Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.08.2003 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AFGʻONISTON OʻTISH ISLOM DAVLATINING HIROT SHAHRIDA ALISHER NAVOIY MAQBARASINI QURISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy xotirasini abadiylashtirish, Afgʻoniston Oʻtish Islom Davlatining Hirot shahridagi uning maqbarasini tiklash va qurish, shuningdek unga yondosh hududni obodonlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Afgʻoniston Oʻtish Islom Davlatining Hirot shahrida Alisher Navoiy maqbarasini qurishga doir loyiha taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi — maqbarani qurish boʻyicha buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼmirshunoslik” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalashtiruvchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“Oʻzavtoyoʻl” DAK) — bosh pudratchi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining loyiha taklifi asosida maqbara qurilishiga doir loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi maqbara qurilishini 2004-yilning IV choragida tugallash muddati bilan maqbara qurilishiga doir loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini va uni qurishni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-2004-yillar investitsiya dasturlariga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomasiga koʻra maqbara qurilishi va unga yondosh hududni obodonlashtirish bilan bogʻliq loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun 2003-yilda zarur mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda maqbara qurilishi va unga yondosh hududni obodonlashtirish loyiha hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqbara qurilishi bilan bogʻliq loyihalashtirish va qurilish tashkilotlari mutaxassislarining Afgʻoniston Oʻtish Islom Davlati hududida boʻlishi va harakatlanishi, shuningdek qurilish konstruksiyalari va materiallarining tashilishi Afgʻoniston Oʻtish Islom Davlati Hukumati bilan belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Afgʻoniston Oʻtish Islom Davlatiga boradigan mutaxassislarga chiqish vizalarini rasmiylashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qurilish konstruksiyalari va materiallarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish va moʻljallangan joyga yetkazib berish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq olib chiqilayotgan qurilish konstruksiyalari va materiallarini belgilangan tartibda bojxonada rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son