Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YoQILGʻI VA ENERGIYANING ChEKLANGAN ULGURJI VA ChAKANA NARXLARI VA TARIFLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sanoatning barqaror ishlashini taʼminlash va energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1993-yilning 1-iyunidan boshlab budjetdagi tashkilotlarga va qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va koʻmir sotish shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
2. 1993-yilning 1-iyunidan boshlab aholiga sotiladigan tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir, avtobenzin va elektr energiyasining cheklangan chakana narxlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxatlar boʻyicha urush qatnashchilari va Faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga chakana narxlarning 50 foizi darajasida imtiyozli narxda har oyda 50 litr avtobenzin sotishning belgilangan meʼyori saqlab qolinsin.
1993-yilning 1-iyunidan boshlab meʼyorlangan hajmdagi avtobenzinning chakana va imtiyozli narxlari oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib xarajatlarning bir qismini qoplash uchun talonlar oʻrniga pul kompensatsiyasi berish nazarda tutilgan holda koʻrsatilgan toifadagi imtiyoz egalariga avtobenzin sotishning talonsiz tizimiga oʻtilsin.
Ijtimoiy taʼminot vazirligi, “Oʻzdavneftmahsulot” aksionerlik birlashmasi va Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda 5 kun muddatda pul kompensatsiyasi toʻlashni tashkil etish va uning tartibini ishlab chiqsinlar hamda uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy va suyultirilgan gaz, avtobenzin va elektr energiyasi uchun yangi chakana narxlarning preyskurantini tasdiqlasin, bunda ularning barcha manfaatdor tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishi taʼminlansin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻmir uchun chakana narxlarning preyskurantlarini tasdiqlasinlar.
6. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar 1993-yilning 1-iyunidagi holati boʻyicha suyultirilgan gaz koʻmir va avtobenzin qoldiqlarini qayta baholasinlar, bunda qayta baholashda qoʻshilgan summa ularning oʻz oborot mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qarorining 3-bandi, shuningdek, shu qaror 4-bandining tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir, avtobenzin, elektr energiyasi chakana narxlarini oʻzgartirishga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-may,
258-son
1993-yilning 1-iyunidan boshlab aholiga sotiladigan tabiiy gaz,
suyultirilgan gaz, koʻmir, avtobenzin va elektr energiyasi
chakana narxlarining
suyultirilgan gaz, koʻmir, avtobenzin va elektr energiyasi
chakana narxlarining
ChEKLANGAN MIQDORLARI
|
Yonilgʻining nomi |
Oʻlchov birligi |
Chakana narxi (soʻmlarda) |
| Tabiiy gaz | 1000 kub i. | 300 |
| Suyultirilgan gaz | kg | 45 |
| Avtobenzin | 1 litr | 100 |
| Elektr energiya | 1 KVt/s | 1 |
| Elektr plitkalar bilan jihozlangan uy-joylarda aholiga beriladigan elektr energiyasi | 1 KVt/s | 0,50 |
| koʻmir | tonna | 5,3 baravar oshirilgan |
| | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 429-modda)