12.10.1994 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.08.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH, REKONSTRUKSIYA QILISH VA ULARNING ISH SIFATINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va xalq xoʻjaligining bozor iqtisodiyoti sharoitlarida zamonaviy texnika-texnologiya vositalariga asoslangan uzluksiz telekommunikatsiya aloqalariga boʻlgan sifat jihatdan oʻsgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Davlat mulki qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Umumdavlat telekommunikatsiya aloqalari tarmogʻini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish Milliy dasturi loyihasini, unda birinchi galdagi vazifalar sifatida 1997-yilgacha Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida shaharlararo va 400 ming nomerli yangi avlod shahar telefon stansiyalarini ishga tushirishni, 1995 — 1997-yillarda respublikada tolali-optik aloqa kabellarini, uzatish va kommutatsiya qilishning raqamli tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni, Oʻzbekiston umumdavlat telekommunikatsiya tarmoqlarini xorijiy kompaniyalar va moliya tashkilotlari kapitallarini tanlov asosida jalb qilib aksionerlashtirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tarmoqni modernizatsiya qilish va rivojlantirishni mablagʻ bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida Aloqa vazirligining 2 mln. soʻm ustav fondiga ega boʻlgan Respublika aksionerlik-tijorat banki — “Aloqabank” ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aloqabank”ning taʼsischilari etib Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining korxonalari va tashkilotlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Aloqabank”ni tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishga oid masalalarni hal qilishda amaliy yordam bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” “Aloqabank” ka aktivlar va passivlarni boʻlish vedomostiga muvofiq belgilangan tartibda bersinlar.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston hududida Trans-Osiyo-Yevropa tolali-optik aloqa liniyasi (Shanxay-Frankfurt) qurilishiga muhim ahamiyat berib, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari texnik-iqtisodiy asoslashlarga muvofiq yer maydonlari ajratish, loyihalash, mazkur liniyani qurish bilan bogʻliq masalalarni hal qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari umumdavlat aloqa tarmoqlari texnik vositalari asosida tarmoq axborot tarmoqlarini yaratishni Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining texnik shartlari boʻyicha maʼlumotlarni uzatish umumrespublika tarmogʻini modernizatsiya qilish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashda albatta ishtirok etgan holda amalga oshirsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi huzuridagi 15361-son harbiy qismning muddatli xizmatdagi shaxsiy tarkibini, asosan, aloqa tarmogʻidan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar hisobidan butlashni amalga oshirsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
502-son