Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETINING 2002 YILDAGI IJROSI YAKUNLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
2. 2002-yilgi Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan 2,0 foiz oʻrniga 0,8 foiz miqdorida taqchillik bilan bajarilganligi qayd etib oʻtilsin.
3. 2002-yilda Davlat budjetining xarajatlari ijtimoiy dasturlarni, ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga hamda mamlakat xavfsizligini taʼminlashga yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-aprel,
472-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 30-modda)