Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.10.1994 yildagi 519-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ENERGIYA TIZIMINING BARQAROR IShLAShI UChUN RESPUBLIKA ENERGETIKA VA ELEKTRLAShTIRISh VAZIRLIGINI MODDIY-TEXNIKA VA MOLIYAVIY RESURSLAR BILAN TAʼMINLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika energiya tizimining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1994-1995-yillarda respublika energiya tizimining barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ishlar dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pul-kredit siyosati boʻyicha komissiya shu yilning IV choragida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining maqsadli kapital qurilish dasturiga muvofiq energetikaning eng muhim obyektlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun 63,5 mln soʻm kredit resurslari, shu jumladan Tolimarjon GRESi uchun — 49,5 mln soʻm, Yangi Angren GRESi uchun — 14 mln soʻm kredit resurslari ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi va energetika va elektrlashtirish vazirligi bir oy muddatda 1995-yilda alohida muhim energetika obyektlarining maqsadli kapital qurilish dasturi amalga oshirilishi masalasini koʻrib chiqsinlar. Zaruriyat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda 1994-1995-yillarda 1,0 mln tonna suyuq yoqilgʻi va 1,0 mln tonna koʻmirning mavsumiy yoqilgʻi zaxiralari barpo etishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
519-son