammolarini muhokama qilishga yetakchi huquqshunos olimlar, tarixchilar, iqtisodchilar, sotsiolog va faylasuflar jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi yuridik jurnallarning elektron versiyalari (saytlari)ni yaratish va ularni global Internet tarmogʻida joylashtirishda mazkur nashrlarga yordam koʻrsatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi jamoat birlashmalari bilan birgalikda yuridik jurnallarning maqolalaridan mamlakatning muayyan yoʻnalishdagi oliy oʻquv muassasalari, kollejlari, litseylari, maktablari va boshqa tarbiya muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanishni taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 18-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-203-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 315-modda; 2013-y., 47-son, 616-modda; 2014-y., 30-son, 365-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)