Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
GERMANIYA TARAQQIYOT BANKI – “KFW” BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Germaniya Federativ Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, ilgʻor texnologiyalarni jalb etish va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridagi eksport qilishni koʻpaytiruvchi va importning oʻrnini bosuvchi loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Germaniya Taraqqiyot Banki — “KFW” ning bu bankning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga kredit yoʻnalishida beradigan limitini 200 mln FRG markasidan 400 mln FRG markasigacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (R.Azimov) koʻrsatib oʻtilgan kredit bitimi belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidovga koʻrsatib oʻtilgan kredit bitimi boʻyicha kafolat bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-oktabr,
514-son