Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belgiya Qirolligi Hukumati oʻrtasida 2003-yil 12-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan Belgiya Qirolligi Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitim maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining oʻz majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-yanvar,
41-son