Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MUDDATLI XIZMAT HARBIY XIZMATChILARIGA VA ULARNING OILA AʼZOLARIGA QOʻShIMChA IMTIYOZLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 680-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sohasidagi milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vatanni himoya qilish ishining nufuzini oshirish, muddatli harbiy xizmatni oʻtash sharoitlarini yaxshilash, harbiy xizmatchilarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, harbiy burchni vijdonan bajarishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab muddatli xizmat harbiy xizmatchilarning hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy va maxsus oʻquv yurtlari kursantlarining har oylik pul taʼminoti oʻrtacha uch baravar oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
3. Respublikaning Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga qabul qilishda muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan hamda harbiy qismlarning tavsiyanomalariga ega boʻlgan abituriyentlarga imtiyozli sharoitlar berilib, test sinovlari chogʻida ular toʻplagan ballarga imkoni boʻlgan eng yuqori miqdorga nisbatan 10 foiz qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Muddatli xizmat harbiy xizmatchilarining oilalari ular muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan davrda yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-oktabr,
496-son