Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI TEKShIRIShNI YaNADA QISQARTIRISh VA UNING TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati har toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, xususiy bank va moliya institutlari — besh yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari esa har uch yilda koʻpi bilan bir marta reja asosidagi soliq tekshirishlaridan oʻtkaziladi (taftish qilinadi);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PF-4522-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 163-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan oʻtkazilmaydi (aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish, shuningdek budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq tekshirishlar bundan mustasno;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi PF-4296-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 133-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq kichik biznes subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan oʻtkazilmaydi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi PF-4296-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 133-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar koʻrsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qatʼi nazar, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmagan holda, tadbirkorlik subyekti roʻyxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;
tadbirkorlik subyektlari tekshirish natijalari boʻyicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va toʻliq hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penyani toʻlagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
2. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qoʻyilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning oʻrni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish borasida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish yillik va chorak muvofiqlashtiruvchi reja-jadvallarini shakllantirishning aniq asoslangan tamoyillari ishlab chiqilishini taʼminlasin;
2005-yilning 1-dekabrigacha muddatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 2006-yilda tekshirish muvofiqlashtiruvchi reja-jadvalini ishlab chiqib, tasdiqlasin, unda mazkur Farmonning 1-bandiga muvofiq kompleks tekshirishlar oʻtkazishning asoslangan tamoyillari va muddatlaridan kelib chiqqan holda tekshirilishi lozim boʻlgan subyektlar roʻyxatini shakllantirishni nazarda tutsin;
nazorat organlariga “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonun moddalariga qatʼiy muvofiq ravishda rejadan tashqari tekshirishlar oʻtkazilishini asoslab beradigan sabablar mavjud boʻlgan favqulodda holatlarda ularni oʻtkazishga ruxsat bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ hujjatlarini mazkur Farmon bilan muvofiqlashtirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 3-avgustdagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” PF–2678-sonli Farmonining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Shamshiyev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-oktabr,
PF-3665-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 303-modda; 2008-y., 20-21-son, 170-modda; 2010-y., 1-2-son, 1-modda, 17-son, 130-modda; 2011-y., 14-son, 133-modda; 2012-y., 8-9-son, 76-modda; 2013-y., 13-son, 163-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 27-son, 606-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)