Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlash:
2004-yil 2-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida bojxona ishi sohasida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim;
2004-yil 15-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga va ularni suiisteʼmol qilishga qarshi kurashishda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2004-yil 15-iyunda Toshkent shahrida imzolangan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisidagi Memorandum.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga koʻrsatilgan xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomalar yuborilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining oʻz majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-iyul,
350-son